Geosiyosat asoslari


KLASSIK GEOSIYOSATNING ASOSIY G‘OYALARI VA TAMOYILLARI



Download 310,59 Kb.
bet28/97
Sana30.12.2021
Hajmi310,59 Kb.
#90397
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
geosiyosat asoslari uslubiy qollanma toshkent - (2)

KLASSIK GEOSIYOSATNING ASOSIY G‘OYALARI VA TAMOYILLARI


Reja:

  1. Geosiyosiy jarayonlar rivojini davrlashtirish.

  2. F.Ratselning «Siyosiy geografiya» asarida davlat va borliq masalalari.

  3. R.Chellenning geosiyosiy konsepsiyalari.

  4. Alfred Mexen ta’limotida dengiz kuchlarining qudrati masalalari.

  5. X.Makinder geosiyosiy qarashlari.

  6. K.Xausxofer va N.Spikmen ta’limotlari.




  1. Geosiyosiy jarayonlar rivojini davrlashtirish. G‘arbdagi ijtimoiy - siyosiy, geosiyosiy jarayonlarning rivoji xususida gap ketganida bu jarayonlarning amal qilish davri, xususiyatlari, maydoni, ta’sir qilish mexanizmlari, chegaralari nuqtai nazaridan kelib chiqib bu jarayonlarni davrlashtirishga keng e’tibor berilgan. Geosiyosatchilar geosiyosiy jarayonlarni tahlil ostiga olishganida har bir davrdagi geosiyosiy kuchlarni makonda va zamonda o‘rin almashishlariga, ularning qayd etib o‘tilgan xususiyatlariga qarab geosiyosiy davrlarni klassfikatsiyalashgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki geosiyosiy davrlarni quyidagicha davrlashtirish mumkin:

Birinchi geosiyosiy davr. Rim imperiyasining ikkiga bo‘1inishi. Milodiy 395 yilda Rim imperatori Feodosiy vafoti oldidan imperiyani ikki o‘g‘liga bo‘lib beradi: G‘arbiy Rim imperiyasi va Sharqiy Rim imperiyasi. G‘arbiy Rimga x’os xususiyatlar: qulchilik, qoloqlik, past turmush tarzi, xristianlikning katolik mazhabi va shu kabilar. Sharqiy Rim imperiyasiga xos xususiyatlar: ozod dehqonlar, ishlab chiqaruvchilar, ilm - fan rivoji, savdo - sotiq, pravaslav mazhabi va shu kabilar. Lekin bu davrni G‘arblik geosiyosatchilar alohida geosiyosiy davr sifatida e’tirof etishmaydi.

Ikkinchi geosiyosiy davr. Tordesilyas geosiyosiy davri. 1494 yilda Tordesilyas shartnomasiga asosan ikkita yirik mustamlakachi davlat Ispaniya va Portugaliya jahonni o‘z ta’sir doiralarida bo‘lib olishadi.

Uchinchi geosiyosiy davr. Vestfaliya geosiyosiy davri. 1618 - 1648 yillarda bo‘lib o‘tgan O‘ttiz yillik urushga Vestfaliya tinchlik shartnomasi yakun yasadi. Buning natijasida Yevropada markazlashgan milliy davlatlar vujudga keldi. Sanoat, savdo - sotiq yuksala boshladi.

To‘rinchi geosiyosiy davr. Vena geosiyosiy davri. Yevropa davlatlari Napoleon zulmidan ozod etilgach Vena kongressi (1814) bo‘lib o‘tadi. Yevropaning siyosiy xaritasi qayta tuziladi. Buyuk Britaniya o‘z qudratini dengizda, Rossiya esa materikda yanada mustahkamlab oladi.

Beshinchi geosiyosiy davr. Versal tinchlik shartnomasi. Bu shartnoma Birinchi jahon urushiga yakun yasadi. 27 davlatning delegatsiyasi unda ishtirok etadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH o‘z mavqelarini yanada mustahkamlab olishdi. Rossiya, Germaniya, Italiya o‘z mavqelarini ancha boy berishdi.

Oltinchi geosiyosiy davr. Yalta geosiyosiy davri. Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi. Jahon ikkita yirik davlat SSSR va AQSH ta’sir doiralari misolida bo‘lib olindi. Bipolyar tizim davri boshlandi. NATO va unga qarshi turuvchi VSHT vujudga keldi.

Yettinchi geosiyosiy davr. Belovej shartnomasi. Ikki qutbli dunyoga chek qo‘yildi. G‘arb va Sharq o‘rtasidagi keskin qarama - qarshilik o‘z yakuniga yetdi. Lekin xalqaro maydondagi qarama - qarshiliklar yangicha ko‘rinishlarda davom etdi.

Ma’lumki, ulkan geografik makondagi aholi uyushmalari, ular tuzgan davlatlar, tanlagan makonlari asosan qulay iqlim, unumdor yer, suv manbalari bilan belgilangan edi. Tashqi savdoning kuchayishi, dengiz kashfıyotlari, sanoatning yuksalib borishi, transport — kommunikativ harakatlarning kuchayishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Yangi davrda kontinental, orol yoki qirg‘oq bo‘yi davlatlari, ularning joylashishi, hududi, qirg‘oqbo‘yi chegaralarining uzunligi, davlatda kommunikatsiya imkoniyatlari, landshaft, iqlimi va qator demografık omillarning xalqlar ijtimoiy - siyosiy hayotiga nechog‘1i ta’sir ko‘rsatishining daliliy misollarini ko‘rsatdi.1 Shunday tadqiqotlar samarasi o‘laroq, XIX asr oxiri — XX asr boshlariga kelib keng qamrovli ijtimoiy - siyosiy fanlar qa’ridan geosiyosat alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Aytish joizki, klassik geosiyosat deganimizda ana shu davrdan boshlab ijod qilgan va geosiyosatning tadrijiy rivojiga u yoki bu darajada ta’sir etgan tadqiqotchilar qarashlari nazarda tutiladi. Jumladan, nemis olimi F.Ratsel (1844 - 1904), shved davlatshunosi R.Chellen (1864-1922), amerikalik admiral A.Mexen (1840-1914), ingliz geograf nazariyotchisi X.Makkinder (1861-1947), nemis olimi K.Xausxofer (1869-1946), amerikalik (asli gollandiyalik) N.Spikmen (1893-1943) va rus iqtisodchi olimi P.N.Savitskiy (1895-1968)lar eng mashhur klassik geosiyosatshunoslar hisoblanishadi.

Ular bugungi geosiyosatda ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘ziga xos munozaralarga sabab bo‘layotgan qator konsepsiyalar va nazariy kategoriyalarni o‘z vaqtida o‘rtaga tashlaganlar:


  • quruqlik va dengiz «hukmdor»lari o‘rtasida doimiy qarama - qarshilik bo‘lishi g‘oyasi;

  • «Buyuk quruqlik» nazariyasi;

  • insoniyat tarixiga daxldor makonlarga ega bo‘lgan markaz — heartland muammosi;

  • jahon siyosatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘na1ish — rimland masalasi;

  • yetakchi xorijiy davlatlarning geosiyosiy ittifoqchiligini nazariy asoslash;







  • Honxronorrıs: 3Hurıxnonepııecxxiî cnoB£f]3b, M., rı3,£[-BO MKV, 1993, c.59

- davlatlaming strategik xom - ashyo resurslariga egaligi, uning davlat, mintaqa va global geosiyosiy munosabatlardagi o‘mi va b.


  1. Download 310,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish