Vaziyatli masala:
1) Bemor 72 yoshda. Shikoyatlari holsizlik, ta'm va sezgining buzilishiga, trofik o'zgarishlar (tirnoqlarni sinuvchanligi, teri quruqlashishi, og'iz burchaklarining yorilishi). Anamnezida bemorda yondosh kasalliklaridan bachadon miomasi aniqlangan va davriy bachadondan qon ketish belgilari kuzatilgan. Qon taxlilida gipoxrom anemiya aniqlangan.
Savollar:
1) Qanday kasallik haqida o'ylash mumkin?
2) Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring.
3) Siz ushbu bemorga parxez ovqatlanish xaqida qanday tavsiyalar berasiz?
2) Bemor 70 yoshda, xolsizlik, doimiy yurak o'ynashi, tilda achishish belgilari, oyoqlarda uvishishiga shikoyat qiladi. Bemorni tekshirganda atrofik gastrit, qon taxlilida gipoxrom anemiya, suyak ko'migi tekshirilganda megaloblastlar aniqlangan.
Savollar:
1)Qanday kasallik xaqida o'ylash mumkin?
2)Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring.
3)Stasionarda gematologik bemorlar parvarishining o'ziga xos xususiyatlarini ayting?
3) Bemor 67 yoshda, tana xaroratining 38,8 gradusgacha ko'tarilishi, tomoqdagi og'riqqa va yutinganda og'riqning kuchayishiga shikoyat qiladi. Tomoqni ko'rganda nekrotik angina aniqlandi. Anamnezida bemor oxirgi 3 yil mobaynida ORVI, angina, gaymorit o'tkazgan. Qon taxlilida yetilgan limfositlar xisobiga leykositlar sonining oshishi kuzatiladi. Paypaslashda taloq va jigarning kattalashishi aniqlandi.
Savollar:
1)Qanday kasallik xaqida o'ylash mumkin?
2)Hamshiralik jarayoniga asoslanib hamshiralik yozuvini to'ldiring.
3)Uyda gematologik bemorlar parvarishining o'ziga xos xususiyatlarini ayting?
4) O'z - O'zini parvarish qilishning tamoyillarini ayting
4) Bemor ayol 65 yosh. Boldir soxasi og'riq'lariga, tizza va tovonlardagi mexanik xarakterga ega og'riqlarga (yurganda, zinadan ko'tarilganda) shikoyat qiladi. Og'riqlar asosan kechqurun kuchayadi, vaqti vaqti bilan bo'g'imlarda shishlar kuzatiladi. Ko'ruvda bo'g'imlar deformasiyasi yo'q, bilinar bilinmas shishlar sezildi. Qon taxlilida EChT 23 mm/soat, leykositlar normada.
Savollar:
1) Qaysi kasallik xaqida o'ylash mumkin?
2) Ushbu kasallikning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz:
3) Davolash va parvarish qilish usullarini ayting?
4) Asosiy qoidalar va reabilitasiya turlari?
5) 70 yoshli bemor. Poliklinikaga tashrif buyurib, xurugga o'ng oyoq bosh panjasining qizarib, shishib, qattiq og'rib bezovta qilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qildi. Kasallik o'tkir boshlanib, kechasi bilan bemor uxlamay chiqqan. Qon taxlilida leykositoz, EChT 20 mm/soat, siydik kislotaning oshishi aniqlandi.
Savollar:
1). Qaysi kasallik xaqida fikr yuritsa bo'ladi?
2). Hamshiralik tashxisini qo'ying.
3). Hamshiralik jarayoni kartasini to'ldiring.
4). Bu pasientga siz ovqatlanish bo'yicha qanday ko'rsatmalar berishingiz mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |