Геронтология ва гериатрия фани ҳАҚгша тушунча


Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni davolashda qand miqdorini kamaytiruvchi tabletkalarni qo’llash tartibi



Download 9,62 Mb.
bet70/174
Sana07.09.2021
Hajmi9,62 Mb.
#167691
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174
Bog'liq
геронтология 2012

Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni davolashda qand miqdorini kamaytiruvchi tabletkalarni qo’llash tartibi.
Ovqatlanish tartibi va jismoniy zo’riqishlar fonida 3 oy mobaynida yaxshi metobolik nazoratga erishishning qiyinligi og’iz orqali qabul qilinadigan qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar qo’llashga ko’rsatma bo’ladi.(PSM). Bu preparatlar ta`sir mexanizmiga ko`ra sulfonilmochevinaning birikmalari, va uglevodlarninig ichakda so`rilishini kamaytiruvchi preparatlarga bo`linadi.

Sulfonilmochevina preparatlarining ta`sir mexanizimi:

- β hujayrada insulin sekretsiyasini kuchaytiradi

- insulinga bog`liq to`qimalarning endogen insulinga ta`sirchanligini oshiradi.

- jigar tomondan ishlab chiqarilishini to`xtatadi.

Sulfonilmochevina preparatlarini qabul qilinganda quyidagi nojo`ya ta`sirlari kelib chiqadi: gipogilikimik reaktsyalar, ko`ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og`riq, gipokaliemiya, fotodermatoz, allergik reaktsiyalar, suyak ko’migiga nojo’ya ta’sirlar (agranulatsitoz rivojlanish darajasigacha), alkogolga sezuvchanlikning oshishi, toksik ta’sirlar(toksik gepatit, alveolit). Qari va keksa bemorlarda bu preparatlar qo’llashga qarshi ko’rsatmalarga ayniqsa jiddiy qarash lozim. Bular: insulinga bog’liq qandli diabet, qandli diabet dekompensatsiyasi, prekoma, koma, sulfanilamidlarga sezuvchanlikning oshishi, kuchli ifodalangan buyrak-jigar etishmovchiligi, mikro va makro angiopatiyalar kuzatilganda, og’ir yondosh patologiya (ketoatsidoz uchun sharoit yaratadigan holatlar: semizlik, jigar patologiyasi bo’lganda), laktoatsidoz (to’qima va a’zolarning ishemiyasi), gipoglikemik holatga moyillik bo’lganda, yirik jarrohlik aralashuvlarda, alkogolizm, ruhiy buzilishlar.

Sulfonilmochevina guruh preparatlarining tavsifi.

Preparat

Kommertsiya nomi

Ishlab chiqargan firma

Ta’sir davomiyligi

1 tabletkadagi miqdori

Yuqori sutkalik dozasi

Eslatma

Tolbutamid







6-12s

0,25

0,2g


1,5-2g

Qon tomondan asoratlar ehtimolining yuqoriligi.Bu preparatni qabul qilganda yurak qon-tomir kasalliklari o’lish havfi 2,5 martaga oshadi. Gipoglikemiya, koma rivojlanishi mumkin.

Karbutamid

Bukarban

Chinion

6-12s

500mg

2g

Agranulotitoz va toksin alomatlar uchrash havfi yuqori.

Glibenkla- mid

Maninil 5

Maninil 1,75

3,5


Berlin-Chemie

8-12s

5mg

1,75mg


3,5mg

0,02g

Qonning trombogen hususiyatlarini kamaytiradi, qonda xs miqdorini kamaytiradi. Kardioprotektiv ta’sirga ega. Antiaritmiya ta’siri boshqa SM preparatlarga nisbatan yuqori yumshoq farmokokinetika va farmokodinamikaga ega. Ovqat qabul qilish oraliqlarida gipoglikimik xolatlar rivojlanish havfini oldini olish mumkin.

Glibenkla- mid

Betanaz

Glamid


Daonil

Euglukon


Cadila Health care Hoechst Pliva










Laborator ko’rsatkichlar nazorati ostida jigar va buyrak funksiyasi pasayganda ehtiyotlik bilan yuborish kerak.

Gliklazid

Gloreal

Diabeton


Diabrezid

Reklid


INC- Pharmaceutical Servier Molteni Farmaciutici Dr. Reddy’lab

8-10s

80mg

0,32

Gematologik ko’rsatkichlarga ta’sir qiladi, qonning reologik xusuyatlari, gemostaz sisitemasi va mikrosirkulyatsiyaga ta’siri bor.

Glipizid

Antidiab

Glibinez


Minidiab

Minidiab


Minidiab

Glyukotrol

Glipizid


KRKA

PFIZER


UPJON

LECIVA


TORRENT

PFIZER


MYLAN

FARMA- CEUTICALS



8-10s

5mg

45mg

Yurak qon-tomir kasalliklaridan o’lim 2,5 martaga oshadi. Sekin ta’sir qiluvchi formalarida gipoglikemik holat bo’lishi mumkin.

Glimepirid

Amaril

HOECHST

24s

1mg

0,08

Preparat 1-marta qabul qilinganda, sutka davomida glikemiyaning nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Glikvidon

Glyurenorm

Boeringer Ingelchim

8s

30mg

0,12

Yurak qon-tomir kasalliklaridan o’lim havfini oshiradi.

Sulfanil mochevina preparatlari yuqori effektivligiga qaramasdan kechki qandli diabetni davolashning muhim etaplarida bir necha oy, hatto yillardan so’ng sulfanalamidlarga rezistentlik paydo bo’ladi va pankreatin orolchalarning β hujayralari charchashi tufayli qandli diabet dekompetsatsiyasi kechadi. Bu holatlarni kelib chiqishiga stress ta’sirlar, davoning nosistemaligi, parhez buzilishlari sabab bo’ladi. Keksa va qari bemorlarda davoning boshida sulfonilmochevina preparatlarining qabul qilganda ovqatlanish rajimi buzilmaslik haqida ogohlantirish kerak, chunki bu keyinchalik β hujayralar insulin rezervining kamayishiga olib keladi.


Biguanidlar (BG)

BG lar qonda glukoza miqdorini jigarda glyukoneogenez jarayoni to’xtatish orqali kamaytirish orqali ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni davolashda bu preparatlar gurugidan metmorfin (gliformin, siofor) qo’llaniladi. Buformin va fenformin laktatatsidoz rivojlanish havfi yuqori bo’lgani sababli hozirgi vaqtda qo’llanilmaydi. Metmorfin qandli diabetda esa laktoanidoz kelib chiqish havfi ancha kam darajada bo’ladi. Medmorfin monotarapiyasida gipoglikemiya rivojlanishi deyarli kuzatilmaydi, chunki preparat insulin sekretsiyasini kuchaytirmaydi. Antigeperglikemik ta’sirdan tashqari medmorfin qondagi lipidlar miqdorini kamaytiradi, fibrinolitik ta’sir ko’rsatadi, insulin bilan birga qo’llanilganda tana vazni oshishiga ta’sir qilmaydi va monoterapiyada esa hatto tana vazni kamayishiga yordam beradi. BG larga qarshi ko’rsatma bo’lib; koma, prekoma, kaxeksiya, subkaloriyali dieta, anemiya, qand o’rniga fruktoza qo’llanilganda o’tkir infeksion kasalliklar 20-30% ga kamaytiradi, qon tomir asoratlari, kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanish havfini kamaytiradi, yog’ almashinuvini, gemostazni tiklaydi, stress faktorlarga chidamlilikni, immunoreaktivlikni oshiradi.


Metformin tavsifi


Preparat

Sotuvdagi

nomi


Ishlab chiqargan

firma


1tabletka dagi miqdori

Maksimal

sutkalik dozasi



Eslatma

Metomorfin

Sifor 500

Sifor 850



Berlin

Chemie,


Germaniya

500 mg

850mg


1500mg

Glyukortikoitlar, simpatomimetiklar, glyukagon, diuretiklar, nikotin kislota preparatlari, kontratseptiv vositalar, uning tasirini kamaytiradi.

Metabolik sindrom terapiyasi.

Insulinga rezistent metabolik sindrom rivojlanishida yuqoridagi o’zgarishlar katta rol o’ynaydi, asosiy davo to’qimalarning insulinga sezuvchanligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Buning uchun tana vaznini kamaytirish kerak bo’ladi, bunga anoreksigen ta’sirga ega bo’lgan siofor qo’llaniladi. Siofor bilan davolashda uning dozasini asta-sekin oshirib borish tavsiya etiladi. Boshlang’ich sutkalik dozasi 0,5-1,0 g interval bilan sutkasiga 3 g gacha oshirib boriladi. Qari va keksa bemorlarni davolashda yondosh kasalliklar, oshqozon-ichak trakti va motor funktsiyasi holatiga e’tibor berish kerak.

Insulinoterapiya. Parhez va peroral qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar yordamida yaxshi glikemik nazoratga erisha olmasa –insulin buyuriladi.



Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish