Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 114,77 Kb.
bet16/28
Sana02.03.2022
Hajmi114,77 Kb.
#478782
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
2 5260286768011285065

3









9-amaliy mashg’ulot:
MUAMMOLI METODLAR. TABIIY VA IQTISODIY GEOGRAFIYA DARSLARIDA MUOMMOLI METODLARNING O’RNI VA ROLI


Mavzuga oid adabiyotlar va internet materiallaridan foydalngan holda quyida berilgan savollarga javob tayyorlang:

  1. Muammoli metodlarga qaysi metodlarni misol qilishimiz mumkin?

  2. Muammoli o’qitish deganda nimani tushunasiz?

  3. Quyida berilgan jadvalni to’ldiring:

  4. Ta’limda muammoli o’qitishni qo’llash: xorijiy tajriba mavzusida antitezis tayyorlang. Unda ilg’or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda ta’lim tizimida muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakatlar tajribasini aholida tadqiq eting.

JAVOBLAR:


1.Evristika metodi, tushuntirish, namoyish etish metodi, tadqiqot metodi, amaliy xulosalar, echimni tuzish;
2. Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.

3.


Muammoli metodlarning nomi

Afzalliklari va kamchiliklari

Qo’llanilish metodikasi

Tushuntirish

Bu metodning asosiy vazifasi o'quvchilarning axborotni o'zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – reseptiv metod, deb ham ataladi. (resepsiya - idrok ) va unda o'qituvchi bilan o'quvchi faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o'qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o'quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O'qituvchi axborot berishni og'zaki so'z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo'shimcha qo'llanmalar) dagi iboralar, ko'rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi.



O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.



Tadqiqot metodi.

Birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini ta'minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.



Tadqiqot metodida topshiriqlarning shakli har xil, masalan, sinfda va uyda tez bajariladigan topshiriqlar, dars jarayonini taqozo etadigan ishlar, ma'lum, lekin cheklangan muddatga mo'ljallangan uy vazifalaridan iborat bo'lishi mumkin. Chunonchi jamoa xo'jaligining, zavodning, mazkur aholi punktidagi tashkilotning tarixini o'rganishga doir topshiriqlar g'oyat foydali va samarali tadbirlardir.





4. Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Intellekt kopligi nazariyasining qisqacha bayoni quidagicha:
Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug`ilgan) ishlab chiqqan.
Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:


  1. Verbal-lingvistik intellekt-so`z xotirasi, so`z boyligi yaxshi, o`qishni yaxshi ko`radi, so`z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.

  2. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni echishni, shaxmat o`ynashni yaxshi ko`radi, tengqurlariga nisbatan ko`proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog`liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar.

  3. Vizual-fazoviy intellekt-ko`rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o`qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstrukstiyalashni yaxshi ko`radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchilar.

  4. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo`l tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig`ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko`radi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar.

  5. Musiqiy-ritmik intellekt-qo`shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so`zlashi ritmli, o`zicha sezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, musiqachi, qo`shiqchi, raqqoslar.

  6. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o`ynash va ularga o`rgatishni yaxshi ko`radi, turli holatlarda yetakchi bo`lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g`amxo`rlik ko`rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo`lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar.

  7. Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o`zinining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi, o`zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko`radi, o`z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`z xatolaridan ibrat oladi, o`z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o`qituvchi, tarbiyachilar.

  8. Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o`simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo`jalik xodimlari.




Download 114,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish