Shaharlarda sanoatlarni qanday zonalarda qurish lozim?
Sanoat korxonalarini joylashtirishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Dunyoning eng ifloslangan shaharlarini sanang.
Sanoat korxonalarini qurilishida chiqindilar qayerga tashlanishga e’tibor berish lozim?
Sanoat korxonalari atrofida qanday ob’yektlar joylashishi lozim?
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
“Shahar va sanoat ekologiyasi”fani bo’yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Shahar va sanoat ekologiyasi”fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini hamrab olgan va quyidagi 8 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
yangi texnikalar, texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganish;
talabaning o‘quv-ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va avzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslublaridan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Mustaqil ishlash uchun talabalarga ekologiya, biologiya va geografiya asoslari, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, atrof-muhit monitoringi, tabiatni muhofaza qilishga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lgan turli adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ishlash uchun beriladigan mavzular va ishlar individual xarakterda bo‘lib, talabalarning o‘qitish metodikasini chuqurroq o‘rganishga qaratilgandir.
Mustaqil ish uchun belgilangan mavzularni talabalar mustaqil ravishda ko‘rsatilgan adabiyotlar yordamida o‘zlashtirib joriy, oraliq nazorat shaklida yoki darslardan tashqari vaqtda referat, yoki muloqot tarzida topshiradilar.
1. Shaharlarning rivojlanishi tarixi.
2. Yirik shaharlarning shakllanishi.
3. Shahar va ijtimoiy muhit.
4. Shahar-sun’iy ekosistema.
5. Urbanizatsiya jarayonining tabiatga ta’siri.
6. Shaharlar sonining ortishi.
7. Shaharlarga qo‘yiladigan ekologik talablar.
8. Shaharlarning funksional zonalarga bo‘linishi.
9. Urbanizatsiya va inson salomatligi.
10. Shahar havosi va unga qo‘yiladigan talablar.
11. Atmosfera havosining sun’iy ifloslanish sabablari va oqibatlari.
12. Shahar havosining aholi salomatligiga ta’siri .
13. Shahar yerlarining holati.
14. Shahar suvlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
15. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.
16. Shaharchiqindilari muammolari.
17. Maishiy chiqindilarni qayta ishlash.
18. Shaharliklarning ekologik madaniyati.
19. Ekologik boshqaruv va ekologik menejment.
20. Shahar ekologiyasining iqtisodiy-huquqiy aspektlari.
21. Shahar zonalarini ko‘klamzorlashtirish va obodonlashtirish.
22. O‘simliklarni shamolni to‘sishdagi ahamiyati.
23. Sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’siri.
24. Ifloslantiruvchi moddalarning turlari.
25. Sanoatning atmosferaga ta’siri.
26. Sanoat korxonalari zararli ta’sirini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari.
27. Oqova suvlarni tozalash.
28. Qattiq chiqindilarning utilizatsiyasi.
29. Sanoat chiqindilarini qayta ishlashning zarurati.
30. Sanoat korxonalarining ruhsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlari.