Nivelirlash usullari
Nivelirlash- geodezik o`lchash ishlarning bir turi bo‘lib, o`lchahs natijasida yerning tabiiy ya`ni fizik yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi h) o‘lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang‘ich deb qabul qilingan sathiy yuzadan balandligi aniqlanadi.Nivelirlash ishlari nivelir asbobi va reyka yordamida bajariladi.
N -3 nivelirining tuzilishi:
Okulyar
Qarash trubasi
Vizir
Obyektiv
Kremalera
Yo`naltiruvshi vint
Dumaloq adilak
Elevatsion vint
Ko`taruvchi vint 1-rasm.N-3 nivelirining qismlari
10.Korpus
Nivelirlash - umumiy atama bo‘lib, nuqtalar balanligi yoki ular balandliklari farqini aniqlashni turli jarayonlarida qo‘llanadi. Nivelirlash plan, profillarni tuzish, injenerlik loyihalash va qurishida zarur ma'lumotlarni olish uchun bajariladi.
Nivelirlash natijalari: (1) avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, suv ta'minoti tizimi va boshqa joylarni loyihalashda, joyda biron- bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topografik ma'lumotolishda;
- bino va inshootlar qurilish loyihalarni balandlik bo‘yicha joyga ko‘chirishda;
- qurilishda yer ishlari hajmini aniqlashda;
- hudud yer osti suvlari sathini aniqlashda;
- yerning umumiy relyefini tasvirlovchi kartalarniishlab chiqishda;
- yer qatlamini vertikal va gorizontal surilishini aniqlashda keng qo‘llanadi.
Qo’llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo’linadi: geometrik nivelirlash, trigonometrik nivelirlash, barometrik nivelirlash, mexaniknivelirlash, gidrostatik nivelirlash, radionivelirlash va stereoforogrammetrik nivelirlash.
Geometrik nivelirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo’yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo’li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirlardan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi nivelirlashning boshqa turlaridagiga qaraganda aniqroq topiladi.Geodezik tayanch punktlarini va tasvirga olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabda planlar olishda, muhandislik inshootlari (yo’l, to’g’on, gidroelektrostansiya,kanal, uy joy binolari, aerodrom va boshqalar) ning loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik muhandislik inshootlarning cho’kishi va deformatsiyalarini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo’llaniladi.
Geometrik nivelirlash natijalaridan yer qobig’ining vertikal harakatini, okean va dengiz sathlarining farqini aniqlashda ham foydalaniladi. Nivelirlash uslubi va asboblarni nuqtalar balandligining qanchalik aniq o’lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |