O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti 1 kurs talabasi Ernazarov Timurning Topografiya va geodeziya asoslari fanidan Mavzu: «Nivelirlash» Mustaqil ish
Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi.
Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalar barcha sohalar kabi Geodezik ishlarda ham foydalanilmoqda. Oldingi paytlarda bu soha rivoji asta-sekin rivojlangan bo’lsa, hozirga kelib juda tez suratlarda soha rivoji o’sib bormoqda. Bular faqatgina ishlar osonlashishiga, qulay va ishning sifatli bo’lishiga olib keldi. Zamonaviy asboblar nafaqat ishni sifatiga balki kelajakdagi qurilishi mumkin bo’lgan bino va inshootlarni zamonaviy ko’rkka va uzoq vaqt foydalanishga ega bo’lishini ham taminlaydi. Butun dunyo kabi O’zbekistonda ham zamonaviy asboblar, texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda va buni hozirgi paytda qurilayotgan inshootlardan ham bilsa bo’ladi.
Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Nivelirlashni bajarish uslubiga qarab geometrik Nivelirlash, trigonometrik Nivelirlash, fizik (gidrostatik, barometrik va aero) Nivelirlash va stereofotogrammetrik Nivelirlash turlariga boʻlinadi.
Geometrik Nivelirlash gorizontal vizir nur, trigonometrik Nivelirlash esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik Nivelirlash bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik Nivelirlash nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik Nivelirlash esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik Nivelirlash asosiy hisoblanadi.