Geosiyosat asoslari



Download 1,96 Mb.
bet40/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

2. YeI hayotidagi muhim voqealar. Mastrixt bitimlari. l95l-yil: ilk qadamlar. Zamonaviy Yevropa ittifoqini tuzish borasidagi ilk qadamlar l95l yilda tashlangan: Belgiya, GFR, Niderlandiya, Lyuksemburg, Fransiya va Italiya po’lat va ko’mir ishlab chiqarish bo’yicha Yevropa resurslarini birlashtirishni maqsad qilgan "Yevropaning ko’mir va po’lat birlashmasi" (ECSC — European Coal and Steel Community) ga asos solishadi. Ushbu shartnoma l952 yilda kuchga kiradi.
l957-yil: Rim shartnomasi: l957 yil 25 martda imzolangan Rim shartnomasi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga tamal toshini qo’ygan hujjat sanaladi. Italiya, GFR, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan imzolangan shartnomaga ko’ra, insonlar, tovarlar, xizmatlar va kapitallarning erkin harakatlanishi yo’lidan barcha to’siqlar olib tashlangan.
Bundan tashqari, shu kuni yana bir Rim shartnomasi imzolangan, unga ko’ra atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamjamiyatiga ham asos solingan.
l992-yil. Maastrixt shartnomasi: l992 yilning 7 fevralida imzolangan Maastrixt shartnomasi (rasman "Yevropa ittifoqi haqida shartnoma") — Niderlandiyaning shu nomli shahrida imzolanadi va Yevropa ittifoqining boshlanishini belgilab beradi. Shartnoma Yevropa mamlakatlarining pul va siyosiy tizimini tartibga solish jarayonini tugatib bergan.
Yevropa ittifoqining pul-kredit siyosatiga mas’ul qilib Yevropa markaziy banki (YeMB) va YeIga a’zo davlatlar milliy markaziy banklari tarkibidagi Yevropa markaziy banklari tizimi (YeMBT) belgilangan.
Maastrixt shartnomasini imzolagan davlatlar Yevropa valyuta ittifoqiga a’zo bo’lish uchun Maastrixt tamoyillari deb ataluvchi quyidagi besh tamoyilga mos kelish zaruriyatini ma’qullashdi:


l. Davlat byudjyeti kamomadi YaIMning 3 foizidan oshmasligi;
2. Davlat qarzi YaIMning 60 foizidan kam bo’lishi;
3. Davlat ikki yil mobaynida valyuta kurslari mexanizmida ishtirok etishi va oldindan belgilangan diapazonda milliy valyuta kursini qo’llab-quvvatlashi;
4. Inflyatsiya darajasi Yevropa ittifoqining eng barqaror narx-navolarga ega uch a’zosi o’rtacha qiymatidan l,5 foizga oshmasligi;
5. Davlat obligatsiyalari bo’yicha uzoq muddatli foiz stavkalari inflyatsiya darajasi eng past bo’lgan mamlakatlardagi shu stavkalarning o’rtacha qiymatidan 2 foizga oshmasligi.
Qayd etish joiz, bu vaqtga kelib Yevropa ittifoqiga a’zo davlat soni ikki barobarga oshgan — Rim shartnomasini imzolagan davlatlar safiga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (l973), Gretsiya (l98l), Ispaniya va Portugaliya (l986) qo’shilgan edi.
l995-yil. Shengen bitimi: Garchi Yevropa ittifoqining bir qator davlatlari chegarasida pasport-viza nazoratini soddalashtirish haqidagi bitim l985 yilning l4 iyulida 5 davlat — Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Fransiya va Germaniya tomonidan imzolangan bo’lsa-da, u l995 yilning 26 martidan kuchga kirgan l999 yilning l mayida o’z kuchini yo’qotgan. Uning o’rniga Yevropa ittifoqining Shengen qonunchiligi joriy etilgan.
Shu yili Yevropa ittifoqi to’rtinchi martaba kengaytirildi va yana uch davlat - Avstriya, Finlandiya va Shvetsiya a’zo qilib olindi.
l999-yil. YeVRO: Yevro zonasiga a’zo l9 davlatning, shuningdek, 7 tasi Yevropada joylashgan yana 9 davlatning rasmiy valyutasi hisoblanadi. Yevrozonaga a’zo davlatlardan farqli o’laroq, bu 9 davlat Yevropa markaziy bankining pul-kredit siyosatiga aralasha olmaydi va bankning rahbar lavozimlariga o’z vakillarini jo’nata olmaydi.
Yevro l999 yilning l yanvaridan naqd bo’lmagan ko’rinishda muomalaga chiqarildi. 2002 yilning l yanvaridan naqd banknotlar va tangalar muomalaga chiqarildi. Ayni paytda yevro 240 million Yevropalikning yagona valyutasi hisoblanadi. Ayni paytda butun jahon bo’ylab naqd muomalada aylanayotgan yevro banknotlari miqdori l trillion yevrodan oshgan va bu ko’rsatkich bo’yicha valyuta AQSh dollaridan ham oldingi o’rinda bormoqda.
2004-yil. Beshinchi kengayish: A’zolari l5 ta davlatga yetgan YeI shu yili yana l0 ta a’zoni o’z tarkibiga qo’shib oldi. Ular — Chexiya, Vengriya, Polsha, Sloveniya, Slovakiya, Estoniya, Latviya, Litva, Kipr va Malta davlatlari. Garchi bu kengayish aholi soni va mamlakat hududi bo’yicha eng kattasi bo’lsa-da, yalpi ichki mahsulot miqdori bo’yicha eng kattasi emas edi. 2007 yilda Bolgariya va Ruminiya ham shu beshinchi kengayish doirasida Yevropa ittifoqi a’zosi bo’lishdi va a’zo mamlakatlar soni 27 taga yetdi.
20l3 yilda Xorvatiya oltinchi kengayish doirasida YeIning 28-a’zosiga aylandi.
20l6-yil. Brexit: Buyuk Britaniya aholisi 20l6 yilning iyun oyida referendumda YeI tarkibidan chiqish — "Brexit"ni yoqlab uchun ovoz berishdi. 20l7 yil martida Qirolicha Yelezaveta II tomonidan mamlakat parlamentining bu boradagi qonuni imzolandi va rasman kuchga kirdi.
Shu tufayli kuni-kecha Italiya poytaxti Rimda o’tgan "Rim shartnomasi"ning 60 yiligiga bag’ishlangan yubiley sammitda ilk bora Buyuk Britaniya vakillari ishtirok etmadi va YeIga a’zo davlatlar soni yana 27 ta bo’lib qoldi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish