Sochuvchi linzada tasvir hosil qilish. Sochuvchi linzada ham linzaga nisbatan buyumning joylashishida yuqorida sanab o'tilganidek turli hollar bo'lishi mumkin. Biroq sochuvchi linzalarda buyum unga nisbatan qayerda joylashsa ham tasvir mavhum, to'g'ri va kichiklashgan bo'ladi. Sochuvchi linzada tasvir doimo linza bilan uning fokusi oralig’ida hosil bo’ladi: (2-rasm). Sochuvchi linzada haqiqiy tasvir hosil qilish uchun linza, sindirish ko’rsatkichi linza materialining sindirish ko’rsatkichidan katta bo’lgan muhitga joylashtirilishi kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |