Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi mart “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fanlari oyligida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha HISOBOTI Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi mart “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fanlari oyligida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1-martdan 5-martgacha geografiya va iqtisodiy bilimasoslari fanlaridan kirish tetslari olindi.
Barcha tabiiy fanlar o’qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil etildi. Jumladan :
L.Mirzabayeva “Yaponiya xo’jaligi, transport va tashqi iqtisodiy aloqalari, ichki tafovutlari”, I.Turdaliyev 7-sinfda “Farg’ona tabiiy geografik okrugi”, G.Rahimova “Fizika darslarida optikaga doir masalalar yechish”, M.Ahmadaliyeva 7-A sinfda “Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish”, D.Qambarova
7-sinfda “Qushlarning xilma-xilligi: voha qushlari”, M.Usmanova 8-B sinfda “Ishlab chiqarish va uning omillari” , Sh.G’aniyeva 7-E sinfda “Metallmaslar va metallar. Murakkab moddalarning toifalanishi” mavzularida ochiq darslar tashkil etdi.
Biologiya fani o’qituvchisi Dilfuza Qambarova tomonidan 19-mat kuni “Tabiatni asraymiz” mavzusida 7-sinflar ichida (7-A va 7-B sinflar) intellektual bellashuv o’tkazildi. Unda biologiya fanidan devoriy gazeta tanlovida 7 - B sinf o’quvchilari g’olib bo’ldi . Biologiya fanidan bukletlar tanlovida esa 7 - A sinf o’quvchilari g’olib bo’ldi.
Lolaxon Mirzabayeva tomonidan 5-sinf o’quvchilari o’rtasida mart oyi birinchi yarmi davomida “Eng yaxshi qo’lda yasalgan geografik obyektlar” nomli maketlar tanlovi bo’lib o’tdi.
G eografiya fani o’qituvchisi Ibroxim Turdaliyev tomonidan esa 16-mart kuni fan oyligi doirasida “Geografiya bilimdonlari” nomli intellektual bellashuv o’tkazildi.
Ushbu intellektual bellashuvda 6- sinflardan tashkil topgan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
1. Niagara (6-A)
2. Tarnado (6-B)
3. Everest (6-D)
4. Pangeya (6-E)
Umumiy hisob yakunida 2 jamoaning ochkolar teng bo’lib qoldi.
Qiziqarli bo’lib o’tgan aql jangida 6-D sinfning Everest jamoasi yakunda 6-E sinfning Pangeya jamoasini ustidan g’alaba qozondi.
Ushbu bellashuvda g’oliblarni esdalik sovg’alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi hamda “Eng yaxshi qo’lda yasalgan geografik obyektlar” nomli maketlar tanlovi g’oliblarini ham taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
28-martdan 31-martgacha Tabiiy fanlar o’qituvchilari tomonidan chiqish testlari olindi.
F an oyligi yakunida faol ishtirok etgan sinflar hamda o’quvchilar fan o’qituvchilari tomonidan munosib rag’batlantirildi. Tashkil etilgan barcha tadbirlar va ochiq darslar ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritildi.
Fan oyligi hisoboti Namangan shahar xalq ta’limi bo’limining tabiiy fanlar uslub birlashmasi rahbariga topshirildi.
Maktab direktori: N.S.Muradova Uslub birlashma rahbari: Sh.N.G’aniyeva