Bularning barchasi shahar landshaftining biologik faolligini oshirishning muhim omili bo’ladi va shahardagi tuproqlar holatini ancha yaxshilashga imkon beradi.
Nazorat savollar
Litosfera va uning tuzilishi.
Tuproqlarnidegradatsiyaga olibkeluvchi omillarnimalardan iborat?
Dehqonchilik va uning natijasida tuproqlarda vujudga keladigon salbiy oqibatlar.
Ma’ruza 15-16. Inson hayotida suvning ahamiyati. Sanoat chiqindi suvlarining sanitar gigitnik holati – 4 soat.
Reja
Shahar suvlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Suv orqali kelib chiqadigan kasalliklar
Suvlarni tozalash usullari.
Tayanch iboralar:kanalizatsiya,ichak tayoqchasi, bakteriya, mikrop, vodoprovod, zaharli birikmalar, fiziologik extiyoj, ich burug’, gepatit, qorin tifi.
Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko‘l, daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o‘zichiga olgan Yerning suv qobig‘i tushuniladi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo‘lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir.
Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo‘lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv bug‘lari va tuproq namligining ahamiyati katta. Dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslar sirasiga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Inson bevosita ishlatishi mumkin bo‘lgan suv zaxiralari tugaydigan va tiklanadigan resurs hisoblanadi. Gidrosferadagi barcha suvlarning 97,2 foizi Dunyo okeani-ning sho‘r suvlariga to‘g‘ri keladi.
Suv tirik organizm uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, inson organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. Organizmda kechayotgan biokimyoviy jarayonlarda suv faol qatnashadi. Inson organizmida suv miqdorini 12 foizi yo‘qotilsa, kishi halok bo‘ladi. Inson organizmi ortiqcha hosil bo‘lgan energiyani (terlash) suv bug‘latish orqali chiqarib yuboradi. Suv har xil tirik organizmlarning tana vaznini turli xil foizlarda tashkil etadi. Ba’zi organizmlarning (suv o‘tlar) tana vaznini 98 foizini suv tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari, organizm o‘ziga kerakli eng muhim elementlarni suv orqali oladi. Masalan: yod, ftor, magniy, kaliy, kalsiy kabilarni. Suv tarkibida mazkur elementlarni yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi kishi organizmida kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan ichimlik suviga turli xil davlat talablari qo‘yiladi. Kishilarni yashash joylari iqlimiga qarab suvga bo‘lgan sutkalik ehtiyojlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan: kishi boshiga sutkalik suvga bo‘lgan talab iste’mol uchun 2,5-3 litrni tashkil etadi. Ammo iqlimi issiq mamlakatlarda bu miqdor 2-3 hissa oshishi mumkin. Suv iste’mol qilish mehnatning og‘ir-yengilligiga ham bog‘liq.
Cho‘l zonalarida sutkalik suvga bo‘lgan talab 11 litrgacha yetishi mumkin. Demak, tirik organizm fiziologik ehtiyojlar uchun sarflangan suv o‘rnini doimo to‘ldirib turishga majbur.
Suvdan faqat fiziologik ehtiyojni qondirishda emas, xo‘jalikda boshqa turli maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ko‘rinib turibdiki, suvning fiziologik normasi emas, balki ekologik normasi ham mavjud. Uy-joylarni toza tutish, yuvinish, kir yuvish kabilar uchun ancha suv talab etiladi. Suvni shu maqsadlar uchun ortiqcha isrof qilmay sarflanishi ekologik madaniyatni yuqoriligidan darak beradi.
Kishilar sarflaydigan suv miqdori iqlimga, aholining madaniy-maishiy sharoitiga, kanalizatsiya va vodoprovod tarmoqlari bilan ta’minlanganiga hamda bir qancha boshqa omillarga ham bog‘liqdir(7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |