Geografiyasi


-mavzu: Inson geografiyasi va ekologiya



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

14-mavzu: Inson geografiyasi va ekologiya 
 


212 
 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  aksariyatida  xo’jalik  sohalarining 
eketensiv  tarzda  olib  borilishi  tabiiy  muhitning  izdan  chiqishiga,  ijtimoiy 
muammolarning  yanada  chuqurlashuviga  olib  kelmoqda.  Shunday  mintaqalar 
qatoriga  O’rta  Osiyo  mamlakatlari  ham  kiradi.  Mintaqaning  ekstraarid  cho’l 
sharoiti  aholi  turmush-tarziga  ma’lum  darajada  qiyinchilik  tug’dirishi  bilan  birga 
inson ta’sirida kuchli degradatsiyaga uchramoqda. 
Mintaqa aholisining salomatligi va ijtimoiy faoliyatini salbiylashu vida Orol 
dengizi fojeasi asosiy o’ringa ko’tarilmoqda. Dengizning 500 km radius qismidagi 
atrofi  jahon  hamjamiyati  tomonidan  “Ekologik  fojea”  hududi  deb  e’tirof  etilgan. 
Xorazm viloyati ham bevosita ushbu hudud doirasida joylashgan. 
Aholi  salomatligi  inson  taraqqiyotini  belgilovchi  asosiy  ko’rsatkichlardan 
biridir.  Ushbu  muammo  hududning  ekologik  tizimi  bilan  chambarchas  bog’liq 
bo’lishiga  qaramasdan,  uni  geografik  o’rganish  masalalari  yaqin  o’tmishga  borib 
taqaladi.  Xusuan,  bunday  tadqiqotlar  hozirda  ko’pgina  rivojlanayotgan 
mamlakatlarda shakllanish bosqichida bo’lsa, jahonning rivojlangan mamlakatlari, 
shu  jumladan, MDH mamlakatlarida ancha taraqqiy etgan. 
Aholi sonining ortib borishi hamda unga mutanosib ravishda tabiiy muhitga 
bo’lgan ta’sirning kuchayishi o’tgan asr davomida o’nglab bo’lmas turli darajadagi 
ekologik  muammolarni  insoniyat  oldida  ko’ndalang  qilib  qo’ydi.  Yangi  asrda 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  tomonidan  “Ming  yillik  barqaror 
rivojlanish”  kontseptsiyasi  ishlab  chiqildi.  Unda  atrof-muhit,  aholini  ijtimoiy 
himoyalash,  savodxonligini  oshirish,  salomatligini  tiklash,  onalik  va  bolalik 
muhofazasi,  bolalarni  aqliy  va  jismoniy  rivojlanishini  ta’minlovchi  va  yana  bir 
qator ijtimoiy masalalar o’rin olgan. 
Inson  ekologiyasi  fani  antropoekologik  sistemalarning  kelib  chiqishi, 
yashashi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rgatadi. 
Antropoekologik sistemalar – muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu  
munosabat orqali o’z ehtiyojlarini qondiradigan odamlar jamoasidir. 
Antropoekologik  sistemalarning  tabiiy  ekosistemalardan  asosiy  farqi  –  uning 
tarkibida  odamlar  jamoalarining  mavjudligidir.  Ma’lum  hududda  yashaydigan 
odamlar  jamoasining  faolligi  ularning  atrof-muhitga  ko’rsatadigan  ta’sir  darajasi 
bilan  aniqlanadi.  Aholi  sonining  ortib  borishi  bilan  birga  oziq  mahsulotlariga,  xom 
ashyoga, suv resurslariga, chiqindilarni joylashtirishga ehtiyojlar ham ortib boradi. Bu 
esa, o’z navbatida tabiiy muhitga ta’sirni kuchaytiradi, biotik va abiotik omillardan 
foydalanishni jadallashtiradi. 
Sog’liqni  saqlash  choralarining  yaxshi  yo’lga  qo’yilishi,  tibbiyot  fanining 
qo’lga kiritgan yutuqlari, insonlarning o’rtacha umr ko’rish muddatining uzayishi, 
bolalar  o’limining kamayishi natijasida  sayyoramizda  aholi  sonining  jadal o’sishi – 
XX asrning asosiy demografik o’ziga xosligidir. 
1999 yilda aholi soni 6 milliardga yetdi. XX asrning o’zida aholi soni 4,4 mlrd 
ga ko’paydi, XX asrning faqat oxirgi 12 yilining o’zidayoq aholi soni 1 mlrd ga ortdi. 
Aholi  sonining  tez  o’sishi  uning  muhitga  antropogen  ta’sirini  (qishloq 
xo’jaligining,  sanoatining,  transportning  jadal  rivojlanishi,  shaharlar  egallagan 
hududlarning ortishi) yanada kuchaytiradi. Aholisi juda ko’p bo’lgan mamlakatlarda 


213 
 
aholi  soni  o’sishini  cheklash,  oilani  rejalashtirish  choralari  amalga  oshirilmoqda. 
(masalan, Xitoyda va Hindistonda). 
Antropoekologik  sistemalarda  insonlar  va  tabiiy  muhitning  o’zaro  ta’siri  ikki 
xil yo’nalishda kechadi: 
1)  ayrim  individlarning  va  butun  jamoaning  biologik  va  ijtimoiy 
ko’rsatkichlari o’zgaradi; 
2)  muhitning  o’zi  ham  odamlarning  ehtiyojini  qondirish  jarayonida  o’zgara 
boradi. 
Inson  ekologiyasini  o’rganishda  muhit  biogeografik  xususiyatlarining  odamlar 
populyatsiyasining biologik o’zgaruvchanligiga ta’siri, antropoekologik sistemalarda 
insonning salomatligi masalasi katta ahamiyatga egadir. Odam ekologik omillarning 
ta’sir ob’ekti bo’lishi bilan birga o’zi ham muhitga ta’sir qiladi. Odamning ekologik 
omil sifatida o’ziga xosligi, uning tabiatga ta’sirining ongli, maqsadga muvofiqli va 
kuchli bo’lishidir. 
Har  qanday  biologik  tur  cheklangan  energetik  resursga  ega  Shuning  uchun 
uning  tabiatga  ta’sir  etish  imkoniyati  cheklangandir.  Yashil  o’simliklar  Quyosh 
energiyasidan foydalanadi, boshqa organizmlar esa o’zidan avvalgi oziq darajasining 
organik moddalari energiyasi hisobiga yashaydi. 
Odam  o’zining  ongli  faoliyati  jarayonida  juda  kuchli  energiya  manbalari  – 
yadro  va  termoyadro  reaktsiyalarini  yaratdi.  Natijada  insonning  imkoniyatlari  juda 
kengaydi. U sayyoraning har qanday ekologik bo’shliqlarini egallay olish qudratiga 
egadir. 
Insonning  ekologik  omil  sifatida  o’ziga  xosligi  yana  uning  faoliyati  faol, 
ijodiy  xarakterda  ekanligidir.  Inson  o’z  atrofida  sun’iy  muhit  yarata  olishi  ham 
unga boshqa ekologik omillardan ajratib turadi. 
Inson  uchun  tashqi  muhitning  asosiy  omillaridan  biri  ovqatdir.  Ovqat  tufayli 
organizmda  sarflanadigan  energiya  o’rni  to’ldiriladi,  xujayra  va  organizmning 
plastik almashinishi ta’minlanadi. Inson uchun bir sutka davomida kamida 2500 kkal 
energiya  zarur,  bu  energiya  asosan  uglevodlar,  yog’lar  va  oqsillar  hisobiga 
to’ldiriladi.  Engil  hazm  bo’ladigan  hayvon,  qush  va  baliq  mahsulotlari  oqsilning 
asosiy manbalari hisoblanadi. 
Ovqat  sifatli  va  kaloriyaga  boy  bo’lishi,  unda  oqsil,  yog’  va  uglevodlardan 
tashqari  vitaminlar  (ayniqsa,  organizmda  sintezlanmaydigan  vitaminlar)  yetarli 
bo’lishi zarur. 
Organizm  uchun  fermentlarni  faollashtiruvchi  oqsillar  va  biologik  faol 
moddalarning  tarkibiy  qismiga  kiruvchi  mineral  moddalar  (Na,  K,  Ca,  P  va 
boshqalar)  ham  zarurdir.  To’yib  ovqat  yemaslik  yoki  ovqatning  tarkibida  zarur 
moddalar  yetishmasligi  organizmda  har  xil  funktsiyalar  buzilishiga  sabab  bo’ladi. 
Masalan,  ovqat  tarkibida  oqsil  va  vitaminlar  yetishmasligi  o’sish  va 
rivojlanishning susayishiga sabab bo’ladi. 
Okeanlardan uzoqlashgan kontinental hududlarda, masalan, Markaziy Osiyoda, 
tashqi  muhitda,  shuning  natijasida  ovqat  tarkibida  ham  yod  yetishmaydi.  Natijada 
qalqonsimon  bezning  faoliyati  buziladi.  Bunday  buzilishlarning  oldini  olish  uchun 
osh tuzining tarkibiga albatta yod qo’shilishi lozim. 


214 
 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish