Germaniyada soliqlar tasnifi.
Germaniyada soliqlar tasnifi quyidagicha amalga oshiriladi:
1.Soliq tushumlaridan foydalanish huquqi bo‘yicha;
2.Mulkiy soliqlar va bitimlarga solinadigan soliq;
3.Bojxona bojlari va aktsizlar;
4.Tasnifining boshqa har xil usullari.
Soliqlar, eng avvalo, soliq tushumlaridan foydalanish huquqi alomatlariga qarab tasniflanadi. Soliq tushumlaridan foydalanish huquqiga qarab ylar: federal soliqlar, yerlar soliqlari, qo‘shma soliqlar, mahalliy soliqlar va cherkov soliqlariga bo‘linadi.Mulkiy soliqlar va bitimlarga solinadigan soliqlar alohida guruhlanadi. Mulkiy soliqlar daromaddan va mulkdan undiriladigan soliqlarga ajratiladi. Daromaddan undiriladigan mulkiy soliqlarga quyidagilar kiradi: daromad solig'i (jumladan, ish haqidan olinadigan soliq va kapital daromadga solinadigan soliq).
Federatsiya bojxona yig‘imlari va spirt-aroq mahsulotlari monopohyasi bo‘yicha, shuningdek, boshqa soliqlar bo‘yicha, agar ulardan olinadigan yig imlar qisman yoki to‘liq federatsiyaga taa’lluqli bo’lsa va federatsiya darajasida huquqiy cheklovga talab bo’lsa, butkul qonuniy vakolatiga ega.
Bojxona bojlari va aktsizlar soliqlaming alohida guruhini tashkil qiladi. Bojxona bojlari chetdan keltiriladigan va chetga chiqariladigan tovarlarga boMinadi. Aktsizlar quyidagi gypyhlarga boMinadi: oziq-ovqat mahsulotlari, ovqatga ta’m beruvchi tovarlarga, boshqa har-xil iste’mol tovarlari va keltiriladigan tovarlarga. Oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha shakarga, tuzga solinadigan soliq va boshqalar boMadi. Ovqatga ta’m beruvchi tovarlarga solinadigan aktsiz solig’i gypyhiga tamaki mahsulotlari'ga solinadigan soliq, kofe solig’i, choy solig’i, vinolarga solinadigan soliq, pivo solig’i, alkogolli ichimliklarga solinadigan soliqlar kiradi.
Boshqa har-xil iste’mol tovarlarga solinadigan aktsiz soligMga neft mahsulotlari, yoritish vositalariga solinadigan soliqlar kiradi. Chetdan keltiriladigan tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig’i solinadi. Tasnifning boshqa har xil usullari turli alomatlarga qarab amalga oshiriladi:
1. Eng avvalo soliqlar to‘g ‘ri soliqlarga va egri soliqlarga bo’linadi (ish haqiga solinadigan soliq, tuz solig‘i).
2. Shaxsiy (sub’ektiv) soliqlar, real (ob’ektiv) soliqlar.
3. Foydadan to’lanadigan soliklar (sarf-harajatlarga qo'shiladigan soliqlar). Misollar: daromad solig’i (tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga colinadigan soliq).
4.Umumiy (maqsadga qaratilgan soliqlar). Misollar: Neft mahsulotlariga (qisman) solinadigan daromad solig’i.
5. Joriy soliqlar (bir marta tulanadigan soliqlar). Misollar: daromad solig i (yer maydonlari olish uchun solinadigan soliq).
6. O‘z-o‘zini soliqqa tortish tartibida to’lanadigan soliqlar (ma’lum muddatga to lanadigan soliqlar). Misollar: daromad solig’i, sug‘urta faoliyatidan tushadigan daromadlarga solinadigan soliq.
Shunday qilib, GFRdagi soliqlar davlatning jamiyat 0 ‘sib borayotgan ehiyojlarini mablag‘ bilan ta’minlab qondirish maqsadlarida foydalanadigan eng muhim iqtisodiy dastagi hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatib o'tilgan materiallar, shuningdek Germaniyadagi soliqlar davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |