4) hayotning mazmuni sog‘liqni mustahkamlash bilan bog‘lanadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sog‘liqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi. Keksalarning salbiy tiplari: 1) agressiv, maxmadonalar; 2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar. Keksalik davrida paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma – bu hayotiy donishmandlik, hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir. Keksayish davrida bilish jarayonlari Kundalik hayotda ko‘pchilik qariyalarning aqli ham susayadi, deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olmasa, hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi, lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar tomonidan amalga oshirilsa, bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bo‘lishi deb, skleroz deb baholaydi. So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intellektual faoliyatning susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchraydi. Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammosini o‘rgangan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pchilik aqliy ko‘nikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotirani keng doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams, Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987) xotiraning susayishi nafaqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol faoliyatning to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir. Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarishlardan biri – bu jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligining susayishida namoyon bo‘ladi. Bu yoshga yetgan insonlarda reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash sekinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi. Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi xotira funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan. Demensiya – keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zgarishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilishlarning bir butun kompleksidir. Senil demensiya – inson tafakkurining adekvatligida namoyon bo‘ladigan miyaning organik kasalligidir. Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, qariyalar uyida yashovchi 75-84 yoshli keksalarning 20% demensiya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga chalinishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalarning 47 % ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). O‘z oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |