Dori vositalarining ovqat bilan o’zaro ta’siri.
Ma’lumki, farmakoterapiya samarasi nafaqat amaliyotga yangi yuqori samarali dorilarni etkazib berish, orqali balki, ularni ratsional to’g’ri tavsiya etish hamdir. Dori vositasini og’iz orqali ( per os ) tavsiya etganda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’g’ri kelishini e’tiborga olinishi kerak. Keksa yoshdagi insonlarga per os dori tayinlaganda bu vosita oshqozon-ichak faoliyatini e’tiborga olinishi, (so’rilish jarayoni susayganligi, atrofik jarayonlar) – dori vositasining farmakologik ta’sirini kuchaytirish va aksincha susaytirishi mumkin.
Shuning uchun ham hamshira dori vositalarini keksa bemorlarga qabul qilishi soatlariga rioya qilishlarini to’g’ri tushuntirib, o’zlari ichirib qo’yishlari kerak bo’ladi. Dorini qabul qilish va uning so’rilishi ovqat tarkibiga ham, oshqozon shirasi, undagi massaning ph va ovqatning oshqozonda turishi muddatiga ham bog’liq. Bu omillar dorining ichak shilliq qavatida so’rilish tezligini aniqlaydi. Ovqat mahsuloti- oshqozon phyb o’zgartirish mumkin.
Ertalab och qorinda oshqozon ph-juda pasayib ketadi (1,7-1,9) va bemor ovqatlangandan so’ng ph-3 martagacha oshadi (ovqat tarkibiga qarab). Ba’zi bir dorilar masalan: aspirin-oshqozon-ichak shilliq qavatidan passiv diffuziya yo’li bilan so’riladi. Shuning uchun ham aspirin –oshqozon-ichak shilliq qavatidan oldin-kraxmalli kisel bilan ichilishi tavsiya etiladi. Bunda aspirinning shilliq qavatga nojo’ya ta’siri kamayishi bilan birga ta’sir tezligi va so’rilish tezlashadi. Ba’zi bir dori vositalari (5-ftouratsil, angishvona gul preparatlari, riboflavin, askorbin kislota, temir preparati)-hujayra membranasi transport tizimidan aktiv transporti orqali so’riladi. Agar bu guruh dorini qarshi qabul qilgan bemor-ovkat mahsulotlari tarkibida (go’sht, o’simlik va sutli oqsil ovqatlar bo’lsa dori bilan oziq-ovqat-yagona yo’l bilan ya’ni aktiv transport yo’li bilan so’rilishi uchun kurashadi.
Yana bir shunday ovqat-dori ta’sirini sut mahsulotlari va tetraktsiklin dori vositasi misolida ko’rish mumkin. Oshqozon shirasi sutdagi kazeihhogenni kazeinat kaltsiy yirik birikmalariga va tetratsiklin (metatsiklin, doksitsiklin) ta’sirlarida esa so’rilmaydigan –kompleks hosil qiladi. Shuning uchun tetratsiklin, pennitsillin, sefalosporin gurux antibiotiklarini sut bilan ichish va sut mahsulotlari eyish tavsiya etilmaydi. Sutning dori vositalariniichakda so’rilishini tezlashtirish ba’zi hollarda ya’ni nosteroid yallig’lanishga qarshi dori(reopirin, butadion, voltaren, indometatsinlar; GKS dorilar (prednizolon, deksametazon) –sut bilan birga ichish tavsiya etiladi. Choyda tannin bo’lib, u oshqozonga tushgach qiyin so’riluvchi –kompleks hosil qiladi. Tarkibida alkaloid bo’lgan (papaverin, platifillin, kodein) , rezerpin, ba’zi neyroleptiklar (aminazin, galoperidol) –choy bilan ichilsa murakkab kompleks hosil qiladi va dori ta’siri birmuncha uzayadi. Sulfanilamid dorilarni albatta ishqorili mineral suv bilan ichish tavsiya etiladi. Chunki bu antiobiotiklar ishqorli muxitda eriydi va osonlikcha organizmdan siydik orqali chiqib ketadi. Eritromitsin, oleandomitsin, sumamed, rulid, linkomitsin, do’latsin, kabi antibiotiklarni esa pepsi-kola ,fanta, koka kola va bazi sharbatlar bilan ichish mumkin emas, chunki bu guruh dorilar ham bu guruh sharbatlar bilan murakkab kompleks hosil qiladi,dori so’rilishi va tasir etish vaqti cho’ziladi. Tarkibida tiromin va serotonin moddalari bo’lgan bazi oziq-ovqatlar (brinza,suzma,dudlangan seld balig’i,baliq va go’sht konserva mahsulotlari ,qizil va qora ikra), kofe,shokolad, pivo, vino va banan,ananas,sitruslar,uzum,smarodina),bazi
dori vositalari(antidepressantlar,izoniazid,psihostimulyatorlar )bilan ko’p va doimiy qabul qilinganda bemorning arterial qon bosimi ko’tarilishi kuzatiladi(dorilarning nojo’ya tasiri oziq- ovqatlarning ta’sirida kuchayishi sababli). Antikoagulyant dorilarni qabul qilayotgan bemorlarning ovqat ratsionodan-karam, shpinat(organizmda vitamin K –antikoagulyantlar antaganissti ko’payadi. Betta blokatorlar dori guruhi ham fizik-kimyoviy hossalariga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.suvda eriydigan(atenolol, metoprolol, nadolol)-och qoringa ichish tavsiya etiladi, chunki yahshi eriydi (pH past bo’lganda)
2.yog’da eriydigan (propranalol,obzidan,anaprilin)-ovqatdan keyin ichish tavsiya etiladi.Bazi bir yog’da eriydigan dori vositalari oshqozonga ovqatdan keyin tavsiya(verashpiron,zamburug’ga qarshi dorilar )etiladi, chunki ovqat luqmasi o’t ajralib chiqishini kuchaytiradi,o’t tarkibidagi o’t kislatalari yog’da eriydigan dori vositalari tez erishi va so’rilishiga olib keladi.Bazi dori vositalari esa aksincha (diazepam,fenozepam,tazepam,nozepam,lizapam ) ovqatdan keyin ichilganda bu dorilarni so’rilish vaqti susayadi va uzayadi .Shuning uchun ham bu guruh dorilarni maqsadli ovqat istemolidan keyin tavsiya qilinadi. Alkagol va alkagolli ichimliklar juda ko’p dorilarning farmakokinetikasiga nojo’ya tasir ko’rsatadi. Oshqozon shilliq qavatini HCL sekretsiyasi kuchaytirish orqali qitiqlaydi va oshqozonda ovqat evakuatsiyasini sekinlashtiradi va bu orqali dorilarning oshqozon shilliq qavatidan so’rilish va zaharlanishini kuchaytiradi.Hozirgi kunga kelib oziq- ovqat mahsulotlar tarkibida katta miqdorda nitrat,nitrit va boshqa pestitsidlar bo’ladi.Ular bazi bir dori vositalari bilan (ranitidin,tsimetadin, famotidin, gijjaga qarshi dorilar, nitroglitserin, izosorbit dinitrat,
izosorbit mononitrat,diabeton,minidiap.)Bu dori vositalari ovqatdagi nitrat bilan –murakkab nitro birikmalar hosil qiladi,bu birikmalar esa kanserogen tasirga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |