Geosiyosat yo`nalishida qalam tebratgan yana bir yirik ingliz olimi Xelford Dj. Makkinderdir



Download 18,07 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi18,07 Kb.
#95083
  1   2
Bog'liq
Geosiyosat yo


Geosiyosat yo`nalishida qalam tebratgan yana bir yirik ingliz olimi Xelford Dj.Makkinderdir. (1861-1947) U Buyuk Britaniya tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarining shakllanishidagi ishtiroki, shuningdek, jahon siyosiy tarixini o`ziga xos talqin qilganligi bilan mashxurdir. X.Makkinder g`oyalari xalqaro munosabatlarning yo`nalishiga jiddiy ta`mir etishga qodir bo`lgan va shu tufayli Angliya siyosatida oliy martabaga erishgan siyosiy arbobdir. Shu bilan birga, u dunyo siyosiy tarixini tadqiq va talqin etishda dadil va o`ziga xos inqilobiy yo`nalish yaratgan mashhur shaxs xisoblanadi. Geosiyosatga xos bo`lgan ilmiy jumboqni X.Makkinderning ilmiy asarlarida yaqqol kuzatish mumkin. Uning “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” “Demokratik ideallar va voqeliklar” singari mashhur asarlarida eng muhim geosiyosiy g`oyalar bayon etilgan Shuni ta`kidlash kerakki X.Makkinder nafaqat siyosat olamida, balki ilmiy doiralarda ham yuqori mavqega ega bo`lishiga qaramay, uning g`oyalari ilmiy hamjamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1904 yilda “Jo`g`rofiy jurnal” da nashr etilgan “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasi X.Makinderning dastlabki va eng yorqin chiqishi bo`lgan edi29 . X.Makkinder bu maqolada keyingi barcha asarlarida rivojlantirilgan jo`g`rofiya va tarixga oid qarashlarini bayon qilgan. Mazkur maqolaning ilmiy qiymati shundaki, unda nafaqat “siyosiy geografiya” taraqqiyotining ilgarigi barcha yo`nalishlarida qo`lga kiritilgan ilmiy natijalar umumlashtirilishi bilan bir qatorda, mazkur fanning asosiy qonuni ham ishlab chiqilgan. X.Makkinder fikricha, eng qulay jo`g`rofiy makon bu o`rtalikdagi holat bo`lib, biror bir mintaqaning markazda joylashish davlat uchun har jihatdan 29Makinder H. Geographical Pivot of History. In Geographical jurnal. –1904. // Перевод с анг. Элементы. Евразийское обозрение. –1996. –№7. –С.26-31. 20 foydalidir. “Markazda joylashganlik holati” nisbiy tushuncha bo`lib, vziyatga ko`ra o`zgarib turishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan dunyoning markazida evrosiyo mintaqasi, uning markazida esa “dunyoning yuragi”, ya`ni “heartland” joylashgan. U butun dunyoni nazorat qilish uchun eng qulay jo`g`rofiy plantsdarmdir. Heartland “dunyo oroli”ning (World Island) chegarasi ichida o`rin egallagan umummiqyosdagi asosiy hudud hisoblanadi. X.Makkinder “dunyo oroli”ni 3 mintaqa – Osiyo, Afrika va evropadan iborat deb bilgan. Shunday qilib X.Makkinder markazda to`planuvchi doiralar tizimini qo`llagan holda, umumsayyoraiy miqyosda hududlar ketma-ketligini belgilab uning markazida “tarixning jo`g`rofiy o`qi” yoki “o`q maydon”30 joylashganini asoslashga intildi. Ushbu geosiyosiy tushunchaga ko`ra erning geosiyosiy o`qi jo`g`rofiy nuqtai nazaridan Rossiya hududini anglatadi. Ana shu “o`q” ni tashkil etgan voqelik heartland ya`ni erning yuragi deb ataladi. Undan keyin esa “ichki yoki tashqi yarimoy” joylashgan 31. Bu belbog` evrosiyo mintaqasining qirg`oq hududlariga to`g`ri keladiyu X.Makinder fikriga ko`ra, “ichki yarimoy” tsivilizatsiya rivojining ancha tezkor qismini tashkil etadi. Bu esa tsivilizatsiyalarning dengil va daryolar sohillarida paydo bo`lganligi to`g`risidagi “potamik nazariya”ga mos keladi. Ushbu nazariya barcha geosiyosiy yondashuvlarning o`zagi hisoblanadi. Suv va quruqlikning kesishishi nuqtasi davlat va xalqlar tarixida muhim omil hisoblanadi. Bunday qarashlar tizimi K.Shmitt va N.Spaykmen tomonidan ilgari surilgan bo`lsada, ushbu muammoni birinchilardan bo`lib tadqiq etgan olim aynan X.Makkinder hisoblanadi. U “Demokratik ideallar va voqelik” asaridada bundan keyin yanada kengroq doira “tashki yoki orliy yarim oy” boshlanishini ta`kidlaydi. Bu hudud Dunyo oroli (World Island)ning uruqlikdagi qismiga nisbatan (jo`g`rofiy va madaniy jihatdan) butunlay tashqarida joylashgan. X.Makkinder fikricha, tarixiy taraqqiyot jarayoni sabab-oqibat tamoyiliga asoslangan holda quyidagicha kechgan: Heartlandning markazidan uning qirg`oqlariga “quruqlik bosqinchi”lar muntazam ravishda hujum 30Макиндер асарида “pivot arca” деб аталган. 31Макиндер асарида “inter of marginal crescent” деб аталган. 21 qilib turgan. Bu hol XIII asrda mo`g`ul bosqini davrida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlangan. Biroq ulardan oldin skiflar, xunlar hamda alanlar tomonidan ham xuddi shunday xurujlar amalga oshirilgan. X.Makkinderning ta`kidlashicha “tarixning jo`g`rofiy o`qi” da joylashgan tamaddunlar heartlandning ichki hududlaridagi “avtoritar” siyosiy hokimiyatga ega bo`lgan “nodemokratik” hamda “savdoga asoslanmagan” jamiyatlardan iborat bo`lgan. Bunday tamaddunlar dastlab Qadimgi Rim yoki Spartasi singari jamiyatlar mujassamlashgan. Tashqaridan, “Orol yarim oyi” mintaqalaridagi “dengiz bosqinchilari” yoki “orolliklar” tomnidan “dunyo oroli”ga hujum bo`lib turgan. Ular evroosiyodan tashqaridagi markazlardan kelib chiqqan mustamlakachi bo`lib, mintaqaning ichki sarhadlaridan kelgan kuchlarni engib, dengiz va quruqlik kuchlari o`rtasida muvozanatni ta`minlashga intilgan “savdo-sotiq” va “demokratik” siyosiy tizim esa “tashqi yarim oy” tamaddunlar xos xususiyatdir. Qadimda Afina davlati yoki Karfagen ana shunday xususiyatlari bilan ajralib turgan. Ikki qutbni egallagan ushbu tamadduniy-jo`g`rofiy majmua oralig`ida “ichki yarim oy” hududi joylashgan. U ikki yoqlamali hamda doimiy ravishda bir-biriga zid bo`lgan madaniyatlar ta`sirida qolgani tufayli harakatchan bo`lgan va shu sababli tamaddunning eng taraqqiy topgan hududiga aylangan. Tarixning jo`g`rofiy o`qi maqolasida X.Makinder evrosiyoning marakaziy quruqlik qismi bilan qirg`oqdagi davlatlar o`rtasida joylashgan mamlakatlarni misol tariqasida keltirish mumkinligini yozadi. X.Makkinder fikricha, tarixiy jarayon jo`g`rofiy nuqtai nazardan mintaqaviy o`q atrofida kechadi. Bu jarayon “ichki yarim oy” hududlarida yaqqol namoyon bo`ladi heartlandda “harakatsiz” arxaizm, “tashqi yarim oy”da esa qandaydir tamadduniy tartibsizlik hukm suradi. X.Makkinder o`z manfaatlarini anglosakson orol dunyosi, ya`ni “tashqi yarim oy” hududining manfaatlari mushtarak deb hisoblagan. “Dunyo oroli” geosiyosiy jihatdan shundady yo`nalishga ega bo`ladiki, bundda heartlandning nihoyatda zaiflashgani holda “tashqi yarim oy”ning “ichki yarim oy”ga ko`rsatadigan ta`siri kengayib boradi. “X.Makinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi”ning butun dunyo siyosatidagi strategik ustuvorligini ta`kidlab, quyidagi muhim qonunni kashf etadi. 22 U 1919 yilda N`yu Yorkda nashr etilgan”Demokratik ideallar va voqelik” asarida “Kimki Sharqiy evropani nazorat qilsa, heartlandga ustunlik qiladi; kim heartlandda ustunlik qilsa “dunyo oroli”ga ustunlik qiladi; kimki “dunyo oroli”ga ustunlik qilsa u dunyo miqyosidagi ustunlikka erishadi”, deb yozgan edi. Siyosiy nuqtai nazardan qaraganda bu hol Rossiyaning strategik etakchiligini tan olishni anglatar edi. X.Makkinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasida bu haqda shunday deb yozadi: “Germaniyaning evropadagi o`rni qanday bo`lsa Rossiya butun dunyo miqyosida xuddi shunday markaziy strategik mavqeini egallaydi. U har tarafdan hamla qilishi va ayni vaqtda o`zi ham shimoldan tashqari barcha tarafdan hujumga duch kelishi mumkin. Ana shu fikrlarga tayangan holda X.Makkinder anglosakson geosiyosatining bosh vazifasi “tarixning jo`g`rofiy o`qi”, ya`ni Rossiya atrofida mintaqaviy strategik ittifoq tashkil topishiga yo`l qo`ymaslik deb hisoblagan. Demak, “tashqi yarim oy” kuchlarining strategiyasi heartland dan imkon qadar ko`p miqdorda sohilli hududlarni tortib olish va ularni “orol tsivilizatsiya”si ta`siri ostiga kiritishdan iborat. Uning nazarida “Kuchlar muvozanatining o`q davlat (Rossiya) tomon o`zgarishi, uning evrosiyo atrof hududlarini istilo qilishi bilan barobar ro`y berib, mintaqaning ulkan zahiralaridan foydalangan holda kudratli dengiz floti yaratish imkonini berdi bunday vaziyatda u dunyo saltanati darajasiga etishi mumkinligi ham extimoldan holi emas. Rossiya Germaniya bilan birlashgan taqdirda ana shunday vaziyat vujudga kelishi mumkin. E`tiborli jihati shundaki, X.Makkinder faqatgina nazariy taxminlarni ilgari surish bilan cheklanib qolmadi. Balki Antantani qo`llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “oq harakat” ni tashkil etishda ham faol ishtirok etdi. Unnig fikriga ko`ra harakat nemislarga xayrixoh bo`lgan evrosiyochi-sho`rolar qudratini zaiflashtirishga yo`naltirilgan jarayon bo`lishi kerak edi. X.Makkinder Angliya hukumatidan imkon qadar ko`proq madad olishga harakat qilgani holda shaxsan o`zi “oq harakat” rahbarlariga yo`l-yo`riq va maslahat bergan. X.Makkinder faol ishtirok etgan Versal` shartnomasining asosiy mazmunida uning geosiyosiy qarashlari singdirilgan. Bu shartnoma g`arbiy evropa anglosakson dunyosi uchun qirg`oq bazasi bo`lib qolajagini mustahkamlash uchun tuzilgan edi. Shu bilan birga X.Makkinder nemislar va slavyanlarni bir-biridan 23 ajratib turuvchi chegaraviy davlatlar tuzilishini ham nazarda tutadi. Bunday oraliq davlatlar nemislar va slavyanlar o`rtasida o`ziga xos chegara vazifasini o`taydi va demakki “demokratiya” uchun xatarli bo`lgan mintaqaviy strategik ittifoq tuzilishiga imkon bermaydi. Shuni ta`kidlash kerakki, X.Makkinder asarlarida heartland jo`g`rofiy chegaralarini tadrijiy taraqqyotini ham kuzatish mumkin. Agar 1904 va 1919 yillarda heartland ning tashqi ko`rinishi umumiy belgilarga ko`ra rossiya imperiyasi chegaralari, keyinchalik esa SSSR chegaralariga mos kelgan bo`lsa, 40 yillarda X.Makkinder o`zining oldingi qarashlari qayta ko`rib chiqadi va “Tarixning geografik o`qi” (1904) maqolasi hamda “Demokratik ideallar va voqelik” kitobida (1919) sho`rolarning enisey ortida joylashgan Sharqiy Sibir hududlarini heartlanddan chiqarib tashlaydi. 1943 yilda chop etilgan “Aylana sayyora va tinchlikni zabt etish” asarida u deyarli aholisiz bo`lgan sho`ro hududlarini Lena daryosi nomidan kelib chiqqan holda “Lenaland Rossiyasi” deb ataydi: Heartland da Rossiyaning 9 million aholisi bor, 5 millioni Irkutsdan Vladivostokgacha bo`lgan mintaqalararo temir yo`l hududida yashaydi, Qolgan hududlarda har 8 km kvadratga bir kishidan kam aholi to`g`ri keladi. Bu erning tabiiy boyliklari yog`och, minerallar bo`lib, ularga umuman qo`l urilmagan. Lenalandning Heartland chegaralaridan chiqarilishi uni ichki yarim oy” hududi sifatida qabul qilinishi imkoniyatini, ya`ni “orol davlatlari” tomonidan “tarixning jo`g`rofiy o`qi” ga qarshi jangda qo`llaniladigan qirg`oq hududi sifatida foydalanish mumkinligini anglatardi. “Oq harakat” va Antanta harakatini tashkil etishda faol ishtirok etgan. X.Makkinder aftidan Kolchakning evrosiyo markaziga qarshi chiqishini “tashqi yarim oy” hududlariga nisbatan bo`lajak hujum sifatida talqin qilgan. Shu tufayli uning nazorati ostida bo`lgan hududlarni ehtimoldagi “qirg`oq hududlari” sifatida qabul qilish uchun etarli asos deb hisoblagan. X.Makkinder Demokratik ideallar va voqelik asarida dunyo geosiyosati tarixini 3 bosqichga bo`ladi: 1) Kolmbgacha bo`lgan davr. Bu davrda Dunyo Oroli atrofida yashovchi barcha xalqlar, masalan rimliklar hamisha “er yuragi”dagi kuchlar tomonidan 24 bosib olish havf ostida yashagan. Rimliklarga qarshi bu tahdid germanlar, xunlar, alanlar va forslar tomonidan bo`lib turgan. O`rta asrlarda esa tahdid Oltin O`rda xoni va oykumenlar tomonidan bo`lgan. 2) Kolumb davri. Bu davrda “ichki yarim oy” (qirg`oq hududlari) vakillari sayyoraning noma`lum hududlarini bosib olishga otlanadi va hech qaerda jiddiy qarshilikka uchramaydi. 3) Kolumbdan keyingi davr. Zabt etilmagan hududlar qolmaydi. Dinamik harakatlanishda bo`lgan tamaddunlar to`qnashuvga mahkum bo`lib, er yuzidagi halqlar umumjahon miqyosdagi fuqarolar urushiga jalb etiladi. X.Makkinder tomonidan yaratilgan ushbu geosiyosiy qoidalar ushbu fanning mumtoz asoslarini tashkil etadi va ularning ko`pgina hollarda nazariy-uslubiy nuqtai nazardan qo`llash mumkin. Bugungi geosiyosiy jarayonlarga nazar tashlansa, ular X.Makkinder kabi olimlar yaratgan umumiy nazariy qonuniyatlar asosida tahlil etiladi. Boshqacha aytganda bugungi geosiyosiy jarayonlar ham geosiyosatning butun kuchlari o`rtasidagi qarama-qarshilik bundan ikki asr ilgari qanday bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda ham xuddi shu darajada davom etmoqda. Heartland tomon yurish va unga qarshilik ko`rsatish bir oz bo`lsa-da, to`xtagani yo`q. Bu hol keyingi yillarda Markaziy Osiyo atrofida kechayotgan jarayonlarsa ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Demak, xulosa sifatida aytish mumkinki “Geosiyosat” atamasini fanga Shvetsiyalik siyosatshunos olim R.Chellen kiritgan. “Geopolitika” tashqi siyosatda biron-bir davlat yoki mintaqaning geografik o`rni, hududiy joylashishi, kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritadigan faoliyatidir. “Hayotiy makonning torlik qilayotganligi”, “tabiiy sarhadlarni kengaytirish zaruriyati” singari da`volar geopolitikani Ekspansiyani asoslovchi siyosiy kontseptsiya; deb baholanishiga olib keldi. Bu atama 1-jahon urushi davrida keng qo`llanila boshlagan. O`sha davrda yashagan nemis olimi F.Rattsel davlatlar muayyan joy va hududda mavjud bo`ladi, bu esa o`z navbatida, ularni zarur hududlarni egallashga majbur qiladi”, deb hisoblagan. Bunday qarash reaktsion bo`lib, dunyoni qaytadan bo`lib olishga 25 otlangan Kayzer germaniyasining urushga shaylanayotgan siyosatchilari uchun nihoyatda maqbul bo`lgan. Bugungi dunyodagi geosiyosiy jarayonlar, ularningn mintaqamiz va mamlakatimizga ta`siri masalalarining mazmun-mohiyati, bu borada respublikamiz amal qiladigan tamoyillar Prezident Islom Karimov asarlarida, ayniqsa, “O`zbekiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida chuqur tahlil qilingan.


Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish