Geoxronologiya
Geoxronologiya (geo... va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining
hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq G.ga boʻlinadi. Nisbiy G.
togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu
prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam (choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati
buzilmaganda) pastidagidan yosh boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy yoshi qatlamli togʻ
jinslari bilan oʻzaro munosabatiga qarab aniqlanadi. Geologik kesimdagi qatlamlarning ketma-
ketligini aniqlash mazkur r-nning stratigrafiyasini tashkil etadi. Bir-biridan uzokda joylashadi
hududlarning stratigrafiyasini solishtirishda paleontologik metod ishlatiladi. Bu metod halok
boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning jinslardagi toshqotgan qoldiqlarini oʻrganishga asoslangan.
Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-asr
boshlarida togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleontologik metodni birinchi marta U.
Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O.
Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning asosini
yaratdi. Geologlar koʻp yillar davomida qilgai mexnati evaziga Yer poʻstida qatlamlar
yoʻnalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini
oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik metod asosida puxta qilib tuzilgan,
pastki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli
paleontologik metod cheklangan boʻlib, natijada unchalik mukammal boʻlimlarga ajratilmagan.
Togʻ jinslarining metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari boʻyicha tokembriy arxey
(yoki arxeozoy) va proterozoyga boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3 guruhga (yoki
eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajratilgan. Guruhlar oʻz navbatida
sistemalarga, sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa yaruslarga boʻlingan. Shkalaning bir necha
guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy eonotemasi). Tokembriy
uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan. Stratigrafik shkala G. shkalasini
tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik shkalaning har qaysi boʻlimiga G. shkalasining maʼlum
boʻlimi mos keladi. Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga boʻlingan. Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi.
Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi 1881 y.da Italiyaning Bolonya sh.da ikkinchi xalqaro
geologlar kongressida tasdiqlangan va oʻsha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi.
Keyinchalik paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi maʼlumotlar
asosida G. shkalasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Mutlaq G.da togʻ jinslari va minerallarning radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va mln. yillar bilan
oʻlchanadi. Kimyoviy elementlarning radioaktiv parchalanishi tezligi doimiy boʻlib, tashqi muhit
taʼsiridan oʻzgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-asr boshlarida fransiyalik P. Kyuri va angliyalik E.
Rezerford taklif qilishgan. Ular tomonidan mutlaq G.ga qoʻllanilgan prinsip ayni paytgacha
ishlatilmoqda. Mutlaq G.da radioaktiv parchalanishi uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil) uran va
toriy elementlari ishlatiladi. Tokembriyning G. shkalasi togʻ jinslarining mutlaq yoshini koʻp marta
aniqlab tuzilgan. Parchalanishning oxirgi mahsulotiga qarab mutlaq G.ning qoʻrgʻoshin, geliy,
argon, kalsiy, stronsiy va b., shuningdek radiouglerod metodlari mavjud. Bulardan qoʻrgʻoshin
(uran-toriyqoʻrgʻoshinli), argon (argon-kaliyli) va stronsiy (rubidiy-stronsiy) metodi koʻp
ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin metodi minerallardagi (uraninit, monatsit, sirkon, ortit) radiogen
qoʻrgʻoshinni tadqiq qilishga asoslangan. Bu metod eng ishonarli hisoblanadi. Uning ijobiy tomoni
shundaki, mineralning yoshi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta tenglama yordamida aniqlanadi.
Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni faqat bir marta oʻlchangan tenglama koniyat beradi.
Ayni paytda tenglamaning qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral, togʻ jinslarida bir xil.
Radioaktiv minerallarda radiogen qoʻrgʻoshin bilan birgalikda oddiy qoʻrgʻoshin qoʻshimchalari
borligi sababli yoshni aniqlashda tuzatishlar kiritiladi. Qoʻrgʻoshin rudasishshg izotop tarkibi
boʻyicha aniqlangan yosh model yosh deb yuritiladi. Amalda model yoshning haqiqiy yoshga
mos kelishi yoki kelmasligi koʻpchilik konlarda kuzatilgan.
Argon metodi kaliyli minerallarda argonning radiogen toʻplanishiga asoslangan. Zarur
materiallarni osongina olish mumkin boʻlganligi sababli argon metodi koʻp ishlatiladi. Metodning
kamchiligi faqat ichki nazorat qilish imkonining yoʻqligidadir. Chunki argon metodida togʻ jinslari
va minerallarning yoshi fakat bitta tenglama orqali aniqpanadi.
Stronsiy metodi , 87Rb ni radioaktiv parchalanib 87Sr ga aylanishiga asoslangan. Bu metod kam
ishlatiladi.
Radiouglerod metodi 60000 yoshgacha boʻlgan turli geologik obʼyektlarning yoshini aniqlashda
muhim.
Absolyut G.ga oid tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari ilmiy
adabiyotlarda keng yoritiladi. Oʻzbekistonda G. sohasidagi ishlar H. M. Abdullayev nomidagi
Geologiya va geofizika instituti hamda Mineral resurslar institutida bajariladi. Oʻzbekistonning
gʻarbi va jan.dagi magmatik togʻ jinslarining mutlaq yoshi aniqlangan.