Геронтология ва гериатрия фани ҳАҚгша тушунча


Endokrin sistemasida yosh bilan bog'liq o'zgarishlar va kasalliklar



Download 9,62 Mb.
bet55/174
Sana07.09.2021
Hajmi9,62 Mb.
#167691
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   174
Bog'liq
геронтология 2012

Endokrin sistemasida yosh bilan bog'liq o'zgarishlar va kasalliklar
Yosh o'tishi bilan ichki sekresiya bezlari, jinsiy bezlar faoliyati so'na boshlaydi. Jinsiy bezlar faoliyati klimakterik paytda ayollarda 45-55 yoshlarda, erkaklarda 55-65 yoshlarda so'nadi. Gormonal apparatdagi jadal o'zgarishlar 45-60 yoshlarga to'g'ri kelib, qarish jarayoni kechishiga ta'sir qiladi. Diffuz toksik bo’qoq ko'proq 45-65 yoshli ayollarda uchraydi. Klinikasidagi belgilar kam ifodalanadi, ko'proq bemorni behollik, darmonsizlik, soch to'kilishi, ich ketishi, teri qichishishi bezovta qiladi.

Yurak tomir va asab sistemasidagi organik o'zgarishlar tez rivojlanadi. Kasallikni davolash noxush omillar, ruhi zo'riqishni bartaraf etish, mehnat va turmush rejimini tartibga solish tavsiya etiladi. Yurak tomir vositalari, tinchlantiruvchi va tireostatik vositalar (merkazolil, metilurasil) tayinlanadi. Jarroh ko'rsatmasiga binoan operativ davo o'tkaziladi. Kasallikning og'ir shakllarida bemor hamshiraning doimiy nazoratida bo'ladi.

Gipoterioz - qalqonsimon bez yetishmovchiligi sindromi, ko'proq ayollarda 50 yoshdan keyin kuzatiladi. Kasallik belgilaridan yuzining salqiganligi, lablarning qalinlashganligi, ifodasizligi, tana haroratining pasaygani, teri quruqshagan, sochlarning to'kilishi, tovush sekinlashgani, eshitish, ta'm bilish pasaygani, tishlar to'kilishi kuzatiladi. Bemorlar bo'shashgan, uyquchan, befarq bo'lib qoladilar. Kasallik ateroskleroz jaraenini tezlashtiradi. Kasallikni davolashda tereoidin, triyodtironin 68 gidroxlorid, vitaminlar, simptomatik vositalar qo'llanadi.

Hamshira bemorni alohida parvarishlashi, ovqatlantirishi, yuvintirishi kerak.

Qandli diabet keksalarda ko'p uchraydigan kasallik bo'lib, axolining bu kontingetida 8-10marta ko’p uchraydi va umumiy axolining 16%ini tashkil etadi. Qandli diabet bilan axolining 6,5%i kasallanadi, xar 10-15 yilda kasallar soni ikki martaga oshib boradi. Qandli diabetning o’sish chastotasining sabablaridan biri insonlar xayot davomiyligining oshishi hisoblanadi, bu esa qari yoshda qandli diabet rivojlanish xavf faktorlariga asos bo’ladi. Qandli diabet turli yurak qon tomir kasalliklarini tezlashtiradi. Shuningdek qari yoshdagi insonlarning asosiy kasalligi bo’lgan aterosklerozning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu esa geriatriyada qandli diabet muammosining aktualligini oshishiga olib keladi.

Qariyalarda diabet rivojlanishiga moyillik tug’duruvchi faktorlar:

-genetik;

-insulinga rezistentlik (yosh bilan bog’liq);

-insulin sekretsiasining pasayishi (yosh bilan bog’liq);

-semizlik;

-kam xarakatli xayot tarzi;

-yondosh kasalliklar;

-dori vositalar;

Oshqozon osti bezining anatomiyasi va fiziologiyasi. Oshqozon osti bezi –toq ko’p bo’lakchali a’zo bo’lib, og’irligi 50-100g, retroperitoneal joylashgan. Oshqozon osti bezi boshchasi 12 barmoqli ichakga, ko’ndalang chambar ichakga, o’ng buyrakga, quyosh chigaliga yopishib joylashgan, bu esa asosan o’tkir pankreatit bilan og’rigan qariyalarda ichaklarning reflektor falajini chaqiradi. Oshqozon osti bezining tanasi oshqozonning orqa devoriga tegib turadi. Oshqozon osti bezining dumi taloq darvozasiga kiradi (qariyalarda eng ko’p uchraydigan asoratlardan biri bo’lib taloq venasining trombo’zi xisoblanadi, bunga sabab patologik jarayon bezning tanasida joylashgan bo’ladi). Oshqozon osti bezi qorin aortasining shoxlari: a.pancreatoduodenalis, a.pancreaticamagna (boshcha), a.lienalis (tana, dum) orqali qon bilan taminlanadi. Venoz oqim esa- v.lienalis yoki v.porta orqali sodir bo’ladi. Nerv bilan taminlanishida simpatik va parasimpatik nerv sistemasi ishtirok etadi.

Simpatik nerv sistemasini taloq chigali(oshqozon osti bezini tanasi va dumini nervlaydi) va gastroduodenal chigallar (oshqozon osti bezining boshchasini nervlaydi) xosil qiladi. Simpatik nerv sistemasi oshqozon osti bezi tomirlari tonusini boshqaradi, parasimpatik esa ekzokrin funksiyasiga javob beradi.

Oshozon osti bezininq endokrin qismi pankreatik orolchalardan iborat.Qolgan qismini ovqat xazm qilish fermentlari ishlab chiqaradigan ekzokrin qismi tashkil qiladi. Tashqi secretor qismining maxsuloti 12-barmoqli ichakka quyiladiqan oshqozon osti bezi you’liqa kelib tushadi.

Oshqozon osti bezi structor-funktsional birliqi bo’lib Lanqerqans orolchalari xisoblanadi. U bezning 1-3%ini tashkil qiladi. Xar bir orolcha 3dan 5mingacha xujayra saqlaydi.

β - hujayralar insulin ishlab chiqaradi va orolcha barcha xujayralarning 60-70%ini tash kil qiladi. Bu hujayralar orolcha markazida joylashadi. Alfa hujayralar glyukagon ishlab chiqaradi, ular hujayralar umumiy sonining 25%ini tashkil qiladi.

Alfa hujayralar orolchaning pereferik qismida joylashgan. D-hujayralar somotostatin ishlab chiqaradi va 10%ini tashkil qiladi. Yana bir qator orolcha hujayralari vazoaktiv intestinal polipeptid va pankreatin polipeptid ishlab chiqaradi.

Har bir betta hujayralar 10minga yaqin secretor granulalar saqlaydi., har granula insulin kristallaridan iborat. Har bir kristall 300ming insulin molekulalari tutadi. Betta hujayralar bir-biri bilan bog’lanadi. Insulinga extiyoj oshgan sari shuncha hujayralar secretor faoliyati oshadi. Yosh o’tgan sari alfa va betta hujayralar nisbati o’zgaradi va natijada betta hujayralar disfunktsiyasi rivojlanadi.




Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish