Geokodlash atamasi gatda koʻcha manzillarini kenglik va uzoqlik yoki



Download 31,37 Kb.
Sana27.04.2023
Hajmi31,37 Kb.
#932481
Bog'liq
Geokodlash


Geokodlash
Geokodlash atamasi GATda koʻcha manzillarini kenglik va uzoqlik yoki boshqa oʻxshash koordinata sistemasiga oʻzgartirish jarayonida qoʻllaniladi. Geokodlashning yana bir nomi bu georeferenslashdir. Geokodlashning muhim talablaridan biri obyekt va jadval orqali bogʻlangan ma’lumotlar yagona boʻlishi hamda shu orqali kartada berilgan ma’lumotlar boshqa yerda takrorlanmasdan chalkashlikka olib kelmasligi zarur. Masalan, kartadagi obyektga berilgan “QoriNiyoziy 39, Toshkent 700000, Oʻzbekiston” manzili dunyoning boshqa hech qaysi joyida takrorlanmasligi zarur. Bundan tashqari, iloji boricha geokodlanayotgan obyekt har doim oʻzgarmas va barqaror boʻlishi kerak. Aks holda tez-tez oʻzgarib turadigan obyektlar kelajakda har xil chalkashlik va tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.
Geokodlash bu atribut ma’lumotlar asosida kartadagi obyektlarni avtomatlashgan holda yaratish jarayonidir. U qoʻllanilish maqsadiga qarab koordinatali geokodlash, obyektlar boʻyicha geokodlash va manzillar boʻyicha geokodlash kabi turlarga boʻlinadi.
GAT yordamida turli xil amaliy masalalarni hal qilishda jadval koʻrinishida berilgan axborot asosida kartada obyektlarni joylashtirish vazifasi qoʻyiladi. Bunday jadvallarning ba’zilarida nuqtalarning koordinatalari kabi ma’lumotlar saqlanishi mumkin va ularni kartada tasvirlash masalasi qoʻyiladi. Mana shunday raqamli karta ostidagi jadvallardagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash jarayoni geokodlashga yaqqol misol boʻla oladi.
Geokodlash bu jadvallardagi atribut ma’lumotlar asosida obyektning manzili, koordinatasi va boshqa geografik ma’lumotlarni simvollar orqali raqamli kartada tasvirlash jarayonidir.
Geokodlash GATda qoʻllanilib, u simvol, joy toʻgʻrisidagi surat, manzil koʻrinishida ham boʻlishi mumkin. Geokodlashning asosiy maqsadi kartada jadvaldagi ma’lumotlarni koʻrinarli qilib tasvirlash va shu simvollar orqali kerakli ma’lumotni olishdan iboratdir. Har bir GATdagi dasturlar geokodlash operatsiyasiga ega va axborot tugmasi orqali simvolga bogʻlangan jadvaldagi atribut ma’lumotlarni olish mumkin. Masalan, geoaxborot tizimidagi geokodlash jarayonida ma’lumotlar bazasining eng kamida ikkita tarkibiy qismi ishtirok etadi. Ular:
1. Geokodlash uchun kerakli boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan jadval (geokodlanadigan jadval).
2. Kartalarning alohida bir qatlamida joylashtiriladigan obyektlarning nuqtali turi.
Bundan tashqari, uch xil usulli geokodlash ham mavjud. Mana shu uchta usuldan biri tanlanib, geokodlash qanday masalalarni hal qilishi, qanday aniqlikda kartada joylashtirilishi va qanday turdagi ma’lumotlar qoʻyilishi kerakligi aniqlab olinadi.
Koordinatali geokodlash usuli tanlanganida geokodlanayotgan jadvalning ikki maydonida X va Y ning qiymatlari mos ravishda belgilanishi zarur. Har bir jadval uchun geokodlashni bajarayotganda koordinatani koʻrsatgan holda nuqtali obyekt yaratiladi.
Koordinatali geokodlashni amalga oshirayotganda yaratilayotgan obyektlarning koordinatalarini transformatsiyalash ham mumkin. Agar jadvaldagi koordinata sistemasi kartadagi koordinata sistemasidan farq qilsa, bu jarayonning ahamiyati yanada ortadi. Koordinatali geokodlash geokodlash usullari ichida eng oddiysi hisoblanadi va yaratilayotgan obyektlarning joylashuvini kartada aniq koʻrsatib beradi.
Obyektlar boʻyicha geokodlash yaratilayotgan obyektlarni mavjud boshqa obyektlarga bogʻlash usuliga asoslangan. Bunday usul geokodlanayotgan jadvalda foydalanuvchiga qiziq boʻlgan obyektlarni (doʻkon, xizmat koʻrsatish shoxobchalari) aniq belgilab qoʻyish kerak boʻlganda qoʻllaniladi. Bunday geokodlashda shaharning batafsil plani yetarli boʻladi va bu planda barcha bino va inshootlar manzillari bilan birga koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Shundagina izlanayotgan obyektni topish aniqligi yuqori boʻladi.
Obyektlar boʻyicha geokodlash aniqligi koordinatali geokodlashga qaraganda kamroq, lekin yaratilayotgan obyektning aniq koordinatasini koʻrsatishni talab qilmaydi.
Manzilli geokodlash usuli yaratilayotgan obyektning joylashuvini berilgan chiziqli obyektga nisbatan taxminiy hisoblashga asoslangan. Misollar bilan tushuntiradigan boʻlsak, har bir shahar plani albatta tumanlarga boʻlingan. Masalan, Toshkent shahri misolida qarasak, u dahalarga va har bir dahaning ichida bino-inshootlarga boʻlingan. Mana shu bino va inshootlarga raqam berilgan. Geokodlash jarayonida oson boʻlishi uchun albatta raqamlarni belgilashda ketma-ketlikka ahamiyat beriladi va bu bizga mantiqiy jihatdan qaysi bino daha (kvartal)ning qaysi tarafida joylashganligini aniqlash imkonini beradi. Oʻz-oʻzidan ma’lum boʻladiki, 1 dan 50 gacha raqamga ega boʻlgan dahada 10- raqamli bino dahaning boshrogʻida joylashgan boʻlsa, 48-bino oxirrogʻida joylashadi. Bu usulda joylashtirilgan yoki yaratilayotgan obyektlar koordinatalarining aniqligi obyektlarning oʻlchamiga bogʻliq boʻladi. Masalan, yuqoridagi 10-raqamli binoning kartadagi oʻlchami dahaning uchdan bir qismini egallasa, 48-raqamli binoning oʻlchami kichik boʻlgani uchun aniq emas.
Geokodlash usullarining barchasi bir maqsadni, ya’ni jadvaldagi ma’lumotlarni raqamli kartada tartibli holda joylashtirib, ketma-ketlik, yagonalikni saqlagan holda insonga tushunish va albatta izlab topishga oson boʻlishi uchun ularni toʻgʻri joylashtirishni koʻzlab amalga oshiriladi.
Download 31,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish