Jahon aholisi yosh tarkibining dinamikasi
Yillar
|
Yosh guruhlari salmog’i, %
|
15 yoshgacha
|
15-65 yosh
|
65 yoshdan yuqori
|
1950
|
34,5
|
60,4
|
5,1
|
1975
|
36,9
|
57,4
|
5,7
|
1995
|
31,9
|
61,6
|
6,5
|
2000
|
31,0
|
62,2
|
6,8
|
2011
|
27,0
|
65,0
|
8,0
|
2014
|
26,0
|
66,0
|
8,0
|
2017
|
29,0
|
65,0
|
6,0
|
2. Aholining jinsiy tarkibi. Aholining jinsiy tarkibi, asosan uch omil ta’sirida shakllanadi: yangi tug’ilganlardagi jinsiy nisbat, o’limdagi jinsiy farq, hamda aholi migratsiyasidagi jinsiy farq. Statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha dunyo bo’yicha qiz bolalarga nisbatan o’g’il bolalar ko’proq tug’ilar ekan. Ma’lumotlar ko’rsatishicha dunyoda har 100ta qiz bolaga tug’ilgan o’g’il bolalar soni 104–107ni tashkil etadi. O’g’il bolalar salmog’ining qiz bolalarga nisbatan yuqorilgi ko’p hollarda15–20 yoshlarga qadar saqlanib boradi. Asosan 20–24 yoshlarda jinslar nisbatan tenglashadi. Undan keyin esa, asta-sekin jami aholi tarkibidagi erkaklarga qaraganda ayollar salmog’i ortib boradi. Bu hol qator omillar bilan bog’liqdir. Ularga bolalik davrida o’g’il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko’proq xastalanishi, baxtsiz xodisalar va erkaklarning o’ziga xos turmush tarzi kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, erkaklarning ko’p qismi yoshlik va o’rta yoshlik davrida og’ir mehnat bilan mashg’ul bo’lib, inson salomatligi uchun zararli bo’lgan alkogolizm, chekish kabi odatlar bilan shug’ullanadilar. Yuqorida keltrilgan turmush tarziga xos omillar, hamda xalqlar orasida, davlatlar orasida ro’y berib turadigan urushlar erkaklarning hayotdan barvaqt ko’z yumishiga olib keladi.19 Shunday bo’lsada aholi jinsiy tarkibining shakllanishi dunyo hududlarining har birida o’ziga xos hususiyatga egadir. Ushbu xususiyatlar, yuqorida qayd etilganidek, ana shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan ifodalanadi
Hozirgi davrda (XXI asr boshlari) sayyoramiz aholisining jinsiy mutanosibligi yosh guruhlari bo’yicha keskin farq qiladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, dunyodagi barcha davlatlarda ham 0–14 yosh guruhlarida o’g’il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko’proq ekan. Bu hol yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’g’il bolalarning ko’proq tug’ilishi bilan bog’liqdir. 15–64 yosh guruhlarida esa, ayollar va erkaklar salmog’i dunyo bo’yicha bir muncha tenglashadi va har ming ayolga 1020 erkak to’g’ri keladi. Lekin bu nisbiylik hamma qit’alarda ham bir xil emas. Yevropada – 1000, Osiyoda – 1049, Afrikada – 979, Amerikada – 990, Okeaniyada – 1039ta to’g’ri kelgan. O’zbekiston uchun mazkur ko’rsatkich 996tani tashkil etadi. 65 va undan yuqori yosh guruhlaridagi ayollarga yer yuzida 742, Yevropada 649, Osiyoda 879, Afrikada 889, Amerikada 741, okeaniyada 818, MDH tarkibiga kirgan davlatlarda 444 ta erkak to’g’ri keladi. O’zbekistonda bu ko’rsatkich 580tani tashkil etadi.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |