ekinlarning turi bo'yicha maydoni hisobida taqsimlanishni ko‘r~
satadi. Haydaladigan, sug‘oriladigan yerlar, bog‘lar, pichanzorlar,
yaylovlar va boshqalarning maydoni hisobga olinadi.
Sifat jihatidan
inventarizatsiya qilishda tuproqning asosiy xususiyatlari, ayniqsa
unumdorligi hamda mehnat mahsuli - ekinlarning hosildorligi
(ko‘rsatkichi) hisobga olinadi. Bunda har bir yer maydonining
haqiqiy va potensial (imkoniy) mahsuldorligi, shuningdek,
butun
jamoa xo‘jaligi, tuman va viloyat bo'yicha ko‘rsatkichlar aniq-
lanadi. Bunday tartibda yer uchastkalarini hisobga olish qishloq
xo‘jaligi yerlarini (ekinzorlarini), haydaladigan yerlar, pichanzor,
yaylov, o‘rmon va boshqalarning mahsuldorligini oshirish tadbir-
iarini ishlab chiqishda zarur bo‘ladi. U xo‘jaliklaming to‘g‘ri
ixtisoslashuvi va tarmoqlarning oqilona almashib kelish, yerlami
melioratsiya qilishda kapital mablag‘ sarflashni rejalashtirishda asos
bo‘ladi. Shu bilan birga tuproq bonitirovkasi
mustaqil ahamiyatga
ega boiib, ma’lum hududlami (jamoa xo‘jaligi, tuman, viloyat)
tuproqlarining unumdorligi bo‘yicha guruhlarga birlashtirish va
solishtirish imkonini beradi, jamoa xo£jaliklari va ishlab chiqarish
faoliyatiga hududning iqlimiy va iqtisodiy sharoitlarini e’tiborga
olib obyektiv baho berish, tuproqlardan oqilona foydalanish asosida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, bu bora-
dagi imkoniyatlami aniqlashga yordam beradi.
Bonitirovkada paxta, don, sholi, yem-xashak, qand lavlagi
yetishtirish, tabiiy o‘t va o‘rmonlar, bog‘lar
tashkil qilish uchun eng
qulay sharoitlami aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi. U qishloq
xo‘jaligi mutaxassislariga sug'orma, lalmi yerlardan, yaylovlardan
jadal foydalanish tadbirlarini ishlab chiqishda yordam beradi,
Bonitirovka asosida tuproq sifatiga mos keladigan hosildorlikni
oldindan belgilash, tuproqqa solinadigan mineral va organik o‘g‘it-
lar miqdorini aniqlash mumkin. Bonitirovka tuproqning qanday
chora-tadbirlarga
muhtojligi, eroziya va deflyatsiya, quritish
melioratsiyasi, fitomelioratsiya tadbirlarini amalga oshirish zarur-
ligini hudud bo‘yicha hamda ayrim areallarda muntazam keng
miqyosda qo‘llashni asoslaydi.
Bonitirovka usullari va bonitirovka shkalasi baholash mezon-
lari bo‘yicha farqlanadi. Bunda tuproqning ayrim tabiiy xususi
yatlari yoki ushbu xususiyatlaridan jami baholashda foydalaniladi.
122
Lekin baholash jarayonida tuproqning qishloq xo‘jaligi ekinlari
rivojlanadigan sharoitlarini belgilovchi
xususiyatlari va belgilari
asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ma’lum xususiyatlarga ega
bo‘lgan tuproq bir turdagi ekin uchun qulay, boshqa turdagi ekinlar
uchun esa noqulay boiishi mumkin.
Tuproqlami xususiyatlari bo‘yicha baholash mantiqan qishloq
xo'jaligi ekinlari hosildorligini nazorat qiladi. Tuproqlami baho-
lashda ularga jiddiy ta’sir etuvchi omillar, ya’ni relyef, grunt suvlari
sathi va minerallashuv darajasi, iqlim xususiyatlari,
gruntining suv
o‘tkazuvchanligi, yotqiziqlaming litologik tarkibi, yeming o‘lcham-
lari va boshqalarga katta ahamiyat beriladi.
MDH mamlakatlarida, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda 100 ballik
baholovchi shkala qabul qilingan. Ballarni ishlab chiqish Yer tuzish
davlat loyiha instituti (,,0 ‘zgiprozem”), oliy o‘quv yurtlarining tup
roqshunoslik kafedralari, Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida
mahalliy tabiiy va iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi.
Bonitirovka ballarini har bir baholash belgisi bo‘yicha hisob-ki-
tob qilish qabul qilingan quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
_
ЗфхЮО
Do'stlaringiz bilan baham: