Geografiyasi


Birinchi  davr  uchun  -  aholi  jon  boshiga  80-200  AQSh  doll.daromad,  mexanizatsiya, erkin raqobat va xususiy firmalar;   Ikkinchi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

 Birinchi  davr  uchun  -  aholi  jon  boshiga  80-200  AQSh  doll.daromad, 
mexanizatsiya, erkin raqobat va xususiy firmalar; 
 Ikkinchi davr uchun - aholi jon boshiga 200-700 AQSh doll. daromad ishlab 
chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning davom etishi va monopolizm; 
 To’rtinchi davr uchun  -  aholi  jon boshiga  2000-4000  AQSh doll.  daromad 
ishlab chiqarishda yuqoridagi jarayonlarning davom etishi va davlat monopolistik 
birlashmalarining rivojlanishi; 
 Beshinchi davr uchun - aholi jon boshiga 4000-20000 AQSh doll. daromad, 
muttasil  avtomatlashtirish,  transmilliy  kompaniyalar  va  kichik  firmalarning 
birikuvi xosdir. 
 Asta-sekin  keskin  raqobat  kurashlari  ostida,  yuksalish  va  buhronlar 
sharoitida milliy va xalqaro mahsulotlar va fondlar birjalari tizimi shakllandi, busiz 
yirik  ko’lamdagi  xalqaro  savdoni  iqtisodiy  faoliyatning  asosiy  shakli  sifatida 
aktsionerlik  jamiyatlarini  tashkil  etish  va  kapitalni  jalb  etish  aslo  mumkin  emas. 
Milliy xo’jaliklarning turli sur’atlarda rivojlanishi va umumiy rivojlanishdagi har 
xil sur’atlar mavjudligi qonuniyati N.D.Kondratyev davrlarining turli mamlakat va 
hududlarda «kapitalizmning notekis rivojlanishi» ga mos tarzda kechishda yaqqol 
namoyon  bo’ldi  va  dunyo  xo’jaligi  tizimida  bu  turlicha  nazariy  va  empirik 
tadqiqotlar ob’ektiga aylandi. 
Shuningdek,  amerikalik  olim  R.Vernonning  (XX  asr  o’rtalari)  eksport 
tovarining xayot tsikli to’g’risidagi g’oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi 
va texnologik determinizm bilan bog’liq. 
Diffuziya  (fizikadan  olingan  bo’lsa  kerak)  kengayish  va  tarqalish 
hususiyatiga  ega  bo’lishi  mumkin.  Birinchisida  yangilikning  amaliy  tatbiq 
doirasi asta —sekin kengayib boradi, ikkinchisida esa bu birin —ketin sodir 
bo’ladi,  yangilik  biridan  ikkinchisiga  ko’chadi.  Xuddi  shu    xususda 
amerikalik 
iqtisodchi 
M.Porterning 
(1993) 
markazdan 
chetga 
kashfiyotlarning,  yangi  texnologayalarga  asoslangan  yshlab  chiqarish 


31 
 
tarmoqlarining  ko’chishi,  bir  mamlakatdan  ikkinchi,  uchinchiga  va  x.k. 
darajalarga  kaskadsimon  o’tishi,  migratsiyasi  xaqidagi  ilmiy  ishlanmalari 
ham bor. 
SSSR  parchalanishi  va  mastaqil  davlatlarning  paydo  bo’lishi  bilan 
geosiyosiy  vaziyat  o’zgardi.  Ana  shuniday  sharoitda  chegara  atrofi 
mintaqalarini  o’rganish,  «Markaz  —chekka»  (perifiriya)  munosabatlarini 
tadqiq  qilish  masalalari  ham  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  bilan  bevosita 
aloqadordir, 
Jahon xo’jaligi tizimi (bu tushuncha asoschisi amerikalik I.Vallerstayn), 
uning  taraqqiyotidagi  tsikllar  davriy,  tarixiy  xususitga  ega.  Bunday 
yondoshu  vni  tik  emas,  gorizontal,  ya’ni  geografik  jihatdan  ham  qo’llash 
mumkin.  Natijada,  iqtisodit  rivojlanishining  huduman  —  hududga  o’tishi, 
bizning iboramizda «geografik konveyr» yoki estafeta ko’z oldimizga keladi. 
Xuddi  shunga  o’xshash  hududiy  —iqtisodiy  rivojlanishning  ketma  — 
ketligini kuzatish mumkin. Bu o’rinda I.Mechnikovning jahon tsivilizatsiyasi 
bosqichlari  va  bunda  buyuk  tarixiy  daryolarning  roli  xaqidagi  asarini  ham 
e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak, Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida 
daryo,  O’rta  dengiz  va  okean  tsivilizatsiyalarini  ajratadi.  Ular  bir  vaqtning 
o’zida  emas,  balki  turli  davrlarda,  birining  o’rnini  ikkinchisini  olishi  bilan 
yuzaga kelgan. 
Darhaqiqat,  jahon  taraqqiyoti  Uzoq  Sharq,  Yaponiya  va  Xitoydan 
boshlanib,  O’rta  va  Yaqin  Sharqqa,  undan  O’rta  dengiz  va  Pireney  yarim 
oroliga,  ulardan  Angliya  va  nihoyat  Amerikaga  (AQSh)ga  ko’chdi.  Hozirgi 
davrda  tarixni,  iqtisodiy  —  ijtimoiy  hayotni  rivojlantiruvchi  mintaqalar 
«uchburchagi»,  ya’ni  AQSh  —G’arbiy  Yevropa  —Yaponiya  hisoblanadi.  Ayni 
vaqtda,  yetakchi  kuchning  asta  —sekin  yana  sharqqa  ko’chishi  alomatlari 
sezilmoqda. Ayni vaqtda buni Yaponiya ta’siri va boshchiligida yangi industrial 
mamlakatlar  —Janubiy  Koreya,  Singapur,  Tayland,  Malayziya,  Indoneziya 
jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanishida  ko’ramiz.  Demak,  bizning  nazarimizda, 
iqtisodiy  taraqqiyotning  tsikl  hususiyatiga  ega  ekanligi  faqat  davr,  vaqt 
doirasidagina  emas,  balki  Yer  shari,  global  geograsrik  makonda  xdm  sodir 
bo’lmoqda.  Bu  esa  albatta  jahon  xo’jaligining  rivojlanish  va  uning  hududiy 
tarkibiga ta’sir qiladi. 
Shu  bilan birga mintaqa iqtisodchilari, iqtisodiy geograflar V.Leontyev va 
U.Izardlarning  tarmoqlararo  va  hududlararo  balansi  hamda  mintaqaviy 
iqtisodiyot  fani  to’g’risidagi  ilmiy  g’oyalarini,  Zipfa  va  Styuart,  D.Fridman 
kabilarning  shaharlar  rivojlanishi,  boshqa  olimlarning  «dunyoviy  shaharlar» 
xaqidagi  yangi  ishlarini  xam  bilishlari  lozim.  Zero  ularning  barchasi  ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bevosita bog’liq. 
Biz  yuqorida  ishlab  chiqarishni  joylashtirishning  ilmiy  g’oyalarini  asoan 
g’arb  olimlari  asarlari  bo’yicha  talqin  qildik.  O’z  —o’zidan  savol  tug’ilishi 
tabiiy:  naxotki  uzoq  tarixga,  madaniyatga  ega  bo’lgan  o’zimizning  yurtimizda 
bunday ishlar qilinmagan bo’lsa? Shubha yo’q, albatta bu borada ham o’lkamiz 
katta  va  boy  merosga  ega.  Muammo  faqat  ularni  tarixiy  manbalardan  qidirib 
topish,  o’rganish,  targ’ib  va  tashfiqot  qilish,  amalga  tatbiq  qilishdan  iborat 


32 
 
bo’lmog’i  lozim.  Masalan,  bu  yerda,  xususan  dehqonchilikni  rivojlantirish  va 
joylashtirish,  sug’orish  inshootlarni  qurish  va  foydalanish,  savdo  va 
xunarmandchilik  sohalari,  shaharsozlik  to’g’risida  dunyo  ahamiyatiga  molik 
ixtirolar  yaratilgani  sir  emas,  Matematika,  tibbiyot  va  boshqa  fanlar  tug’ilgan 
bu  Zamin  ijtimoiy  —  iqtisodiy  hayotning  boshqa  sohalariga,  jahon  madaniyati 
va tarixiga ham o’zining munosib hissasini qo’shgan. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish