Geologiya fanlari universiteti «tasdiqlayman»



Download 23,55 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi23,55 Kb.
#941113
Bog'liq
Nuriddin Behruz muhandis sistema dasturchisi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOG‘-KON SANOATI VA
GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI

« TASDIQLAYMAN »
Geologiya fanlari universiteti rektori _____________
M.U.Isoqov
2023y. «____» ___________

Raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi Muhandis-sistema dasturchisi
lavozim yo‘riqnomasi
I. Umumiy qoidalar
1.1. Geologiya fanlari universitetining (bundan buyon matnda GFU deb yuritiladi) Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nizomi O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoni, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil fevraldagi 08/1-580-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1.2. Markaz GFUning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
1.3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, GFU Nizomi, Kengashi qarorlari, GFU rektorining buyruqlariga muvofiq olib boradi.
1.4. Muhandis-sistema dasturchisi Raqamli ta’lim texnologiyalari markazida faoliyat yuritadi hamda markaz boshlig‘i va AKTni joriy etish bo‘yicha mas’ul prorektorga bo‘ysunadi.


II. Lavozim majburiyatlari

2.1. Muhandis-sistema dasturchisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, universitet rektori buyruqlari va farmoyishlariga hamda mazkur Lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi.


2.2. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi nazoratini olib boradi;
2.3. GFU tomonidan budjetdan tashqari mablag‘larni ishlab topishda yaqindan yordam berish, kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish, rahbariyat ruxsati asosida AKT sohasida qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish, GFU nomidan dasturiy mahsulotlar yaratish;
2.4. Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan usullar va vositalarni tahlil qiladi;
2.5. Vazirlik axborotlashtirish ob’ektlarida oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidensial) ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi;


III. Huquqlari

Muhandis-sistema dasturchisi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:


3.1. GFUning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
3.2. O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lish;
3.4. Markaz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
3.7. Axborot komunikatsiya texnologiyalariga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;


IV. Javobgarligi

4.1. Muhandis-sistema dasturchisi o‘ziga yuklangan lavozim majburiyatlari to‘laqonli bajarilishi uchun javob beradi.


4.2. Faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, universitet tadbirlarida faol ishtirok etishga;
4.3. Mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
4.4. Universitet ichki tartib-qoidalari, odob-ahloq qoidalariga rioya etishga majbur.


Yuriskonsult ________________________
Lavozim yo'riqnomasi bilan tanishtirish varaqasi



F.I.O.

Imzo

Sana

1

Raxmonov Nuriddin







2

Baxronov Bexruz







Download 23,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish