Kasalliklar
Nazorat qilinmaydigan daryolar, ko'llar va suvlar suzuvchilar va oshqozon-ichak kasalliklari bilan cho'milayotganlarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishi mumkin. Oshqozon-ichak trakti kasalliklari sabab bo'ladi Escherichia Coli toza suvda va Enterokokklar najaslari toza va dengiz suvida. Suv sifatini o'lchash uchun qiymatlar diapazoni 100 ml uchun 30 indikator o'rtasida tebranadi. Turistik va ko'ngilochar tadbirlarga ta'siri Suv havzalariga tashlangan qattiq va suyuq chiqindilar uning rekreatsion maqsadlarda ishlatilishiga salbiy ta'sir qiladi. Suvda rekreatsiya faoliyati cheklangan, chunki iflos suvlarda bu sog'liq uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Shuningdek, ifloslantiruvchi moddalar sababli yomon hid va landshaftning yomonlashishi sayyohlik qiymatini cheklaydi.
Aholi ko'payib borar ekan o'z ehtiyoji uchun turli sanoat korxonalarini qayta ishlash texnologiyalarini yaratadi, qishloq xo'jaligini rivojlantiradi oxir-oqibat atmosferaga tuproqqa, suvga juda ko'p miqdorda ingridentlar tashlaydi. Ingridentlar turli korxona yo'nalishi va tashlanadigan suvlar tarkibiga ko'ra har xiI bo'ladi.
Kommunal - maishiy korxonalari suvga butun azot guruhi, xloridlar, sulfatlar va neft mahsulotlarini tashlaydi. Yengil sanoat korxonalari suvga neft mahsulotlari. azotli
minyerallaming barchasini va fosfatlami tashlaydi. Tog' - kon qazib olish va ularni qayta ishlash tashkilotlari. Atrofga suvga neft mahsulotlari, og'ir metallar rux, kadmiy. molibden, marganets, mishyak va boshqalami suvga tashlaydi. Kollektor zovur suvlari yordamida yaxshi tuproqqa ko'p miqdorda mineral tuzlar tashlanadi.
O'tkazilgan tekshirishlaming natijasiga ko'ra suvni ifloslantiruvchi toksik moddalarni Qashqadaryo, Farg'ona va Xorazm viloyatlari eng ko'p miqdorda chiqaradi. Hali ko'p sanoat korxonalarida iflos suvni tozalaydigan maxsus qurilmalar yo'q, shaharlaming oqova suvlari ham juda ko'p suvlarni ifloslantiradi. Respublikada har yili 500 dan ziyod suvdan foydalanuvchi tashkilotlar 6000 million m3 dan ortiq suvni tashlaydi. Ayrim sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlaming 60- 65%ni tozalashni talab qilmaydigan oqova suvlar guruhiga kiradi. Masalan, baliq boqiladigan hovuzlaming suvlari, elektr stantsiyalarida foydalanilgan suvlar juda iflos hisoblanmaydi. Shahar kommunal xo'jaligidan keladigan suvlar tozalanishi qiyin bo'lgan suvlar hududiga kiradi. Ammo bunday suvlar faqatgina katta shaharlarda mavjud bo'ladi. Suvni eng ko'p ifloslantiruvchi manbalar sanoat korxonalari hisoblanadi, garchi ularning ulushiga toza suvni 20% gacha ifloslantirish kiradi. Ular og'ir metall va toksik moddalarni suvga olib keladi. Kichik tuman va shaharlardagi kanalizatsiyalar deyarli ishlamaydi, suvni tozalash inshootlari hatto qurilmagan yoki borlari ham qoniqarsiz ishlaydi, tozalanmagan suvlar toza suvlarga qo'shilib ichimlik suvlarini ifloslantiradi. Natijada turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi, oshqozon - ichak kasalliklari ko'payib o'oIab odamlar mehnat qobiliyatlarini yo'qotadi. Ichimlik suvning suv quvurlari orqali taqsimlanishi natijasida oshqozon ichak kasalliklari tez tarqalishi mumkin. Hali aholining suv quvurlaridan foydalanishi to'liq yo'iga qo'yilmagan, katta shaharlarda ham suvni qovur orqali berish ham to'la yo'lga qo'yilmagan. Suvni quvur orqali berish Navoiy viloyati 69%, Samarqand viloyatida 70%, Jizzax viloyatida 72%. Qoraqolpog'iston respublikasida 76% ni tashkil qiladi. Yer usti suvini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri transport tashkilotlari va avtomobillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |