Geoxronologiya



Download 54,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi54,1 Kb.
#418624
  1   2
Bog'liq
Geoxronologiya - Vikipediya



Geoxronologiya
Geoxronologiya (geo... va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining
hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq G.ga boʻlinadi. Nisbiy
G. togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish prinsipiga
asoslangan. Bu prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam (choʻkindi jinslar qatlamlarining
dastlabki holati buzilmaganda) pastidagidan yosh boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy
yoshi qatlamli togʻ jinslari bilan oʻzaro munosabatiga qarab aniqlanadi. Geologik kesimdagi
qatlamlarning ketma-ketligini aniqlash mazkur r-nning stratigrafiyasini tashkil etadi. Bir-
biridan uzokda joylashadi hududlarning stratigrafiyasini solishtirishda paleontologik metod
ishlatiladi. Bu metod halok boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning jinslardagi toshqotgan
qoldiqlarini oʻrganishga asoslangan.
Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-
asr boshlarida togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleontologik metodni birinchi marta
U. Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O.
Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning asosini
yaratdi. Geologlar koʻp yillar davomida qilgai mexnati evaziga Yer poʻstida qatlamlar
yoʻnalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini
oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik metod asosida puxta qilib tuzilgan,
pastki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli
paleontologik metod cheklangan boʻlib, natijada unchalik mukammal boʻlimlarga
ajratilmagan. Togʻ jinslarining metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari boʻyicha
tokembriy arxey (yoki arxeozoy) va proterozoyga boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3
guruhga (yoki eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajratilgan. Guruhlar oʻz
navbatida sistemalarga, sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa yaruslarga boʻlingan.
Shkalaning bir necha guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy
eonotemasi). Tokembriy uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan.
Stratigrafik shkala G. shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik shkalaning har


qaysi boʻlimiga G. shkalasining maʼlum boʻlimi mos keladi. Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga
boʻlingan. Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi. Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi
1881 y.da Italiyaning Bolonya sh.da ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va
oʻsha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi. Keyinchalik paleontologik metodning
takomillashishi natijasida olingan yangi maʼlumotlar asosida G. shkalasiga oʻzgartirishlar
kiritilmoqda.
Mutlaq G.da togʻ jinslari va minerallarning radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va mln. yillar
bilan oʻlchanadi. Kimyoviy elementlarning radioaktiv parchalanishi tezligi doimiy boʻlib, tashqi
muhit taʼsiridan oʻzgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-asr boshlarida fransiyalik P. Kyuri va angliyalik E.
Rezerford taklif qilishgan. Ular tomonidan mutlaq G.ga qoʻllanilgan prinsip ayni paytgacha
ishlatilmoqda. Mutlaq G.da radioaktiv parchalanishi uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil)
uran va toriy elementlari ishlatiladi. Tokembriyning G. shkalasi togʻ jinslarining mutlaq yoshini
koʻp marta aniqlab tuzilgan. Parchalanishning oxirgi mahsulotiga qarab mutlaq G.ning
qoʻrgʻoshin, geliy, argon, kalsiy, stronsiy va b., shuningdek radiouglerod metodlari mavjud.
Bulardan qoʻrgʻoshin (uran-toriyqoʻrgʻoshinli), argon (argon-kaliyli) va stronsiy (rubidiy-
stronsiy) metodi koʻp ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin metodi minerallardagi (uraninit, monatsit, sirkon,
ortit) radiogen qoʻrgʻoshinni tadqiq qilishga asoslangan. Bu metod eng ishonarli hisoblanadi.
Uning ijobiy tomoni shundaki, mineralning yoshi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta tenglama
yordamida aniqlanadi.
Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni faqat bir marta oʻlchangan tenglama koniyat beradi.
Ayni paytda tenglamaning qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral, togʻ jinslarida bir xil.
Radioaktiv minerallarda radiogen qoʻrgʻoshin bilan birgalikda oddiy qoʻrgʻoshin qoʻshimchalari
borligi sababli yoshni aniqlashda tuzatishlar kiritiladi. Qoʻrgʻoshin rudasishshg izotop tarkibi
boʻyicha aniqlangan yosh model yosh deb yuritiladi. Amalda model yoshning haqiqiy yoshga
mos kelishi yoki kelmasligi koʻpchilik konlarda kuzatilgan.
Argon metodi kaliyli minerallarda argonning radiogen toʻplanishiga asoslangan. Zarur
materiallarni osongina olish mumkin boʻlganligi sababli argon metodi koʻp ishlatiladi.
Metodning kamchiligi faqat ichki nazorat qilish imkonining yoʻqligidadir. Chunki argon
metodida togʻ jinslari va minerallarning yoshi fakat bitta tenglama orqali aniqpanadi.
Stronsiy metodi , 87Rb ni radioaktiv parchalanib 87Sr ga aylanishiga asoslangan. Bu metod
kam ishlatiladi.
Radiouglerod metodi 60000 yoshgacha boʻlgan turli geologik obʼyektlarning yoshini
aniqlashda muhim.
Absolyut G.ga oid tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari
ilmiy adabiyotlarda keng yoritiladi. Oʻzbekistonda G. sohasidagi ishlar H. M. Abdullayev



Download 54,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish