Germaniyaning maktabgacha ta'lim tizimida ingliz tilini o'rgatilishi



Download 82,5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.07.2022
Hajmi82,5 Kb.
#773804
Bog'liq
Germaniyaning maktabgacha talim



Germaniyaning maktabgacha ta'lim tizimida ingliz tilini o'rgatilishi 
 
Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich 
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi 
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni 
mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, 
korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar 
bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul 
to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. 
Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning 
yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar 
ham bor. 
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni 
bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda 
to’la haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy 
maktablar ozroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 
yil). Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga 
o’tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur 
asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular — asosiy, 
maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 
yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus 
maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlari asosiy 
maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 
6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. 
Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi 
hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada 
gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy 
o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik 
haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya 
ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali 


ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 
20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda 
o’qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib, 
birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli 
maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar 
o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining 
birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom 
ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi 
yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya 
tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi 
mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi 
vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga 
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish 
talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga 
asosan oshiriladi. 
Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini 
shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini 
boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-
bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, 
o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin 
tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. 
O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat 
harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish 
to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu 
yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida 
beriladi. 
Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama 
qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir 
universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar 
korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga 


olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini 
tushunamiz. 
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan 
tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda 
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi 
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 
5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida 
tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z 
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish 
topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish 
bilan ta’minlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda 
faol ishtirok etadi. yevangel cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular 
bo’yicha konferensiyalar tashkil etadi. 
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va 
madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. 
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy 
an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss 
universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning 
hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy 
yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish 
institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi 
o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda 
Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda. 

Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish