Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Kombinatsiya, 
kombinatlash 
kooperatsiyaga 
o’xshab 
korxonalar 
birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan  birlik emas, balki 
ularning  hududiy  umumiyligi  tushuniladi.  Shu  sababali  kombinatsiyada, 
kooperatsiyadan farqli o’laroq, ko’proq hududiylik, majmua namoyon bo’ladi. 
Bu  ikki,  yuzaki  qaraganda  bir-biriga  o’xshash  tushuncha  o’rtasida  boshqa 
farqlar  ham  bor.  Kooperatsiyada  natija,  maqsad,  pirovard  mahsulot  bir  bo’lsa, 
kombinatsiyada  aksincha,  ya’ni  xom  ashyo  bir  bo’lib,  undan  olinadigan  mahsulot 
turlari har xildir (1-chizma). 
Demak, kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom ashyoni chuqur texnologik 
qayta  ishlash,  uning  chiqindilaridan  to’la  foydalangan  holda  barcha  mahsulotlar 
ishlab  chiqarishni  anglatadi.  Huddi  shu  ma’noda  kombinatsiya  "to’ntarilgan" 
kooperatsiyadir. 
Kombinatsiya  bir  geografik  nuqtada,  hatto  korxonalar  birlashmasi  doirasida 
kattaroq joy yoki rayonda ham bo’lishi mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlari orasida 
esa  u  ayniqsa  qora  va  rangli  metallurgiya,  kimyo,  o’rmon,  oziq-ovqat,  yengil  va 
qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qaerda "kombinat" so’zini uchratsak, 
uni  o’sha  sohada  ko’ramiz,  hatto  aholiga  xizmat  ko’rsatuvchi  tarmoqlarda  ham 
(maishiy xizmat kombinatlari). 
Sanoatda  kombinatlar  bir  necha  texnologik  jihatdan  bog’liq  bo’lgan  zavod 
yoki  tsexlardan  tashkil  topgan  bo’ladi.  Masalan,  qora  metallurgiya  kombinatlari, 
aniqrog’i  to’liq  tsiklli  kombinatlar  chuyan,  po’lat  va  prokat  ishlab  chiqaruvchi 
zavodlar  birlashmasidir.  Agar  ularning  bittasi  bo’lmasa,  u  holda  kombinat  to’liq 
tsiklga  ega  emas  (Bekoboddagi  O’zbek  metallurgiya  kombinati  xuddi  shunday 
korxonalardandir). 
To’qimachilik  kombinatlari  yigiruv,  bo’yoqlash,  tayyorlash  tsexlaridan 
iborat. Xom ashyo bitta—paxta tolasi yoki pilla mahsuloti; go’sht kombinatida ham 
yagona  xom  ashyo  asosida  bir  necha  mahsulot:  go’sht,  konserva,  kolbasa  kabi 
boshqa go’sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan 


197 
 
kishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan 
so’ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. 
O’rmon,  tsement-shifer,  kimyo  kombinatlarining  tuzilishi  ham  xuddi 
shunday.  Qolavorsa,  Markazlashgan  issiqlik  elektr  stantsiyalari  ham  kombinat 
xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug’) beradi. 
Shunday  qilib,  kombinatsiya  sanoat  tarmoqlarining  ko’pchiligiga  xosdir. 
Faqat  mashinasozlikda  "kombinat"  so’zini  uchratmaymiz,  ammo  mohiyatan  bu 
yerda  ham  u  mavjud,  zotan  metalldan  asosiy  mahsulot  bilan  bir  qatorda  keng 
iste’mol  mollari  ham  ishlab  chikariladi.  Masalan,  Toshkentdagi  CHkalov 
nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir 
ehtiyot  qismlar,  bolalar  aravachasi  (kolyaska)  va  shunga  o’xshash  turli  xil 
xalq iste’mol mollarini ham ishlab chikaradi. 
Yuqorida  keltirilgan  misollarda  ma’lum  bir  nuqtada  yoki  yirik 
korxonalar  doirasidagi  kombinatsiyani  ko’rish  mumkin.  Uning  hududiy 
ko’rinishi esa hududiy ishlab chiqarish majmuasining o’zginasidir.  
Umuman  olganda,  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  shakllari  o’zaro 
bog’liq.  Chunonchi,  ixtisoslashgan  korxonalar  yoki  kooperatsiya  va 
kombinatsiya  doirasidagi  ishlab  chiqarish  bo’g’inlari  ham  u  yoki  bu 
ko’rinishda  mujassamlashuvni  anglatadi.  Biroq  bu  yerda  ularning  bir  joyda 
to’planganligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi 
lozim, aks holda tom ma’nodagi mujassamlashuv bo’lmaydi. 
Mujassamlashuv  yoki  ixtisoslashuv  ayni  paytda  shu  sohaning 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda 
korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko’lami bilan o’lchansa, ixtisoslashuvda 
esa u o’z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. 
Kooperatsiya  va  kombinatsiya  bir-biriga  o’xshashligini  yuqorida  qayd 
qilgan edik.  Bu masalaga  yana bir yondashsak, ularning ikkalasi uchun ham 
ixtisoslashuv tegishli ekanligining guvohi bo’lamiz. 
Agar  kooperatsiyaga  asosan  detal  yoki  qism  darajasidagi  ixtisoslashuv 
mos bo’lsa, kombinatsiya uchun texnologik, yarim mahsulot ishlab chiqarish 
doirasida ixtisoslashgan korxonalar birikmasi xosdir. Shuning uchun ularning 
aloqadorlik  va  farqlarini  aniqlash,  ijtimoiy  va  hududiy  tomonlarini  ajrata 
bilish, bir-birlarini  bog’lab ko’rish iqtisodiy geografik o’rganishning muhim 
shartidir. 
Mustaqillikni  mustahkamlash  va  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga 
o’tish  sharoitida  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  barcha  shakllaridan 
to’g’ri  va  oqilona  foydalanish  zarur.  Masalan,  har  kanday  mustaqil 
davlatning  iqtisodiy  qudratini  faqat  kichik  yoki  tor  darajada  ixtisoslashgan 
korxonalar  bo’yicha  parchalab  yuborish  maqsadga  muvofiq  emas.  Shu  bois, 
mamlakat  uchun  katta,  o’rta  va  kichik,  turli  darajada  ixtisoslashgan 
korxonalarning turg’un uyushmasi, majmuasi kerak. 
Hozirgi  sharoitda  O’zbekiston  milliy  iqtisodiyotini  ham  "pastdan", 
ham "yuqoridan" qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 
barpo  etilayotgan  sanoat  korxonalari  uchun  ularga  zarur  bo’lgan  texnologik 
qismlar,  detal  va  dastgohlarni  o’zimizda  tayyorlash  imkoniyatlarini  vujudga 


198 
 
keltirish,  ishlab  chiqarishning  mahalliylashtirish  dasturini  amalga  oshirish 
zamon  talabidir.  Shu  bilan  birga  mavjud  imkoniyat  va  resurslardan  to’la 
foydalangan  holda  mamlakatimiz  hududida  ko’proq  tayyor  mahsulotlar  ishlab 
chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish