Diabetik oyoq sindromi.
Bu sindrom bemorlarda angio va neyropatiyalar bilan namoyon bo’ladi. Diabetik oyoq – 30 - 80% qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda turli ko’rinishlarda aniqlanadi. Bemorlarning bu guruhida oyoqlar amputaciyasi 15 marta ko’p uchraydi.
Diabetik nefropatiya bosqichlari.
Bosqich
|
Klinik-laborotor tavsifi
|
Rivojlanish muddatlari.
|
Buyraklar
Giperfunkciyasi
|
-koptokchalar filtratsiyasi tezligining oshisi>140 ml/min.
-buyrakda qon aylanishning oshishi
-buyraklar gipertrofiyasi
normoalbuminuriya(<30mg/sut
|
Diabetning ilk davrida paydo bo’ladi.
|
Boshlang’ich
struktur o’zgarishlar.
|
-koptokcha kapillyarlarida BM qalinlashishi.
-mezangiumning kengayishi
-normoalbuminuriya;
-yuqori koptokchalar filtraciyasi tezligining saqlanishi.
|
1-5 yil
|
Boshlanuvchi nefropatiya
|
-mikroalbuminuriya (30-300 mg/sut);
-normal yoki yuqori KFT.
-tranzitor AD oshishi
|
5-15 yil
|
Rivoglangan nefropatiya
|
-proteinuriya;
-KFT normada yoki biroz pasaygan.
-AG
|
10-15 yil
|
Uremiya
|
-KFTning pasayishi<10ml/min)
AG barqaror bo’lishi
-intoksikatsiya
|
|
Diabetik oyoq sindromi qandli diabetning eng kech asoratlaridan bo’lib, qon tomir, periferik nervlar, yumshoq to’qimalar, bo’g’im, suyaklar zararlanishi, teri qoplamlarining surunkali yaralari va suyak-destruktiv o’zgarishlar shakllanishi bilan boradigan anatomo-funkcional o’zgarishlar murakkab kompleksidan iborat bo’ladi.
Diabetik oyoq sindromi rivoglanishi patogenezida 3 ta asosiy faktor: neyropatiya, oyoq tomirlari zararlanishi va infektsiya rol o’naydi. Oxirgi faktor 2 ta oldingi faktorga olib keladi. Harorat, og’riq, taktil va vibratsiya sezgilarning pasayishi yurish mexanikasining o’zgarishiga olib keladi. Oyoq panjasi bitta joyga tayanishi tufayli maksimal bosim nuqtalarini yaratadi. Teri qoplamlarining quruq va sezgir joylarida giperkeratoz maydonlari surunkali yaralar paydo bo’lishi tufauli infektsiyalanishi mumkin. Qari va keksa bemorlar diabetik oyoq panjasi kuzatiladigan bemorlar kontingentiga aylanadi, chunki ular hamma vaqt ham oyoq panjasining tagini, barmoqlararo oraliqlarni mustaqil ko’ra olmaydi, kerakli poyafzal tanlashda va oyoqlarni to’g’ri parvarish qilishda qiynalishadi.
Diabetik panja xavf gyryhlariga kiradi:
- periferik tomirlar kasalliklari
- distal polineuropatiyalar;
- o’tkazilgan amputatsiyalar;
- gipertoniya va giperxolesterinemiya;
- diabetik nefropatiya (ayniqsa surunkali buyrak etishmovchiligi stadiyasida) ;
- ko’rlar va sust ko’ruvchilar;
- yolg’iz qariyalar;
- alkogol iste’mol qiluvchilar va chekuvchilar.
Neyropatik o’zgarishlar ustunligiga yoki periferik qon tizimidagi buzilishlarga qarab diabetik panjaning 3ta asosiy klinik formalari: neyropatik, ishemik, aralash (neyroishemik) turlari ajratiladi.
Diabetik panjaning ko’rinishlaridan biri bo’lgan neyropatik turidagi osteoartropatiyaning (Sharko bo’g’imi) rivojlanishida giperglikemiya sharoitida osteoklastlar aktivligining oshishi, suyakning tasirlanishi va patologik sinishlar shakllanishi yotadi. Jarayon bir tomonlama bo’lib, zararlangan bo’g’im yuzasida qizarish, panja deformaciyasi va og’riqning bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Rentgenogrammada suyak destrukciyasi, bo’g’im yuzalarining buzilishi, subxondral skleroz, osteofitlar, bo’g’im ichki sinishlari aniqlanadi. Agar sinishdan bir necha kun o’tsa, rentgennogrammada o’zgarishlar kuzatilmaydi, faqat skanerlash vaqtida anchagina o’zgarishlar aniqlanishi mumkin. 60% holatlarda old kaft usti va kaft usti-kaft bo’g’imlari, 30% holatlarda kaft-barmoq bo’g’imlari, 10% boldir-tovon bo’g’imlari zararlanishi mumkin. Keksa va qari bemorlarni davolashda diabetik oyoq panjasi rivoglanish stadiyalarini hisobga olish juda muhimdir.
Quyidagi bosqichlar farq qilinadi:
O – bosqich - oyoq panjasida ochiq jarohatlar yo’q, giperkeratozlar yumshoq to’qimalar autolizini niqobi ostida paydo bo’lishi mumkin.
1 - bosqich-yuza, oyoq panjasining noinfektsiyalangan jarohatlari.
2 – bosqich - chuqur infekciyalangan oyoq panjasining jarohati yumshoq to’qima va paylarning zararlanishi bilan.
3 – bosqich - oyoq panjasi chuqur jarohati, osteomielit va qon aylanish buzilishi bilan.
4 – bosqich - oyoq panjasi qismlari va barmoqlari gangrenasi.
5 - bosqich tarqalgan gangrena.
0 - 3 guruhlar neyropatik xarakterdagi o’zgarishlar bilan namoyon bo’ladi va konservativ davoga muhtoj bo’ladi.
4 - 5 guruhlar neyroishemik tabiatga ega bo’lib, operativ davoga muhtoj bo’ladi.
Diabetik panja markazi tavsiyalariga binoan bemorlar 2 - bosqichida statsionar sharoitlarida davo olishlari mumkin, lekin 3 - bosqichida albatta stasionar davo olishi shart.
Diabetik oyoq panjasi kuchayishida asosiy metabolik faktor bo’lib giperglikemiya hisoblanadi, shuning uchun davolashda asosiy yutuq uglevod almashinuvining adekvat korrekciyasiga bog’liq.
Qari insonlarda periferik tomir va nervlar zararlanishi, oyoq panjasi deformatsiyasi kuzatilsa, ular havf guruhiga kirib 1 yilda 1 martagacha tekshiruv va ko’rikdan o’tishi kerak, bu tekshiruvlar teri qoplamlarini ko’rish, og’riq, taktil, harorat va vibratsion sezgisini baholashni o’z ichiga olishi kerak.
Qon oqimini baholash zarur, bunga magistral tomirlar pulsaciyasi, boldir - elka indeksini aniqlash (AQB oyoqlarda/AQB qo’llarda, normada oyoqlarda balandroq bo’ladi), RVG, angiografiya kiradi. Diabetik panjani oldini olish uchun bemorlarni o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatish qonun-qoidalarga amal qilish katta ahamiyatga ega.
Diabetik panjada oyoqlarni parvarish tamoyillari:
-glikemiya nazorati;
-oyoqlarni ko’zdan kechirish va palpatsiya;
-oyoqlarni parvarish qilish;
-oyoq kiyim tanlash;
-
Neyropatik klinik
formasi
|
-
Qandli diabet kompensatsiyasi
|
Zararlangan oyoqlar zo`riqishini kamaytirish antibiotikoterapiya, yaralarni mahaliy davolash
|
Zamonaviy angioprotektorlarni, antibiotikoterapiya, yaralarni mahaliy davolash bilan birga qo`lashning iloji bo`lmaganda
|
Oyoqlarni umumiy ko’zdan kechirish va paypaslab ko’rish –oyoq panjasini zararlanishini aniqlaydigan eng oddiy va effektiv usul hisoblanadi. Quyidagi belgilarga ahamiyat berish zarur: oyoqlarning rangi-qizil (neuropatik shishlar yoki Sharko artropatiyasida), rangpar, cianotik (ishemiyada), pushti rangda og`riqli simptomatika va pulsatsya yo`qligi bilan birga kelishi (og`ir ishemiya), deformatsiyalari: hallux valgus, hallux varus, oyoq panjasi matarzal suyaklarning boshchalarini bo`rtib chiqishi, Sharko artropatiyasi; shishlar; ikki tomonlama-neyropatik-yurak yoki buyrak etishmovchilligi sababli kelib chiqqan bir tomonlama infekcialangan zararlanish yoki Sharko artropatiyasi sababli kelib chiqqan shishlar paydo bo’ladi; tirnoqlar holati-neyropatiya va ishemiya tufayli atrofik bo’ladi, zamburug’li zararlanishda tirnoqlar rangining o’zgarishi kuzatiladi; giperkeratozlar –oyoq panjasining ko’proq bosim ta’sir etadigan maydonlarida ayniqsa kuchli ifodalangan bo’ladi, masalan metatarsal suyaklar boshchalari proekciyasi sohasida ko’proq kuzatiladi; yaralar DP ning neyropatik turida tovon sohasida, ishemik turida akral nekroz shaklida kuzatiladi; pulsaciya-oyoq panjasi usti va orqa boldir arteriyasida susaygan yoki ishemik turda xatto aniqlanmaydi, neyropatik turida esa normada bo’ladi; terining holati-quruq, ingichkalashgan(neyropatiya) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |