- Nemis proletariati sonining ko'payishi uning faolligi va uyushganligining oshishi bilan birga kechdi. 60-yillarda birinchi ishchilar partiyalari paydo bo'ldi. 1875 yilda ular Sotsialistik ishchilar partiyasiga birlashdilar, keyinchalik bu partiya Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi (SPD) deb nomlandi. Unga sotsialistik harakatning taniqli vakillari Avgust Bebel va Vilgelm Libbekt boshchilik qilishdi. Ishchilar harakati tobora keng tarqalib bordi. Kasaba uyushmalari ishchilar jamoalarida katta ta'sirga ega edilar. Har yili yuzlab ish tashlashlar bo'lib o'tdi. Uning rahbarligi ostida ishchilar ish kunini qisqartirishga va ish haqining biroz oshishiga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |