Aholi takror barpo bo’lishining 2 turi kuzatilayotgan qator davlatlarda aholining haddan oshib ko’payib borishi, ya’ni “demografik portlash” jarayonini oldini olish muammosi mavjuddir. Ushbu muammoni bartaraf etishda tug’ilishni nazorat etish uslubidan foydalaniladi. Davlat siyosati oilani demografik nuqtai nazaridan rejalashtirishga qaratiladi. Bunday siyosat Xitoy, Xindiston va qator rivojlanayotgan davlatlarda olib borilmoqda.
6. Demografik o’tish bosqichlari. “Demografik o’tish” tushunchasi hozirgi zamon demografiya fanida aholining takror barpo etish turlarining almashinuvini izohlash uchun qo’llaniladi. Mazkur tushuncha 1945 yilda amerikalik demograf F. Noutstayn tomonidan taklif qilingan, biroq demografik o’tishning dastlabki konsepsiyasi 1909 – 1934 yillarda fransuz demografi A. Landri tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, “demografik inqilob” terminini qo’llagan. Yuqorida qayd etilganidek, XIX asr oxiriga kelib shunisi aniq bo’ldiki, odamlarning tug’ilish va o’lish darajalari biologik qonunlar bilan emas, balki, ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, ayni vaqtda tarixiy rivojlanish jarayonida aholi takror barpo bo’lishi turlarining jiddiy sifat o’zgarishlari sodir bo’la boshladi.
XIX asrning oxirida aholi tug’ilishi va o’lim hollari biologik qonuniyatlargagina emas, balki sotsial shart-sharoitlar bilan bog’liq holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida aholi takror barpo bo’lishida chuqur o’zgarishlar yuz berdi. 1950 yillarga kelib, jamiyatda demografik jarayonlar (nikoh, tug’ilish va o’limni) boshqarish jarayoni keng tarqaldi. Jamiyat taraqqiyotida ro’y bergan yirik ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar, aholining demografik mayliga bevosita ta’sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda aholining farzandlar soniga bo’lgan munosabati o’zgardi. Ko’p bolalik o’rnini o’rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko’p farzandga bo’lgan talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi, ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’zgarib borishi bilan bog’liq holda kamaya bordi. Shuningdek, jamiyatda ilm-fanning, ayniqsa, tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o’rtasida o’limni keskin kamayishiga, o’rtacha umr ko’rish davrini esa uzayishiga sabab bo’ldi. Xomiladorlikni oldini oluvchi vositalar haqida bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalardan foydalanish esa keng tarqala boshladi. Qator davlatlarda tug’ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib turishi, o’limning esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o’sib borishiga sabab bo’ldi. Bu jarayon dunyodagi rivojlanayotgan davlatlarda 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonining tez suratlar bilan ko’payib borishini aholishunos olimlar “Demografik revolyusiya” yoki “Demografik portlash”, deb atadilar. Aholining bunday tez suratlar bilan ko’payib borishi har bir davlat uchun ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko’pgina davlatlar o’sib borayotgan aholi sonini cheklashga harakat qildilar. “Tug’ilishni nazorat etish” dasturi qabul qilindi va tug’ilish jarayoni ekzogen (“tashqi) omillar ta’sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo’lishi bir turdan ikkinchi turga o’ta boshladi. Ushbu holni yuqorida qayd etilganidek – “demografik o’tish”, deb belgilandi. Demografik o’tish jarayoni bosqichma – bosqich sodir bo’ldi.
Demografik o’tish konsepsiyalarining umumiy elementi bu uchta yirik tarixiy davrlarda o’zlashtiruvchi (agrar va industrial iqtisodiyot mavjud jamiyat) mos ravishda to’g’ri keluvchi demografik taraqqiyotning davrlashtirilishi. Shu bilan birga demografik o’tish konsepsiyalari o’zining kelib chiqish omillari va tahlil etish uslubiyotlari bilan farqlanadi. Bu hol demografik o’tish sabablari va omillariga, mexanizmiga, yakuniy natija va universalligi darajasiga bo’lgan qarashlarning turliligiga sabab bo’ladi.
Demografik o’tishning birinchi fazasida (u XX asr o’rtalariga kelib sanoati taraqqiy etgan davlatlar tomonidan tugatilgan) o’lim koeffitsientining pasayishi tug’ilish koeffitsientining pasayishidan oldin yuradi (ikkinchisi ba’zan umuman pasaymay, balki, o’sib borishi ham mumkin), natijada aholi tabiiy o’sishining koeffitsienti eng yuqori darajagacha ko’tarilishi mumkin.
Ikkinchi fazada o’lim koeffitsienti pasayishda davom etib, eng past darajaga etadi, biroq tug’ilish koeffitsienti undan ham tezroq pasaygani bois aholining o’sishi asta sekinlashadi.
Uchinchi fazaga aholi qarishi bilan bog’liq bo’lgan o’lim koeffitsientining ko’tarilishi va ayni vaqtda tug’ilishning kamayishi xos.
Uchinchi fazaning oxiriga kelib tug’ilish koeffitsienti aholining oddiy takror barpo bo’lishi darajasiga yaqinlashadi, o’lim koeffitsienti aholining oddiy takror barpo bo’lishi darajasiga yaqinlashadi, o’lim koeffitsienti esa bu darajadan pastligicha saqlanib turadi, chunonchi yosh strukturasi hali barqarorlashmagan va past o’lim xos bo’lgan yosh guruhlari mavjud.
Nihoyat, to’rtinchi fazada o’lim koeffitsienti ko’tariladi, tug’ilish koeffitsientiga yaqinlashadi, demografik barqarorlashish jarayoni tugaydi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar – 80-yillarda uchinchi fazaning yakunlovchi bosqichida bo’lsalar, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligi birinchi – ikkinchi fazaning boshlanish bosqichlarida turgani kuzatilgan. Shu sababdan dunyo miqyosida uchinchi fazaning tugatilishi XXI asr o’rtalaridan avval sodir bo’lmaydi.
4-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |