Aerokosmik tadqiqotlar usuli – samarali tadqiqot usullaridan biri. Inson
geografiyasida kenglik bo’yicha, ya’ni katta hududlarda (kichik masshtabli) tabiat,
xo’jalik, aholi, atrof-muhit majmuasini tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda.
Ayni vaqtda, aniq hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hududiy
tashkil qilish, xo’jalik va aholi joylashuvi, shaharlar, aglomeratsiya va iqtisodiy
rayonlar chegaralari, atrof-muhit holati to’g’risida aniq va yangi ma’lumotlar olish
imkonini beradi. Bu usul orqali kerakli hududni tanlab olib o’rganish va natijalarni
boshqa hududlarga tadbiq qilish ham mumkin.
So’nggi yillarda geografiya fanining notabiiy tarmoqlari ilmiy tadqiqotlarida
Klasterli yondoshu vdan keng foydalanilmoqda. Klaster modelini joriy etishning
tarafdori M.Porterning fikricha, klasterlar geografik jihatdan o’zaro bog’langan
kompaniyalar,
firmalar,
tashkilotlar
(korxonalar,
agentliklar,
markazlar,
universitetlar va xokazo) ning mujassamlashuvidir.
Klasterlar aslida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish haqidagi nazariy
qarashlar va amaliyotning evolyutsiyasi natijasidir. Xususan, XIX asr va XX asr
birinchi yarmida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shtandortlari, rayon
kombinatlari, energiya ishlab chiqarish tsikllari kabi nazariy qarashlar ostida
sanoat o’sish qutblari, sanoat rayonlari, hududiy ishlab chiqarish majmualari
tashkil etildi. O’tgan asrning 70- yillaridan esa jahonda ishlab chiqarish aloqalarida
o’zaro bog’langan turli bo’g’inlarning yuqori kooperatsiyasi va mujassamlashuvini
o’zida qamragan klasterlar joriy etila boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda
hozirgi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida minglab klasterlar faoliyat
yuritmoqda.
Professor A.Soliyev ta’biri bilan aytganda, quyilgan maqsad va vazifalarni
yechish ushbu masalani moliyaviy, ashyoviy, tashkiliy va boshqa tomondan
uyushtirilishini taqozo etadi. Bu tadbirlar majmui esa dasturni tashkil qiladi. Shu
bois, mazkur usul maqsadga dasturli yondoshu v deb nomlanadi; uni ayni vaqtda,
hozirgi zamon tili bilan aytganda, klaster usuli deb ham belgilash mumkin.
Shuningdek, inson geografiyasi fanida olib boilayotgan tadqiqotlarda SWOT-
tahlil, guruxlashtirish, ekspert baholash, prognoz qilish, faktlar tahlili, balans va
boshqa usullardan ham foydalaniladi.
SWOT-tahlil usuli orqali hududning kuchli, zaif, imkoniyat va tahdid
tomonlari belgilanadi. Natijada, o’rganilayotgan ob’ektning raqobatbordoshligiga
erishish yo’llari aniqlanadi. Eng muhimi bunda zaif va imkoniyatlarga ham e’tibor
qaratiladi, tahdid hisobga olinadi va shu asosda istiqbolda rivojlanish yo’llari
belgilanadi.
Guruhlashtirish usuli – ommaviy statistik ma’lumotlarning bir xil, tipik
bo’lgan belgilarga ko’ra guruhlarga ajratish usuli hisoblanadi. Bu usul
o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni hududlar va tarmoqlar bo’yicha
umumlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |