Janubiy iqtisodiy rayon
tarkibiga Bavariya Respublikasi kiradi. Industrial
ishlab chiqarish tarkibida umumiy va transport mashinasozligi (avtomobillar), 50-
yillardan
boshlab elektrotexnika va elektronika, samolyotsozlik va motorsozlik,
harbiy sanoat, atom sanoati, kosmik-raketa sanoati, harbiy kimyo, neftni qayta
ishlash, yengil va oziq-ovqat (pivo), o’yinchoqlar, forfor-fayans va boshqa o’ta
zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Yirik markazlar –
Myunxen, Nyurnberg va Augsburgda asosiy sanoat korxonalari to’plangan.
Sut chorvachiligi, cho’chqachilik, tekislik va daryo vodiylarida bug’doy,
arpa, kartoshka, qand lavlagi, sabzovotchilik, tamakichilik, xmelь yetishtirish va
uzumchilik rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |