Геронтология ва гериатрия фани ҳАҚгша тушунча


Dagal tolali kletchatkalarni o’simlik mahsulotlaridagi miqdori (100 g hisobida)



Download 9,62 Mb.
bet69/174
Sana07.09.2021
Hajmi9,62 Mb.
#167691
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174
Bog'liq
геронтология 2012

Dagal tolali kletchatkalarni o’simlik mahsulotlaridagi miqdori (100 g hisobida)


Mahsulot nomi

Klechatka, g

Mahsulot nomi

Kletchatka, g

Kabachki

0,3

O’rik

0,8

Gilos

0,3

Rangli karam

0,9

Olcha

0,5

Yashil piyoz

0,9

Olxo’ri

0,5

Sholg’om

0,9

Salat

0,5

Shafffftoli

0,9

Olmalar

0,6

Yashil no’hat

1,0

Noklar

0,6

Kartoshka

1,0

Mandarinlar

0,6

Redis

1,0

Greypfrutlar

0,7

Loviya, no’xat

1,0-1,3

Oq karam

0,7

Ovsyana yormasi

2,8

Bodiring

O,7

Grechka yormasi

1,1

Tomatlar

0,8

Bug’doy uni

1,2

Klyukva

2,0

Krijovnik

2,0

Qovoq

1,2

Qizil smorodina

2,5

Brusnika

1,6

Oq qo’ziqorin

2,3

Qora olxo’ri

1,6

Malina

5,0

Zemlyanika

4,0






Har kuni kletchatkani etarli miqdorda iste’mol qilish qiyinchilik tug’dirganda, ratsionga kletchatka bilan boyitilgan maxsus ovqat mahsulotlari yoki kletchatkaning farmakologik preparatlari (guarem) kiritiladi. Dag’al ishlov berilgan undan tayyorlangan mahsulotlari ko’proq tavsiya etilsa, asosan yormalardan –grechka, ovsyana, perlovka, jo’hori yormalari qo’llaniladi. Ovsyana va grechka yormalari aminokislotalar darajasi bo’yicha hayvon oqsillariga yaqin turadi. Grechka yormalari komponentlari angioprotektiv ta’sirga ega bo’lsa, ovsyana yormalari –gipolipidemik ta’sir ko’rsatadi. Kuniga 2 portsiyadan yuqori mevalar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi: 2ta olma, 2ta nok, 2ta apelsin, 3ta kivi, 1ta bananni 2ta portsiyaga bo’lib 4 soat interval bilan qabul qilish kerak. O’z sharbatida tayyorlangan mevalar buyuriladi. 2 birlikdan yuqori bo’lmagan alkogol (250 g pivo, 1 bokal vino yoki 100g ichimliklar) tavsiya etiladi. Insulinga bog’liq qandli diabet, ayniqsa ortiqcha tana vazni bilan birga kelganda haftada 2-3 marta engillashtiruvchi kunlar (iste’mol qilinayotgan ovqat kalloriyasi 300-900 kkal bo’lishi kerak) uyushtirish ko’zda tutiladi.

1. Olmali kunlar: 1,5 kg olmalar (690 kkal)

2. Kefirli kunlar: 1,5 l kefir (840 kkal)

3. Ovsyanali kunlar: 200 g ovsyana yormasidan suvda qaynatib 25 g saryog’ qo’shiladi (880 kkal)

4. Sabzavotli kunlar: (karam,redis,salat, sabzi, piyoz, bodiring, pomidor, ukrop, petrushka) kuniga 2 kg gacha (400-500 kkal);

5. Go’shtli kunlar (qaynatilgan mol go’shti-400 g va garnir ko’rinishda sabzavotlar-400 g) (600 kkal). To’g’ri dietoterapiya va tana vaznining kamayishi ko;pgina hollarda uglevod almashinuvinig peroral diabetga qarshi preparatlarni qo’shimcha qo’llamasdan turib, uglevod almashinuvining to’liq meyorlashtirishga erishishga yordam beradi. Biroq qariya va keksalarda parhezni uzoq qo’llashga yondosh kasalliklar, stomologik muammolar qiyinchilik tug’diradi. Insulinoterapiya olgan bemorlar ovqat qabul qilish vaqti va har bir portsiyada uglevodlar miqdori insulin ta’sirining kamayish vaqtiga va uning dozasiga mos kelishi kerak.Jismoniy aktivlik bemorning yoshiga, jismoniy holatiga mos bo’lishi kerak bo’lib, qandli diabetni davolashda eng kerakli component hisoblanadi, chunki mushaklar ishi giukozaning utilizatsiyasiga yordam beradi. Jismoniy mashqlar yurak-qon tomir va nafas sistemasi funktsiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Muntazam jismoniy mashqlar qari bemorlar tana massasini meyorlashtirishga yordam beradi. Kuniga yarim soat yayov yurish semizlikni o’rtacha darajalarida tana massasining 1 yilda 9-10 kg ga kamayishiga olib keladi. Sistemali jismoniy zo’riqishlar parhez rejimi fonida 70-80%hollarda qari va keksa bemorlarda qandli diabetning adekvat nazoratiga erishishga olib keladi. Jismoniy zo’riqish uchun ko’rsatmalar;

1. Qandli diabet kompensatsiyasi (giperglikemiya 14 mmol/l/s ldan kam bo’lsa).

2. Jismoniy ish qobiliyatining etarli darajasi 20-90 minut davomida

3. Angiopatiyalar yo’qligi

4.VEMP ga jismoniy reaksiya

5.VEMPda giperglikemiya darajasini yo’qligi.

Qari va keksa bemorlarda fizik zo’riqishning eng oddiy va adekvat formasi bo’lib, mos keluvchi davomiylik, maromdagi yurish, ertalabki badantarbiya, o’z - o’zini massaj qilish, nafas gimnastikasi hisoblanadi. Maxsus zo’riqtiruvchi progrrammalar qo’llashdan oldin yurak - qon tomir sistemasini funktsiyasini yaxshilab tekshirish zarur, chunki bunday kasallarda yurak ishemik kasalligi keng tarqalgan bo’ladi. Mikroangiopatiyada jismoniy zo’riqishlarga chidamlilik (tolerantlik) pasaya boradi.

Adekvat jismoniy zo’riqish kriteriyalari:

Yurak urish chastotasi yoshga qarab:

30yosh-114-145/min; 35yosh-110-140/min;

40yosh-108-135/min; 45 yosh-105-130/min;

50 yosh-102-128/min; 55yosh-100-124/min;

60 yosh-96-120/min; 65 yosh-92-118/min;

70yosh-92-116/min; 75 yosh-86-110/min;

80 yosh -84-104/min; 85 yosh-80-100/min.

Jismoniy zo’riqish asoratlari: yurak ritm buzilishlari, kardialgiyalar, bosh aylanishi, discomfort, giperglikemiya, miyada qon aylanish buzilishi, sovuq ter, hansirashni kuchayishi, fizik mashqlardan so’ng 5 - 10 minut davomida yurak urishi, 2 sutka davomida doimiy artralgiyalar, sutkadan ortiq charchash, boshqa hissiyotlar va asoratlar.

Jismoniy mashg’ulotlar samaradorligi: qandli diabet kechishini engillashtiradi, turg’un kompensatsiyani ta’minlaydi, insulinga bo’lgan ehtiyojni 20-30%ga kamaytiradi, qon-tomir asoratlari rivojlanishi , kardiovaskulyar buzilishlar havfini kamaytiradi, lipid almashinuvini, stresslarga rezistentlikni , immunoreaktivlikni oshiradi.

Jismoniy mashqlar o’tkazish uchun tavsiyalar:

- jismoniy zo’riqishlarni jiddiy taqsimlash (vaqt, intensivligi);

- vrach ko’rsatmalarini vaqtida bajarish;

- jismoniy mashg’ulotlarni kasallik ilk bosqichida boshlash va asoratlar boshlanishi bilan to’xtatish;

- jismoniy mashg’ulotlar kasal kun tartibigava terapevtik tadbirlar tartibiga yozilishi kerak;

- jismoniy mashg’ulotlar ijobiy emmotsional tusga ega bo’lishi kerak;

- bemorlarga jismoniy mashg’ulotlarning asoratlari haqida ma’lumot berish kerak, salbiy ta’sirlar oldini olish va ularni bartaraf etishni bilishlari kerak.

Qandli diabet bilan og’rigan qariyalarda jismoniy zo’riqish bilan bog’liq havf omillari.

- gipoglikemiya

- yurak ishemik kasalligining zo’rayishi

- zo’riqishdan keyingi ortostatik gipotenziya

- to’r pardaga qon quyilishi

- oyoq panjasi jarohatlanishi.




Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish