O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi
1-kurs talabasi Ergasheva Gulchiroy
20.Geografik ob'yektlarni o'rganish (Afrika materigi).
Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh meridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat kuzatilgan, sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg‘og‘i eng kam parchalangan, quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1470 m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda.
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39% i, Janubiy yarimsharning esa 19% i quruqlikdan iborat. Agar globusni ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, „Materiklar yarimshari" hosil bo‘ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga asoslanib, keyingi paytda olimlar „Materiklar yarimshari"ni ajratishmoqda.
Geografik o‘rni. Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani deyarli qoq o‘rtasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, uzunligi 30500 km ga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor.
O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha, Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, materik nomi uning shimoli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3-4 mln yil avval odamlar yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan.
Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini (1325-1349-y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan.
XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim bosqich bo‘lsa-da, unga qora kunlarni — qullar savdosini keltirdi. 1487-yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi. 1497-1498-yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o‘tib, 1498-yil 20-mayda Hindistonning Kalkutta (Kolkata) portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini kashf etdi.
Afrikaning ichki qismi tabiatini o‘rganishda ingliz tadqiqotchisi D.Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari cho‘lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi. Zambezi daryosi dagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Ingliz-Amerika ekspeditsiyasining boshlig‘i G.M.Stenli (1817-1877-y.) Zanzibar orolini, Viktoriya ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va Kongo daryolarini quyi oqimiga qadar o‘rgandi.
Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker, Y.P.Kovalevskiy, A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirdilar. N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (1926-1927-y.) 6000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. U Efiopiya qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani ekanligini aniqladi.
21.Geografik ob'yektlarni o'rganish (Shimoliy Amerika materigi).
Shimoliy Amerika, Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan qitʼa, Gʻarbiy yarimsharning shimoliy qismidagi materik, Amerika qitʼasining shimoliy yarmi. Shimoldan Shimoliy Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va janubi-sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shimoldada Merchison burni (71°50 shimoliy kenglik.), gʻarbda Shahzoda Wales burni (168° gʻarbiy uzunlik.), sharqda Sent Charlz burni (55°40° gʻarbiy uzunlik.), janubda Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Maydoni 20,36 million km², orollari bilan 24,25 million km². Yirik orollari: Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagi, VestIndiya va materikning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi orollar: Aleut, Qirolicha Charlotte, Vankuver va boshqalar Yirik yarim orollari: shimoldada Butiya, Melvill, sharqsa Labrador, Florida, Yukatan, gʻarbda Kaliforniya, Alyaska, Syuard.
Materik yer yuzasi asimmetrik tuzilishga ega: gʻarbiy qismi Kordilyera togʻ sistemasi, sharqi — keng tekisliklar va past togʻlardan iborat. Materik gʻarbining oʻrtacha balandligi 1700 m, sharqida 200–300 m chamasida. Shimoliy Amerikaning oʻrtacha balandligi 720 m. Shimol va shimoli-sharqda Lavrentiy qirlari, undan janubfada, asosan, Amerika Qoʻshma Shtatlari hududidagi Markaziy tekisliklar gʻarbda nisbatan baland (500–1500 m) Buyuk tekisliklarga oʻtib boradi. Ulardan shimoldada Makenzi pasttekisligi joylashgan. Tekislik janubi-sharqda Appalachi togʻlari bilan oʻralgan. Bu togʻlar janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa Nyufaundlend orolgacha choʻzilgan. Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Grenlandiyaning sohil qismi relyefi ham togʻli. Togʻlar gʻarbga tomon pasayib boradi va plato hamda pasttekisliklar bilan almashinadi. Materikning janubi-sharqiy chekkalari sharqda Atlantika boʻyi pasttekisligi va jan.da Meksikaboʻyi pasttekisligi kabi qirgʻoqboʻyi pasttekisliklaridan iborat.
Kordilyera togʻlari shim.gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan Bruks, Makenzi, Qoyali togʻlar va Sharqiy SyerraMadre kabi bir qancha yoysimon tizmalardan iborat. Ulardan gʻarbda balandligi 1000–2000 m liichki yassitogʻ (Yukon, Katta Havza va boshqalar) va platolar (Britaniya Kolumbiyasi, Kolumbiya, Kolorado) mintaqasi joylashgan. Yassitogʻliklar supasimon tekisliklar, tizmalar va soyliklar (Ajal vodiysi — 85 m) dan iborat. Yassitogʻ va platolar gʻarbda Kordilyera togʻlarining eng baland tizmalariga tutash. Shimoliy Amerikadagi eng baland nuqta ham Kordilyera togʻlarining Alyaska tizmasida (MakKinli choʻqqisi, 6193 m). Meksika togʻligidan jan.da Kordilyera togʻlari ikki tarmoqqa ajralib, biri suv osti tizmalari va VestIndiya orollarini hosil qilib, Venesuela And togʻlariga, ikkinchisi Teuantepek va Panama boʻyinlari orqali And togʻlariga ulanib ketadi.
Shimoliy Amerika relyefi joyning geologik yoshi, kontinental rivojlanishi tarixiga qarab turlichadir. Lavrentiy qirlarining geologik strukturasi juda qadimgi, relyefi paleozoy boshlaridan shakllangan. Toʻrtlamchi davrda muz bosishi natijasida qirning markaziy qismi choʻkkan, Gudzon qoʻltigʻi botigʻi vujudga kelgan. Appalachi togʻlarining relyefi togʻ jinslarini daryolar yuvib ketishi natijasida hozirgi shaklini olgan. Arktika orollaridagi togʻlar mezokaynozoyda shakllangan. Grenlandiya orolda oʻsha paytda otilib chiqqan bazaltlardan baland togʻlik hosil boʻlgan. qadimiy va hozirgi muzliklar relyefning nihoyatda parchalanib ketishiga sabab boʻlgan. Aleut tizmasi, Vrangel massivi, Kaskad togʻlari vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan.
Shimoliy Amerikaning markaziy katta qismi hamda Grenlandiya orolning shim. va shimoli-sharqidan boshqa joylari tokembriy davriga mansub Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi joylashgan. Uni kaledon, gersin, mezozoykaynozoy yoshidagi togʻ tizmalari oʻrab olgan. Atlantikaboʻyi va Meksika boʻyi pasttekisliklari mezozoykaynozoy jinslari bilan qoplangan paleozoy zaminli platformaning plitalaridir. Shimoliy Amerikada foydali qazilmalar aksari Kanada qalqoni va Kordilyera togʻlarida. Tokembriy Kanada qalqonida temir rudasining yirik konlari, sulfid, mis, nikel va uran rudalari, shuningdek, oltin va rangli metall konlari, chekka qismlarida neft va gaz hamda toshkoʻmir konlari koʻp uchraydi. Kordilyera togʻlarida oltin, kumush, mis, rux, qoʻrgʻoshin, molibden, simob, volfram rudalari keng tarqalgan, kamroq miqdorda temir rudasi topilgan. Qoyali togʻlarda neft va gaz, fosforit konlari ochilgan.
22.Geografik ob'yektlarni o'rganish (Janubiy Amerika materigi).
Janubiy Amerika — Gʻarbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi.[1][2] Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.
Maydoni 17,85 million km², orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 million km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi ahili soni boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikadan keyin) turadi.
Janubiy Amerikaning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha balandligi 5000-6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra togʻi, 2200 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va boshqalar) joylashgan. Materikning chekka janubi-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qadimiy Patagoniya platformasi bor.Janubiy Amerika materigi 2 asosiy strukturali boʻlak — markaziy qismidagi Janubiy Amerika platformasi va materikni shim., gʻarb va janubidan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.
Janubiy Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlashgan turli yoshdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik koʻtarilmalari — Gviana, Gʻarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning chuqur metamorfiklashib oʻzgargan (deformatsiyalashgan) qatlamlaridan, shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy Braziliya qalqoni kembriygacha davrda xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi bilan oʻrab olingan. Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri — paleozoy boshlarida vujudga kelib, Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi;uning oʻrta qismi — San Francisco botigʻi, asosan, proterozoy oxirida shakllangan. Shimoliy va janubiy botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari oʻrta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Janubiy Amerika platformasining janubiy qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz ichiga olgan Patagoniya platformasi ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma — Shimoliy Patagoniya va Janubiy Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-SanMatias va Chubut-San-Horhe mavjud.
Janubiy Amerikaning gʻarbidagi 9000 km ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining geologik tarixi va tuzilishi bilan farq qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular alp burmalanishi (mezo-kaynozoy) davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib turadi (Maye, Chili (1960) va Peru (1970) zilzilalari). And togʻlarining koʻpgina choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi, Sakama va boshqalar). Koʻpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (maydoni 25 ming km² chamasida) uchraydi. And togʻlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500-4600 m balandlikda choʻl iqlimli plato — punalar bor.
23.Geografik ob'yektlarni o'rganish (Avstraliya va Okeaniya).
Eng mitti, eng past, eng quruq materik , xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan Janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkalipt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat - Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Geografik o'rni
Avstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi.
O'rganilishi.
Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan.Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi.
Okeaniya hududi tabiiy-geografik va etnografik farqlariga asoslanib, uchta qismga bo‘linadi. 1.Melaneziya (yunoncha melos - qora, nesos - orol, ya'ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha kichik orollar). 3.Polineziya (yunoncha ko‘p orollar). Okeaniya to‘g‘risidagi ma'lumotlar yevropaliklarga F.Magellan sayohatidan (1521-y.) keyin ma'lum bo‘lgan.
- Avstraliya va Okeaniya maydoni - 8 944 000 kv.km
- Avstraliya materigining maydoni -
- Orollar maydoni - 1 329 500 kv.km
- Materikning dengiz sathidan o'rtacha balandligi - 300 metr
- Materik qirg'oqlarining uzunligi - 19 700 km
- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Kossyushko t. 2 228 metr
- Dengiz sathidan eng past balandlik - Eyr-Nord k. -16 metr
Avstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi.
Okeaniya 3 ta geografik hududga bo'linadi. Tarkibi:
- Melaneziya: Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya orollari
- Mikroneziya: Guam, Marianna, Marjon, Marshall, Gilbert, Ellis orollari
- Polineziya: Gavayi, Tonga, Kuk, Taiti, Tuamotu, Markiz, Yangi Zelandiya orollari
- Okeaniyadagi orollar maydoni 1,3 mln kv.km
- Okeaniyada 7000 dan ortiq orollar mavjud.
- Okeaniyaning qariyb 90 %i, Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyaga to'g'ri keladi
- O'rtacha yillik harorat +23 C, +28 C.
- Yangi Gvineya orolida o'simliklarning 20 000 dan ortiq turlari br. Bu O'zbekiston o'simliklari turidan deyarli 5 marta ko'p demakdir.
- Gavayi orollari 2500 km ga cho'zilgan.
- Yangi Gvineya orollarida uch ko'zli kaltakesak turlari bor.
- Okeaniyadagi orollar guruhi 4 guruhga bo'linadi. Bular: materik, vulkanli, marjon, geosinklinal.
Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Birinchi bo'lib Byork 1860-1861-yillarda materikni meridian bo'ylab yurib o'tgan.
24.Geografik ob'yektlarni oʻrganish (Antarktida materigi).
Antarktida Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.
Antarktida – Antarktika Janubiy kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yoʻq. Oʻrtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort togʻidagi Vinson choʻqqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, koʻpincha bir necha oʻn m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning oʻrtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha koʻrinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va koʻpincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 – 40 m dan 350 – 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga oʻnlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur boʻlgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri togʻ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 – 20 km. Bir-biriga yaqin boʻlgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar – shelf muzliklari hosil boʻlgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi – 488 ming km²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming km². A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi oʻrganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan ("Polyus nedostupno-sti" stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika – Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 m boʻlib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. – yer yuzasi juda past-baland materik boʻlib, juda koʻp orollar bilan oʻrab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga koʻra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq boʻylab Sharqiy A. va Gʻarbiy A.ga boʻlinadi.Sharqiy A.ning koʻp qismi (butun ma-terikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit boʻlib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo boʻlgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh choʻkindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo boʻlgan jinslar) – qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshkoʻmir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, 20° Grinvichdan gʻarbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bogʻliq; Yer poʻstining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning koʻtarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer poʻsti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg togʻi). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani – 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda togʻ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra togʻi (4572 m), Markem togʻi (4350 m), Nyu-Shvabenlend togʻlari bor. Gʻarbiy A. (Ross dengizining gʻarbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning koʻp qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat boʻlib, ancha key-in paydo boʻlgan burmali togʻ tizmalari bilan oʻralgan.Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past boʻladi va yogʻin juda kam yogʻadi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland boʻlganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo boʻlib, ichki rayonlarga ham kirib bo-radi. Yozda (dekabr, yanvar, fevral) A.da bulutsiz kunlar koʻp boʻladi, shuning uchun quyosh nisbatan koʻproq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan koʻp qaytadi (oʻrta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning xuddi shu kengliklarida-giga nisbatan 4 – 5-marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning oʻrtacha temperaturasi – 60°, –70°, yoz oylariniki – 30° dan –50° gacha; sohilda qishda – 8° dan – 35° gacha, yozda 0 – 5° boʻladi. Oʻrtacha yillik temperatura – 50° ga yaqin. Mutlaq minimum – 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq boʻlganidan tez-tez kuchli shamollar boʻlib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yogʻin eng koʻp (700 – 1000 mm) yogʻadigan zona dengiz sohili boʻlib, eni 15 km ga yetadi: ichki rayonlarda yiliga ati-gi 30 – 50 mm yogʻin tushadi. Iliq paytlarda ham koʻpincha qor yogʻadi. Havoning nisbiy namligi oʻrta hisobda 73 – 78%.Oʻsimliklari. Oʻsimlik turlari (li-shayniklar, zamburugʻlar, bakteriya va suvoʻtlar) kam va oʻziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi.Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxoʻr tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi.Tadqiq qilinish tarixi. 1820-yilda A. qirgʻogʻiga F. F. Bellinsgauzen – M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Mate-rikning umumiy qiyofasi 19-asrda haritaga tushirilgan. A.da 1898 – 1900-yillarda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink bi-rinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-asr boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 – 04, 1910 – 12), E. Shek-lton (1907 -09), R. Amundsen (1910 – 12), D. Mouson (1911 – 13) va boshqa materikning ichki rayonlarigacha bordilar. 1909-yil 16yanvarda Sheklton ekspeditsiyasi kat-nashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911-yil 11-dekabrda R. Amundsen, 1912-yil 18-yanvarda esa R. Skott Janubiy geografik qutbga yetib bordilar. 1928-yildan A. samolyotlar yor-damida oʻrganila boshladi. Ani oʻrganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 – 30), ingliz L. Elsuort (1935 -36, 1938 – 39), amerikalik R. E. Berd (1928 – 30; 1933 – 35; 1939 – 41; 1946 – 47) va Finn Ronne (1946 – 48) anchagina ish qildilar.Xalqaro geofizika yili (1957 – 58) munosabati bilan va soʻnggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991-yilga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi.
25.Berilgan yo'nalish boʻyicha relef profilini tuzish.
Topografik xaritalar - asosiy tabiiy va ijtimoiyiktisodiy obʼyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xaritalar. Qatʼiy geodezik asosda barqaror shartli belgalar sistemasi yordamida yaratiladi. Ularda geografik landshaftning tashqi koʻrinishi va uning asosiy elementlari — relyef, gidrografiya, oʻsimlik, tuproqgrunt qoplami, aholi punktlari, yoʻllar hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi. va boshqa ijtimoiy infrastruktura obʼyektlari bir xil aniqlikda va mukammalliqda tasvirlanadi (499 betdagi rangli xaritaga q.). Topografik xaritalar 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000 masshtablarda tuziladi.
Har bir Topografik xaritalarning nomi uning masshtabi bilan yuritiladi. Mas., masshtabi 1:10 000 boʻlsa, oʻn mingli, 1:25 000 boʻlsa — yigirma besh mingli Topografik xaritalar deyiladi. Quyidagi jadvalda Topografik xaritalar masshtablari berilgan.
Topografik xaritalar elementlarini umumlashtirib, 2 guruh — matematik va geografik elementlarga boʻlish mumkin. Matematik elementlarga xaritaning toʻri, masshtabi, ramkasi, varaklarga boʻlinishi va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga Topografik xaritalarda tasvirlanadigan yer yuzasi tafsilotlari kiradi. Topografik xaritalarelementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular maxsus turgʻun shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. Topografik xaritalardan joyni toʻla oʻrganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq oʻlchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda oriyentirlahda, harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi.
Barcha topografik va obzor Topografik xaritalar nemis olimlari Gauss va Kryugerlarning teng burchakli koʻndalang silindrik proyeksiyasida tuziladi. Topografik xaritalarda tasvirlanadigan hudud maʼlum kattalikdagi qismlarga boʻlinadi va ularning har biri alohida varaqda tasvirlanadi. Topografik yoki obzor Topografik xaritalar ning har bir varagʻi meridian va parallel chizikdar bilan chegaralanadi va trapetsiya shakliga ega boʻladi. Koʻp varakli xaritani alohida varaqlarga boʻlinishiga grafalarga boʻlish va ularni maʼlum sistema boʻyicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi. Hamma Topografik xaritalarning nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xalqaro xaritaning grafalarga boʻlish va nomenklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura sistemasi 1909-yil London va 1913-yil Parijda oʻtkazilgan xalqaro geografik kongresslarda qabul kilingan. Bu sistemaga kura, 1:1 000 000 masshtabli xarita varagʻining kengligi meridian boʻyicha 4° va parallel boʻyicha 6° ga teng . Ekvatordan qutblarga tomon har 4° dan parallellar oʻtkazilib katorlar, 180° li meridiandan boshlab har 6° dan meridianlar oʻtkazilib kolonnalar hosil kilinadi. Qatorlar ekvatordan har ikkala kugb tomon lotin alfavitining bosh xarflari bilan (A dan Z gacha), kolonnalar esa soat mili harakatiga teskari yoʻnalishda oʻsib borish tartibida 180° meridiandan boshlab arab rakamlari bilan 1 dan 60 gacha belgilanadi. Shunday qilib, 1:1 000 000 masshtabli xarita har bir varagʻining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini koʻrsatuvchi raqamdan iborat boʻladi. Mac, Toshkent sh. joylashgan varaqning nomenklaturasi K—42, Moskva shahriniki N—37 deb belgilanadi. Quyidagi jadvalda Topografik xaritalar bir varagʻi (trapetsiyasi)ning oʻlchami va nomenklaturasi berilgan.
Topografik xaritalar barcha tashkilotlarda bir xil standart masshtablar, shartli belgilar va yoʻlyoʻriqlar asosida tuzilib nashr kilinadi.
26.Gidrosfera va tarkibiy qismlari.
Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat.
Okean suvlari. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5°C, Тinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2°C dan 0°C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun –2 °C da muzlaydi.
Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani ko‘pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir.
Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiрi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1620 m) va Tanganika (1470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.
Muzliklar quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzliklarning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Тog‘ muzliklari qor chizig‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5-5 km balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandligidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i dengiz sathiga baravarlashadi.
Yerosti suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkazmaydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havzalarini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir.
Ko‘p yillik muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500 metrgacha boradi.
27. Dunyo okeani va uning tashkil.
Dunyo okeani. Olimlarning fikricha, „okean" atamasi yunoncha „qirg‘oqsiz dengiz", „Yerni aylanib oquvchi buyuk daryo", degan ma’nolarni anglatadi. „Dunyo okeani" atamasini rus olimi Y.M.Shokalskiy 1917-yilda fanga kiritdi. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i Dunyo okeani deb ataladi.
Dunyo okeani Yer sharining 361 mln kv.km maydonini egallaydi. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda 61 % ini, Janubiy yarimsharda 81 % ini qoplagan. Yer Shimoliy, Janubiy, G‘arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratilishidan tashqari, yana okeanlar yarimshari va materiklar yarimshariga ham bo‘linadi. Okeanlar yarimsharida Yer yuzining 90,5 % qismini suv qoplagan.
Dunyo okeanining o‘rganilish tarixi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri (XV asrning ikkinchi yarmi — XVII asrning birinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrdaX.Kolumb, J.Kabot, Vasko da Gama, A.Vespuchchi, F.Magellan, F.Dreyk, V.Yanszon, A.Tasman va boshqalar Dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qilishgan. Shu bilan birga, oqimlar, materik va orollar, quruqlik qirg‘oqlari, suv ning sho‘rligi, harorati, hayvonot olami to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar. XVII-XIX asrlarda okeanni tadqiq etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J.Kuk, I.F.Kruzenshtern va Y.V.Lisyanskiy, F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev, S.O.Makarov, „Chellenjer" kemasi a’zolari Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma’lumotlar to‘pladi. Masalan, „Chellenjer" ekspeditsiyasi natijalari okeanografiya faniga asos soldi.
XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini xalqaro hamkorlik asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 1920-yildan keyin okean suvlari chuqurlik bo‘yicha o‘rganila boshlandi. 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho‘kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, kosmik kemalardan olingan tasvirlar tahlil qilinmoqda.
Dengizlar — okeanning bir qismi bo‘lib, ular Dunyo okeanidan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining ko‘tarilgan joylari bilan ajralib turadi. O‘zining geografik o‘rni va havzalarining xususiyatiga qarab 3 turga bo‘linadi: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) chekka dengizlar.
Okeanning (dengiz yoki ko‘lning) quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi qo‘ltiq deb ataladi. Bengaliya, Meksika, Gudzon, Katta Avstraliya, Alyaska kabi qo‘ltiqlar eng katta qo‘ltiqlardir.
Okeanlarni (dengiz yoki ko‘llarni) bir-biri bilan qo‘shib turadigan kambar suv bo‘g‘iz deyiladi. Bularga Dreyk, Mozambik, Gibraltar, La-Mansh va boshqalar misol bo‘ladi.
Dunyo okeanini birinchi bo‘lib niderlandiyalik olim B.Varenius 1650-yilda beshta okeanga ajratgan (Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy va Janubiy Muz okeanlari). Keyinchalik, tadqiqotchilar uni uchta (Tinch, Atlantika, Hind), to‘rtta (Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz) okeanlarga ajratishgan. Hozirgi paytda beshinchi — Janubiy Muz okeanini ham ajratish haqida fikrlar bor. Dunyo okeanida jami 67 ta, quruqlikda esa 2 ta (Kaspiy va Orol) dengiz ajratilgan.
28. Dunyo okeani tubi relefi xaritasini ishlashi etuvchilari.
Okean-dengizlar tubi - g’aroyibotlarga boy, o’rganilmagan bir dunyo. Okean osti maydonlarining 80 foizi hali xaritaga tushirilmagan. Bu ishda sun’iy yo’ldoshdan olingan ma’lumotlar qo’l kelayapti.
Olimlar okean tubini tadqiq etish uchun koinotga boqmoqda. Skripps okeanografiya instituti yaratgan so’nggi xarita 20 yil oldingisidan ikki baravar aniqroq, deydi professor Deyvid Sandvell.
“Okean sathi topografiyasini o’rganish va kartada ifodalash uchun sun’iy yo’ldoshga o’rnatilgan radardan foydalanyapmiz. Chunki okean sathi uning tubidagi relyefni aks ettiradi”, - deydi u.
Yangi xaritani tuzishda boshqa maqsadlarda uchirilgan ikki sun’iy yo’ldosh qo’l keldi. Yevropaning “Krayo-2” apparati muzliklarni kuzatsa, AQShning “Jeyson-1” yo’ldoshi okean sathini o’rganadi.
Bundan tashqari, exolokatsiya apparatlari bilan jihozlangan kemalar yordamida aniq, detallashtirilgan tasvirlar olindi.
“Bu tasvirlar bizga okean tubining har bir qarichini, jumladan cho’kindi jinslar ostidagi qismlarini ochib berdi”, - deydi Sandvell.
Yangi kartaga okean ostidagi hech kim ko’rmagan manzara tushirilgan – minglab suvosti tog’lari, qit’alar bir-biridan uzilishi natijasida shakllangan tizmalar va cho’kindi jinslar ostida qolib ketgan o’chgan vulqonlar. Uch tizma kesishgan bir nuqtada Yerning bahaybat tektonik plitalarini aniq ko’rsa bo’ladi.
“Hind okeanining bu qismi anchadan beri olimlarni o’ziga rom etadi, chunki tektonik harakatlarga doir nazariy bilimlarimizni ifodalaydi. Afrika, Hind-Avstraliya hamda Antarktika plitalari okeanning o’rtasida keshishgan nuqta bu”, - deydi professor.
Yangi xarita qit’alarni bir-biriga bog’lab turgan, cho’kindi qatlamlar ostida qolib ketgan formatsiyalarni ham aniqladi.
Chizmalar baliqchilik, atrof-muhit muhofazasi va neft sanoatida qo’l keladi. Okeanlar chuqurligini aniq bilish navigatsiya xavfsizligi, harbiy operatsiyalar va ilmiy loyihalar uchun muhim, deydi olim.
“Ayniqsa kemadan turib olib boriladigan suvosti tadqiqotlar oson kechadi. Olimlar qo’lidagi oz ma’lumot bilan yo’lga chiqishi shart emas. Avvalo sun’iy yo’ldosh bilan hududni o’rganib, okean ostidan detallashtirilgan tasvirlarni olib, keyin ularni o’rganishga kirishsa bo’ladi”.
Okeanograflar sun’iy yo’ldoshlardan olingan ma’lumotlarni sinchiklab o’rganar ekan, kelasi yillar ichida hali ko’p kashfiyotlar qilinadi.
Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.
Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.
29.Tinch okeanini o'rganish.
Hududlari Okeaniya (shu jumladan Avstraliya, Polineziya, Mikroneziyava Melaneziya). "Orol qit'asi" Avstraliya edi odamlar yashaydigan so'nggi qit'a, asosan ma'lum bo'lgan madaniyatli dunyoga. Gollandiyalik kashfiyot va kashfiyotlarning Oltin asrida (taxminan 1590 - 1720 yillar) Gollandiyaliklar shubhasiz kashf qilish va jadvalga kiritish uchun birinchi mahalliy bo'lmaganlar qirg'oqlari Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiya, Tonga, Fidji, Samoava Pasxa oroli.
Polineziyaliklar milodiy 1200 yilgacha deyarli barcha Tinch okean orollariga yetib bordi, so'ngra Janubi-Sharqiy Osiyo va G'arbiy Tinch okeanida Osiyo navigatsiyasi. O'rta asrlarda musulmon savdogarlar Yaqin Sharq va Sharqiy Afrikani Osiyo Tinch okeani sohillari bilan (Xitoyning janubi va Malay arxipelagining katta qismi bilan) bog'lashgan. Evropa flotlarining Tinch okeani bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqasi 1512 yilda boshlangan, uning g'arbiy qirg'oqlarida portugallar, so'ngra Amerika qirg'og'idan Ispaniyaning Tinch okeanini kashf etishi.
1513 yilda, Magellandan olti yil oldin, ispan kashfiyotchisi Vasko Nunez de Balboa Panama Istmusidan o'tib, Tinch okeanini ko'rdi va uni Janubiy dengiz deb atadi.
1521 yilda portugaliyalik dengizchi boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Ferdinand Magellan ning ma'lum bo'lgan birinchi o'tish joyi bo'lgan tinch okeani, keyin uni "tinch dengiz" deb nomlagan. 1565 yildan boshlab sayohat bilan Andres de Urdaneta va keyingi 250 yil ichida ispaniyaliklar transakifikatsiya savdosini nazorat qildilar Manila galleonlari kesib o'tgan Meksika uchun Filippinlar va aksincha, 1815 yilgacha. Meksika va Perudan qilingan boshqa ekspeditsiyalar turli arxipelaglarni topdilar Shimoliy va Tinch okeanining janubiy qismi. 17-18 asrlarda boshqa Evropa kuchlari Tinch okeaniga ekspeditsiyalar yuborishdi, ya'ni Gollandiya Respublikasi, Angliya, Frantsiyava Rossiya.
30. Atlantika okeanini o'rganish.
Atlantika okeani Bu suv hajmi bo'yicha dunyodagi ikkinchi o'rinda, Tinch okeandan keyin ikkinchi o'rinda turadi. U sayyoramizning butun yuzasining beshdan bir qismini egallaydi va uning kengayishi butun dengiz tubining taxminan 26 foizini egallaydi. U sun'iy ravishda ekvator bo'ylab, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika tomonlari o'rtasida bo'linadi.
Ushbu okean Amerika qit'asini (g'arbiy qismida joylashgan) Evropa va Afrika qit'alaridan (sharqiy qismida joylashgan) ajratib turadi. U shimoliy qutb zonasidan uzayib, Shimoliy Muz okeaniga tutashgan holda quruqlikdagi sohani qutbdan qutbga kesib o'tadi; janubiy qutbga, u erda Antarktika okeaniga to'g'ri keladi.
U asosan to'rtta suv havzasidan iborat. Markaziy suv yuzasi va 1000 metr chuqurlikda oraliq subantarktik suvdir. Chuqur suvlar Shimoliy Atlantika bo'lib, taxminan 4000 metr chuqurlikka etadi. Nihoyat Antarktika suvlari mavjud bo'lib, ular 4000 metr chuqurlikdan oshib ketishadi.
Geologik kelib chiqishi.
Paleozoy erasining oxiri va mezozoy boshida, taxminan uch yuz million yil ilgari, Pangeya deb nomlangan superkontinent mavjud edi. Yura davri mobaynida ushbu qit'ada yoriqlar paydo bo'lib, ular geologlar qadimiy Thetis okeani deb atagan narsadan Tinch okeanning g'arbiy qismigacha bo'lgan.
Ushbu yoriq bugungi kunda Shimoliy Amerika va Afrika qit'asini tashkil etuvchi materik massasi o'rtasida ajralish hosil qildi. Bular orasidagi bo'shliqni Tinch va Antarktika okeanlaridan tushgan sho'r suv to'ldirdi va shu bilan Atlantika okeanini hosil qildi.
O'lchamlari va yuzasi.
Atlantika okeanining yuzasi S harfiga o'xshash shaklga ega, uning hozirgi kengayishi taxminan 106,4 million km2, bu er yuzining taxminan 20% ni tashkil qiladi. Bu uni dunyodagi eng katta okeanga Tinch okeanidan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi.
Uning hajmi 354,7 million km3 atrofdagi dengizlarni hisoblash. Agar ular hisoblanmasa, Atlantika okeanining hajmi 323,6 km ga teng deb aytish mumkin.
Chuqurlik.
Atlantika okeani o'rtacha 3900 metr chuqurlikka ega. Bu katta darajada 3000 metr chuqurlikda joylashgan deyarli butun okean tubini qamrab olgan katta plato mavjudligidan kelib chiqadi.
Ushbu plato chetida chuqurligi 9000 metrdan oshishi mumkin bo'lgan bir necha chuqurliklar mavjud. Ushbu tushkunliklar Puerto-Riko hududiga yaqin joyda joylashgan.
Sho'rlanish.
Atlantika okeani dunyodagi eng sho'r hisoblanadi, har bir litr suv uchun taxminan 36 gramm tuz bor. Tuzning eng yuqori kontsentratsiyasi bo'lgan joylar shimoliy va janubiy kenglikning taxminan 25 darajasiga teng; Atlantika shimolida sho'rlanish darajasi past, chunki bu sohada bug'lanish ancha past.
Uning suvlari sho'r bo'lishining sababi oqimlarning oqimi. Shimoliy Atlantika okeanining sovuq yuzasi cho'kib, janubga Antarktida tomon siljiganida, u okean oqimlarining harakatlanish tartibini faollashtiradi.
Ushbu naqshga ko'ra Evropadan katta miqdordagi issiq suv kontinental sovutish ta'sirini kamaytirish uchun harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |