N-ma’lum davrdagi tug’ilganlar soni;
M-ma’lum davrdagi o’lganlar soni;
Masalan O’zbekiston Respublikasida aholi tabiiy o’sishini 2007 yil uchun yuqorida keltrilgan formula yordamida aniqlaymiz
N2016 - 726,2 ming
M2016 -154,8 ming
∆P2016 =726,2-154,8=571,4 ming.
Demak, O’zbekiston aholisi 2016 yilda tabiiy harakat asosida 571,4 mingga ko’paygan. Aholining absolyut tabiiy o’sishi 571,4 ming kishini tashkil etgan.
Aholi tabiiy o’sishini dunyo hududlari, davlatlar, alohida viloyat, tumanlar bo’yicha taqqoslashda uning nisbiy ko’rsatkichidan foydalaniladi. Absolyut ko’rsatkich asosida, hududlarni taqqoslab bo’lmaydi, chunki har bir hudud aholisining soni turlicha bo’lib, ulardagi tug’ilganlar, o’lganlar soni ham aholi umumiy soniga bog’liq bo’ladi. Aholi tabiiy o’sishining nisbiy ko’rsatkichi aholi tabiiy o’sish koeffisenti (K) orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |