Jahon aholisi soni dinamikasi
|
Yillar oralig’i
|
Yillar
|
1-milliard
|
...
|
1804 yilga kelib
|
2-milliard
|
123
|
1804-1927
|
3-milliard
|
33
|
1927-1960
|
4-milliard
|
14
|
1960-1974
|
5-milliard
|
13
|
1974-1987
|
6-milliard
|
12
|
1987-1999
|
7-milliard
|
14
|
1999-2013
|
8-milliard
|
15
|
2013-2028
|
9-milliard
|
26
|
2028-2054
|
10-milliard
|
129
|
2054-2138
|
Agar dastlabki 500 yilda (1000-1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko’paygan bo’lsa, 1500-1750 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko’rsatkich 288 millionni tashkil qildi, ya’ni aholining o’sishi 2 marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab aholining o’sishi yanada tezlashdi.
Dunyo aholisining 1000 yildan 2005 yilgacha bo’lgan o’sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko’paygan davr XX asrdir. 1900-1950 yillarda yer shari aholisi har yili o’rtacha 0,90% dan ko’paygan bo’lsa, 1950-2000 yillarda bu ko’rsatgich 1,75% ga yetdi.
XXI asrning dastlabki yillarida esa dunyo aholisi sonining ko’payish sur’ati birmuncha sustlashdi. 2000 – 2009 yillarda dunyo aholisining o’rtacha yillik ko’rsatgichi 1.42 % tashkil etmoqda.
Xozirgi davrda (2017 y) dunyo aholisi 7.5 milliardga yetdi.
3. Aholini ruyxatga olish jarayoni. Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo’yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug’ilish, o’lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma’lumotlar to’planib boriladi.
Aholini hisobga olishda to’plangan ma’lumotlarni aniqligi, to’la qamrovi va muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O’zbekiston aholisi soni tarkibi haqida ma’lumotlar to’planganida, tug’ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi, ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma’lumotlar aniq va har bir yil, davr uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.
Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatlari hisobga olinib, ma’lumotlar muntazam to’planib boriladi. Hozirgi davrda aholini hisobga olishning asosiy to’rt turi mavjuddir: aholi ro’yxati o’tkazish; demografik jarayonlarning doimiy ro’yxatga olish; tanlama va sotsiologik-demografik tadqiqotlar; aholining turli ro’yxatlari va registrlari. Aholini hisobga olishda eng asosiy va aniq manba – umumiy aholi ro’yxati o’tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |