Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Ixtisoslashuv  ham  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  muhim  shakli 
bo’lib, u hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan 
chambarchas bog’liq. 
Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi 
deganda  korxona,  shahar  yoki  rayon  miqyosidagi  ixtisoslashuv  tushuniladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  ularning  har  biriga  hududiy  yoki  ijtimoiy  mehnat 
taqsimoti  natijasida  ma’lum  bir  mahsulotning  ishlab  chiqarilishi  biriktiriladi. 
O’z  navbatida,  ixtisoslashuv  shu  korxona  (u  jamoa  xo’jaligi  bo’lishi  ham 
mumkin),  shahar  va  rayonlarning  "basharasini",  ularning  mehnat  taqsimotida 
tutgan o’rnini belgilab beradi. 


193 
 
Ixtisoslashuvning  uch  turi—bu  qism  (detal),  texnologik  yoki  yarim 
mahsulot  (polufabrikat)  va  predmet  (tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish) 
ixtisoslashuvidir.  Ixtisoslashuvning  bunday  ko’rinishlari  bir-biri  bilai  uzviy 
bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. 
Ixtisoslashuv  oqibatida  xalq  xo’jaligining  tarmoqlari  vujudga  keladi, 
iqtisodiy  rayonlar,  shaharlarning  funktsional  tiplari  shakllanadi.  Shu  bilan 
birga  u  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  taqozo  etadi,  chunki  ishlab  chiqarilgan  va 
mahalliy  iste’moldan  ortib  qolgan  mahsulot  chetga  chiqariladi,  mazkur 
rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. 
Ixtisoslashuvni  aniqlash  uchun  bir  necha  shart  va  sharoitlar  zarur. 
Muhimi  —  mahsulot  faqat  shu  joy  talabini  qondiribgina  qolmay,  balki 
ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi 
kerak, aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo’lmasligi 
mumkin.  Aytaylik,  rayon  yoki  viloyatda  respublikada  ishlab  chiqilgan 
mahsulot shu yerning o’zida batamom iste’mol qilinsa yoki, aksincha, ushbu 
mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, tamomila chetga chiqarilsa, 
har ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv bo’lishi mumkin emas. Birinchi 
misolda  oddiy  natural  xo’jalik,  ikkinchi  holda  esa  xom  ashyoga  asoslangan 
qaram  rayon  yoki  mamlakat  guvohi  bo’lamiz,  chunki  ko’p  degan  so’z  har 
doim 
ham 
ortiqcha 
ma’noni 
anglatmaydi. 
Masalan, 
Rossiya 
Federatsiyasining  Markaziy  iqtisodiy  rayonida  Belorussiyadan  ko’proq 
kartoshka  yoki  Boltiqbo’yi  respublikalariga  ko’ra  ko’proq  sut  ishlab 
chiqariladi.  Ammo  na  kartoshka,  na  sut  Rossiyaning  Markaziy  rayoni  uchun 
ixtisoslashgan  tarmoq  hisoblanmaydi,  zero  bu  mahsulotlarning  barchasi  o’z 
joyida  iste’mol  qilinadi,  chunki  rayonning  o’zida  30  mln  dan  ziyod  aholi 
yashaydi.  Ayni  paytda  kartoshka  Belorussiya  Respublikasi  uchun,  sut 
Boltiqbo’yi  mamlakatlariga  ixtisoslashgan  tarmoq  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu 
joylarda  qishloq  xo’jalik  mahsulotlariga  bo’lgan  mahalliy  talab  qondiriladi, 
ortiqchasi esa chetga chiqariladi. 
Shunday  tartibda  mulohaza  yuritib,  O’zbekistondagi  ixtisos-lashgan 
tarmoqlarni  aniqlash  mumkii.  Chunonchi,  respublikamiz  paxta  tolasi,  pilla, 
tog’-kon sanoati, avtomobilsozlik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip 
yoki  ipak  gazlamaga,  un,  neftsanoatiga  ixtisoslashgan  deyish  biroz 
mushkulroq, chunki bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha yetarlicha ishlab 
chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondira olmaydi. 
Ixtisoslashuv, albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U 
barcha  ijtimoiy  jabhalarga  ham  molik  xususiyatdir.  Qolaversa,  ayrim 
oliygohlar  o’qituvchi,  boshqalari—agronom,  muhandis,  iqtisodchi  kabi 
mutaxassislarni  tayyorlaydi.  Sababi-bu  oliygohlar  shunday  xodimlarni 
tayyorlashga ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuvga o’xshash o’zining chegarasi 
bo’lishi lozim; o’ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka, yo’l xarajatlarining 
ko’payishiga  olib  keladi.  Ulkan  korxonalarni  qurish  qanday  zararli  bo’lsa, 
haddan  tashqari  tor  ixtisoslashuv,  yakkahokimlik  ham  shuncha  xatarlidir. 
Afsuski,  yaqin  o’tmishda  mamlakatimiz  qudrati,  uning  rivojlanganlik 


194 
 
darajasi  "yirik",  "eng  katta",  "yagona"  kabi  tushunchalar  bilan  ifodalanar, 
"birinchi"  bo’lish  esa  ko’p  hollarda  qolgan  barcha  sohalarda  qoloqlikni 
anglatar  edi.  Ammo  bu  mulohazalardan  noto’g’ri  xulosa  chiqarish  ham 
kerak  emas,  chunki  ixtisoslashuvsiz  shahar,  tuman,  viloyat,  iqtisodiy  rayon, 
respublikalarni,  qolaversa  jamiyat  va  kishilarning  o’zini  ham  rivojlanishini 
tasavvur  qilish  qiyin. Shuning uchun  ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda 
boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo’lmaganda mahalliy 
ehtiyoj doirasida rivojlangan bo’lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarmoqni 
daraxtning  tanasiga,  daryoga,  qo’shimcha  tarmoqlarni  esa  daraxtning  shox 
va  shoxchalariga,  daryoning  irmoqlariga  o’xshatish  o’rinli.  O’z-o’zidan 
ma’lumki,  tanasiz  shox  ham  bo’lmaydi,  shoxsiz  daraxt  esa  —  bu  oddiy 
butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi. 
Demak,  ixtisoslashuv  kompleks,  har  tomonlama  rivojlanish  bilan 
uyg’unlashuvi  kerak.  Zero,  ixtisoslashuvda  yo’l  qo’yilgan  xatolar  oqibatini 
hozirgi  kunda  sezib  turibmiz.  Bu  kamchiliklar  ayniqsa  sobiq  ittifoqdosh 
respublikalarning  o’zaro  iqtisodiy  aloqalarini  buzilishida  o’z  aksnni 
topmoqda. Shu sababli e’tibor ko’proq har bir respublikaning mumkin qadar 
atroflicha 
rivojlanishiga 
qaratilmoqda. 
Albatta, 
bunday 
taraqqiyot 
respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, 
uning  o’rnini  belgilab  beruvchi  ixtisoslashgan  tarmoqlarni  takomillashtirish 
orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, ixtisoslashuv har bir 
joyning kimligi yoki nimaligini (hu is hu), bir joyning ikkinchi joydan farqini 
anglatadi  va,  binobarin,  u,  ya’ni  hududiy  ixtisoslashuv,  iqtisodiy  rayon 
iqtisodiy geografiyaning o’zak tushunchalar hisoblanadi. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish