To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi. Bunday xaritalarda faqat to’rtlamchi davr yotqiziqlari genezisi, yoshi va tarkibi bo’yicha beriladi. To’rtlamchi davrgacha bo’lgan (korennie) jinslar bunday xaritalarda bir xil rang – binafsha rangda beriladi.
Litologo - geologik xaritalar. Bu kartalarda Er yuziga chiqqan jinslarni har-xil ranglar orqali yoshi, tarkibi esa chiziqlar bilan ko’rsatilgan bo’ladi.
Tektonik xaritalar. Bu kartalarda shartli belgilar orqali har-xil turdagi va yoshdagi strukturalarning yotish shakli (formasi) va hosil bo’lish vaqti va sharoti ko’rsatilgan bo’ladi. Ular umumiy (svodnie), regional va aniq (detalnie) tektonik xaritalarga bo’linadi. Tektonik xaritalarda strukturalar formasi 2 xil tarzda tasvirlanishi mumkin. 1. Izogipslar usuli. 2. CHiziqli usul.
Do'stlaringiz bilan baham: |