Gerbitsidlar kimyosi, xom-ashyosi, olinish texnologiyasi va ishlatilishi



Download 1,34 Mb.
bet2/3
Sana12.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#781672
1   2   3
Bog'liq
Gerbitsidlar kimyosi, xom-ashyosi, olinish texnologiyasi va

Gerbitsidlarning qo`llanilishi

  • Ekish davrida Gerbitsidlar (mas, dalapon, kotoran, daxlor, dual, kotofor yoki prometrin paxta dalalaridagi bir yillik oʻtlar, atrazin yoki agelon esa makkajoʻxori dalalaridagi begona oʻtlarga qarshi) ekish agregatiga oʻrnatilgan maxsus moslamalar b-n solinadi. Ekin unib chiqqunga qadar ham yuqoridagi Gerbitsidlarning birontasidan foydalanish mumkin. Bunday hollarda Gerbitsidlarning tanlash xususiyati urugʻning tuproqda joylashadi chuqurligiga, uning unib chiqish tezligi (quvvati)ga va preparatning tuproqqa saqlanish muddatiga bogʻliq. Taʼsir qilish usuliga koʻra: sirtdan (oʻsimlik toʻqimalariga tekkan qisminigina nobud qiladigan; mas, mineral moylar, nitrafen, DNOK. va b.) va singib taʼsir qiluvchi (oʻsimlik tanasiga shimilib, singib uning tomir va toʻqimalari orqali harakatlanib, umumiy zaharlanishga olib keladigan kimyoviy moddalar; mas, atrazin, agelon va b.) Gerbitsidlar mavjud. Singib taʼsir qiluvchi Gerbitsidlar kuchi sirtdan taʼsir koʻrsatuvchi Gerbitsidlar nikiga nisbatan sustroq. Ularning taʼsiri juda sekin namoyon boʻlib, sarflanadigan eritma hajmiga, tomchilar oʻlchamiga, purkashning qay darajada tekis chiqishiga bogʻliq. Singib taʼsir qiluvchi Gerbitsidlar ildizi juda chuqur oʻsadigan koʻp yillik begona oʻtlarga qarshi yaxshi samara beradi.

Gerbitsidlar

  • Gerbitsidlar 3 usulda: yoppasiga, lenta shaklida va uyalab sepiladi. Preparat yoppasiga butun maydonga (treflan yoki prometrinni ekishdan avval, dalaponni esa kuzgi shudgordan soʻng) bir tekisda purkaladi. Ekish davrida (bunda lenta kengligi 25—30 sm; kotoran, prometrin, kotofor, agelon, dual, stomp, atrazin va b.) va ekin unib chiqqandan soʻng (bunda himoya zonasi qator markazidan boshlab ikki tomonga 12—15 sm dan; kotoran, prometrin) lenta usulidan foydalaniladi. Begona oʻtlar dalaning turli joylarida har xil darajada uchrasa, ularga qarshi Gerbitsidlar (mas, koʻp yillik begona oʻtlardan ajriq va gʻumayga qarshi dalapon) uyalab purkaladi. Baʼzi Gerbitsidlarni yangi yerlarni oʻzlashtirishda yovvoyi buta oʻsimliklarni yoʻqotishda arboritsid, oʻsimlik ildizlarini quritadigan desikant (takrizol, dinitrol, pentaxlor va b.), oʻsimlik barglarini toʻkishda defoliant (endotal va b.) va oʻsish ingibitorlari (IFK, dinitroortokrezol va b.) sifatida ishlatish mumkin; ayrimlari kam miqsorda qoʻllanilganda oʻsish stimulyatorlari kabi taʼsir koʻrsatadi (2,4-D, 2,4-DM va b.).

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish