O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan
jamiyat tubdan yangilanib modernizatsiyaga uchramoqda. Ushbu o’zgarishlarning
tarkibiy qismi sifatida ta’lim-tarbiya sohasida ham jiddiy o’zgarushlar sodir
bo’lmoqda. Uning huquqiy poydevori “Ta’lim to’g’risida” qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi bo’ldi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan
holda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi, ta’lim tizimini isloh qilish
tamoillariga amal qilgan holda turli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali
pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar
tayyorlash ham qo’yilgan vazifani amalgam oshirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya sohasida amalgam oshirilayotgan jiddiy o’zgarishlar avvalo
jamiyatning taraqqiyot darajasi, XXI asrning axborot asriga aylanishi. Iqtisodiyotning
barcha sohalarida yuz berayotgan o’zgarishlar bilan bog’liq. Yoshlar har tomonlama
barkamol etib tarbiyalash ularni vaziyatni va yuz berayotgan o’zgarishlarnitezda
baholay oladigan har qanday holatda ham to’g’ri va oqilona qaror qabul qila oladigan
malakali mutahassis qilib tayyorlash uchun o’tmishda faqat an’anaviy uslublarga
tayanib eskicha dars o’tish yetarli emasligi ayon bo’lib qoldi. Demak dars o’tish
jarayoniga jahon tajribasidan keng foydalangan holda yondashish talab etilmoqda.
Ushbu talablardan kelib chiqib kasb ta’limining bakalavriat yo’nalishi bo’yicha
mutaxassislik fani sifatida ,,Iqtisodiy biilim va iqtisodiy bilim asoslari”ni o’qitish
metodikasikursini o’rgandik. Olgan bilimlar va pedagogic amaliyotlarning yakuniy
natijasi sifatida bitiruv malakaviy ishini tayyorladik va unda quyidagi xulosaga kelindi.
Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida dars berish jarayonini jiddiy o’zgartirish, ya’ni dars
berishning zamonaviy, noan’anaviy, pedagogic usullarni va vositalarni qo’llash lozim.
Dars o’tish jarayoniga nostandart yondashish eng muhimi dars jarayonini tashkil etish va
o’tkazishda uni nazorat qilishda, baholashda o’qituvchi asosiy sub’ekt ekanligini
unutmaslik.
Bitiruv malakaviy ishining I – bobida ta’kidlab o’tganimizdek dars o’tish jarayonida
o’qitishning zamonaviy- texnik vositalaredan dedaktik materiallardan, ko’rgazmali
qurollardan, tarqatma materiallardan testlar, masala va mashqlardan keng foydalanish,
mavzuni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish samaradorligini va sifat ko’rsatkichlarini9
bir necha barobarga oshiradi
Dars jarayoniga tayyorlanishda iqtisod fani o’qituvchisiga qo’yiladigan yana bir muhim
talab mavzularning o’ziga xos hususiyatlarini oddiy yoki murakkabligini, nazariy yoki
amaliy harakterda ekanligini hisobga olgan holda yondashish lozim deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy (ikkinchi) bobida firma faoliyatining iqtisodiy tahlili
mavzusi va dars o’tishning o’ziga xos texnalogiyasini qo’llash jarayonini ishlab chiqishga
harakat qildik. Ushbu mavzu aniq iqtisodiy fanlar bo’yicha eng muhimlardan biri
hisoblanadi. Mavzuning mazmuni mohiyati visual va o’quv materiallari hamda
masalalar orqali tasvirlandi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga izoh berildi.
Jadvallar, sxemalar, diagrammalar bo’yicha slaytlar tayyorlandi. Mavzu bo’yicha dars
o’tishni tashkil etish va amalgam oshrish o’qituvchidan jiddiy nazariy va amaliy bilimlarga
ega bo’lish zarur degan xulosaga keldik. Eng muhimi firma faoliyatining iqtisodiy tahlilini
misollar, formulalarni qo’llash o’quvchilar bilimini oshirishning asosiy vositasi sanaladi
deb belgiladik. Ushbu bob bo’yicha yakuniy xulosamiz mavzuga oid metodlarni
tanlashda masala va mashqlar, iqtisodiy o’yinlar kabilarni hisobga olish o’rinli sanaladi.
Yuqoridagi fikr mulohazalar, takliflarni inobatga olgan holda dars jarayonini tashkil etish
va amalgam oshirish o’qituvchi oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni to’liq amalgam
oshirishnita’minlaydi va kelajak taraqqiyotining poydevori bo’lgan o’quvchi yoshlarning
har tomonlama iqtisodiy bilimlarini boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: