Geografiya



Download 331,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2019
Hajmi331,25 Kb.
#23673
Bog'liq
6-SINF GEOGRAFIYA


Sana 

 

 

 

Sinf 

6 “A” 

6 “B” 

6 “V” 

 

Fan: Geografiya. 

Mavzu: 

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



 

 

Darsning maqsadi: 

1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga  –  fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning 

yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.  



2. Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda do’stona munosabatlarni shakllantirish, dunyoda ro’y berayotgan 

voqealarga o’z munosabatini  bildirish va fikrlash qobiliyatini shakllantirish. 



3. Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga yangi bilim berish, mavzu bo’yicha tushuncha tasavvurga ega 

bo’lish, mustaqil fikrlashga o’rgatish va dunyoqarashini rivojlantirish.  



Tayanch kompetensiya elementlari: 

  Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasiA2 geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, 

ular  asosida  mavzuli  axborotlarni  tayyorlay  olish,  ommaviy  axborot  vositalari  hamda  Internet-

saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish. 

  O’z  o’zini  rivojlantirish  kompetensiyasi:A2  bilimini  mustaqil  ravishda  oshirib  borish,  o‘qib 

o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘z xatti-harakatini 

nazorat  qilish,  do‘stona  tanqidni  to‘g‘ri  qabul  qilish,  atrofidagi  tabiat  manzaralari  va  madaniy 

landshaftlarni estetik his etish. 

  Milliy  va  umummadaniy  kompetensiasi:  A2  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  e’tiqodli 

bo‘lish,  geografik  sayohat  va  kashfiyotlar  tarixini  insoniyat  tarixining  ajralmas  qismi  sifatida 

anglash, o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish. 

  Ijtimoiy  faol  fuqarolik  kompetensiyasi:  A2  maktab,  mahallasida  olib  borilayotgan  tadbirlarda 

maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish. 

FK-fanga oid kompetensiyalar: 

  FK1-tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayon  hamda  hodisalarni  kuzatish,  aniqlash,  tushunish  va 

tushuntirish kompetensiyasi; 

  FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi;  

  FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi; 

  FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. 



Dars turi: 

Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.



 

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash 

Dars  jihozi: 

Darslik  ,ko’rgazmali  qurollar,  Globus,  dunyo    tabiiy  kartasi,  atlasi,  yozuvsiz  xaritasi, 

jadvallar, tarqatma materiallar

 

№ 

Dars  taqsimoti 

Daqiqa 

 

Darsni tashkil qilish jarayoni 

2  daqiqa 

O’tilgan  va  uyga  berilgan  mavzuni  so’rash,  takrorlash 

jarayoni 

10  daqiqa 



Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni 

20  daqiqa 

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar 

bajarish jarayoni 

8  daqiqa 



Darsga yakun yasash, baholash metodlari 

3  daqiqa 

Uyga vazifa berish 

2  daqiqa 

 

Jami: 

45  daqiqa 

Darsning  borishi 

I. Tashkiliy qism 

a) O’quvchilar bilan salomlashish. 

b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish. 

d) O’quvchilar davomatini aniqlash. 



 

II. O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash: 

Uyga vazifani so`rab baholash:  

a) og`zaki so`rov          b) daftarni tekshirish           v) tarqatma materiallar orqali. 

III. Yangi mavzu bayoni. 

Geologik tuzilishi.  Afrika  —  qadimgi Gondvana  quruqligining bir  bo‘lagi.  180 mln  yil 

muqaddam  Arabiston  yarimoroli  bilan  birga  yaxlit  platformani  hosil  qilgan.  Alp  tog‘ 

burmalanishi  davrida  Qizil  dengiz  o‘rni  ochilgan.  Natijada  Arabiston  yarimoroli 

evrosiyoga tutashib ketgan. Afrika materigi, asosan, qadimgi platforma ustida joylashgan 

bo‘lib,  ko‘proq  tekislik  va  yassi  tog‘liklardan  iborat.  Seysmik  hududlar  nisbatan  kam. 

Chekka shimoli g‘arbida Yevrosiyo plitasi bilan to‘qnashgan chegarada balandligi 4 165 

m  ga  yetadigan  Atlas  burmali  tog‘  tizmasi  ko‘tarilgan.  Quruqlikdagi  eng  yirik  Sharqiy 

Afrikayer  yorig‘i  6  500  km  masofaga  cho‘zilgan  bo‘lib,  Akoba  qo‘ltig‘idan  Zambezi 

daryosining  quyi  oqimigacha  davom  etadi.  Olimlarning  bashoratiga  ko‘ra,  kelajakda 

Buyuk Afrika yer yorig‘idan sharqdagi hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli 

singari) Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada Yer po‘sti serharakat bo‘-lib, unga harakatdagi 

vulqonlar  (Kilimanjaro,  Karisimbi)  va  zilzilalar  xos.  Sharqiy  Afrika  yassi  tog‘ligi 

palaxsalanib ko‘tarilgan gorst va grabenlardan iborat.  

Foydali  qazilmalari.  Afrika  turli  xil  qimmatbaho  tabiiy  boyliklarni  o‘z  zaminida  asrab 

yotgan  ulkan  xazinadir.  Afrikada  magmatik  jinslarning  keng  tarqalishi  rudali  foydali 

qazilmalarning  ko‘plab  tarkib  topishiga  sabab  bo‘lgan.  Afrika  olmosqazib  chiqarishda 

dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, 

uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mashhur „ mis mintaqasi“ Zambiya va 

Kongo  Demokratik  Respublikasi  chegara  zonasida  joylashgan.  Materikning  botiq, 

cho‘kindi jinslar to‘plangan joylaridatoshko‘mir, neft, tabiiy gaz, marganes rudalari, tuzlar, 

fosforitlarkeng tarqalgan  



Relyefi. Afrika hududi relyef xususiyatiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Mutlaq balandligi 

1  000  metrgacha  bo‘lgan  tekislik,  plato  va  tog‘liklardan  tashkil  topgan  „past“  Afrika 

Shimoliy  va  G‘arbiy  Afrikani  o‘z  ichiga  oladi.  „Baland“  Afrika  Sharqiy  va  Janubiy 

Afrikani  egallagan.  „Past“  va  „baland“  Afrika  o‘rtasidagi  chegara  Angola-Efiopiya 

yo‘nalishidan o‘tadi. 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash, savol-javob o’tkazish: Savol-javob va mavzuning 

asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 

1. Gondvana qanday yirik materik? 

2. Afrika qanday foydali qazilmalarga boy? 

3. Afrikaning ko‘p qismini qanday relyef shakli egallagan? 

V. Darsga yakun yasash, baholash jarayoni: 

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni 



e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. 

VI . Uyga vazifa berish: Mavzuni o`qib o`rganib kelish __________________

 

 

 

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______ ______________. 

                                                                                   

(imzo)

 

 

Download 331,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish