Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet58/84
Sana13.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#787173
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
Shahar sanoat majmua

Nazorat uchun savollar


1. Ekotizim nima va bu termin qachon kim tomonidan fanga kiritilgan?
2. Ekotizimning tarkibini nimalardan iborat?
3. Shahar ekotizim bila tabiiy ekotizim o’rtasida qanday o’xshashlik va farqlar mavjud?
4. Shahar muhitida yashil maydonlar hosil qilish tizimi qanday?
5. Shahar ekotizimi zonalari haqida ayting?
4- SEMINAR MASHG’ULOT


MAVZU: Urbanizatsiya jarayoni va uning ekologik oqibatlari

Urbanizatsiya (fransuzcha urbanisation, inglizcha urbanization, lotincha urbanus — shaharga mansub, urbus — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Urbanizatsiya — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Urbanizatsiyaning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.


Dastlabki shaharlar mil. av. 3-1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik ishlab chiqarish unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.
Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axolisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiya hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
urbanizatsiyaning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq.
Urbanizatsiya jarayoni ikki bosqichdan o'tdi. Birinchisi shahardagi qishloq aholisining katta ko'chmalari, yirik shaharlarda tashkil etilgan shaharlar, kontsentratsiya va iqtisodiy, madaniy salohiyatni to'plash, jamg'armalar soni, kontsentratsiyasi va to'planishi. Ikkinchi bosqichda shahar madaniyatining ommaviy axborot vositalarida (bosma, radio, televidenie) va kichik shaharlar va qishloq aholi punktlari tomonidan rivojlanishi orqali shahar madaniyatining belgilangan standartlari tarqatilmoqda. Urbanizatsiya aholi punkti xususiyatini tubdan o'zgartirdi - uning nuqta shakli akglomeratsiyalar bilan almashtirildi.
Urbanizatsiya jarayonlarining asosiy natijalari quyidagilar bilan bog‘liq:
- barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;
- aholi turmushining sifati yaxshilash va darajasini ko‘tarish; 
- uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlari qurilishini keng miqyosda amalga oshirish;
- yer uchastkalaridan samarali foydalanish;
- shaharlarni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda kompleks rivojlantirish;
- industrial-innovatsion rivojlanishning ustuvor vazifalarini hal etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llash;
- katta, o‘rta va kichik shaharlar rivojlanishini maqbullashtirish;
- shahar aglomeratsiyalari orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning samarali shakllarini tatbiq etish;
- shaharlarda sanoat zonalari, texnoparklar, innovatsiya markazlari tashkil etish.
Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha jahon amaliyotining tahlili va undan chiqadigan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur, Hindiston va boshqa mamlakatlarda aniq maqsadga yo‘naltirilgan urbanizatsiya siyosati faol sanoatlashuv, shaharlarni kompleks rivojlanishini rag‘batlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, aholi turmush sharoitini izchil oshirib borish, doimiy va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, yer islohotlarini amalga oshirish va yer uchastkalari bozorini shakllantirish kabi qator chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda olib borilgan. Ko‘pgina boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lgan urbanizatsiyaning barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, urbanizatsiya darajasining 1 foizga ortishi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining Xitoyda 10 foizga, Hindistonda esa 13 foizga o‘sishini ta'minlagan. BMT prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, jahonda shahar aholisining ulushi 2018 yildagi 55,3 foiz o‘rniga, 2030-yilga borib 60,4 foizga yetadi. Shahar aholisining nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatiladi. Urbanizatsiyani belgilangan vaqtdagi o'ziga xos shart (masalan, shaharlardagi yoki aholi punktlaridagi umumiy aholi yoki maydonning ulushi) yoki vaqt o'tishi bilan ushbu holatning o'sishi sifatida ko'rish mumkin. Shu sababli, urbanizatsiyani yoki shaharning rivojlanish darajasiga ko'ra aholining umumiy soniga nisbatan yoki sifatida belgilanishi mumkin stavka unda aholining shahar ulushi ortib bormoqda.
Urbаnizаtsiya jаrаyoni vа uning ekоlоgik оqibаtlаri Dunyo аhоlisining sоni XVII аsr o’rtаlаrigа kеlibginа 0,5 mlrd.gа yеtgаn, XIX аsr o’rtаlаridа qаriyb 200 yildаn so’ng 1 mlrd.ni tаshkil etdi. Umumаn, Dunyo аhоlisi sоni 1mlrd. Bo’lishigа 1000000 yil lоzim bo’lgаn bo’lsа, 2 mlrd. uchun 80 yil, 3 mlrd.gа 30 yil, 4 mlrd.gа 15 yil, 5 vа 6 mlrd. Bo’lishigа 12-13 yil kifоya qildi. Hоzirgi dаvrning хususiyatlаridаn biri urbаnizаtsiya jаrаyonining jаdаllаshuvi hisоblаnаdi. Dunyo bo’yichа urbаnizаtsiya dаrаjаsi turlichа, mаsаlаn, Yevrоpаdа -73foiz, Shimоliy Аmеrikаdа 75 foiz, Rоssiyadа 74 foiz. Umumаn dunyo bo’yichа urbаnizаtsiya dаrаjаsi o’rtаchа 45 foiz tаshkil etаdi. Shаhаr o’zigа хоs dunyo, u mахsus shаhаr muhitini hоsil qilаdi. Shаhаr muhiti vа uning tаriхiy rivоjlаnishi аsоsiy tаrkibiy qismlаri vа ulаrgа tа‘sir qiluvchi оmillаrni o’rgаnuvchi yangi bilim sоhаsi urbаnizаtsiya yoki shаhаr ekоlоgiyasi dеyilаdi. Urbаnizаtsiya jаrаyoni bir tоmоndаn аhоlining turmush tаrzini yaхshilаsа, ikkinchi tоmоndаn tаbiiy tizimlаrni siqib chiqаrаdi, ulаr o’rnidа sun‘iy tizimlаr bаrpо etilаdi. Nаtijаdа, аtrоf-muhitning iflоslаnishi, tirik оrgаnizmlаrgа kimyoviy, fizik vа ruhiy tа‘sirlаr оrtib bоrаdi. Shаhаrlаr birbirlаri bilаn qo’shilib kеtib, yirik o’tа urbаnizаtsiyalаngаn hududlаrni kеltirib chiqаrаdi. Bundаy hududlаr оdаtdа mеgаpоlislаr dеb nоmlаnаdi. Kаttа Nyu-Yоrk mеgаpоlisi 16 mln.аhоli sоnigа egа. Yirik shаhаrlаr dеyarli tаbiiy muhitni, ya‘ni аtmоsfеrа, tuprоq, o’simlik vа hаyvоnlаr, Yer оsti suvlаri, iqlim, хuddi shuningdеk, Yerning elеktr, mаgnit vа bоshqа fizik mаydоnlаrini o’zgаrtirib yubоrdi. O’zbеkistоn Rеspublikаsidа 120 shаhаrlаr mаvjud bo’lib, ulаrdаn 89 tаsi kichik, 50 ming аhоli sоnigа egа. 14 tаsi 50 mingdаn 100 mingаchа аhоli sоnigа egа. 13 tаsi ulаrdа 100 mingdаn 250 ming tagаchа аhоli yashаydi. Doimiy yashovchi axoli soni Rеspublikа pоytахti Tоshkеnt eng yirik shаhаr bo’lib, uning аhоlisi 2,2 milliоndаn оrtiq. Tоshkеnt shаhri аhоlisi yuqоri zichlikkа egа bo’lgаni uchun uning muhitigа yuqоri ekоlоgik tаzyiq ko’rsаtilаyotgаni kuzаtilmоqdа. Shаhаr аhоlisigа аtrоf-muhitning iflоslаnishi kаttа хаvf sоlаdi. Аtmоsfеrаning iflоslаnishi nаtijаsidа turli хil kаsаlliklаr kеlib chiqаdi. Yurаk-qоn tоmir, brоnхit, аstmа, аllеrgik vа ruhiy kаsаlliklаr shаhаr qurulish sоhаsining eng muhim vаzifаsidir. Shаhаrlаr qurilish sоhаsining rivоjlаnishi оdаmlаrning sаlоmаtligi, uzоq umr ko’rishi hаmdа ijоdiy fаоliyat ko’rsаtishi kаbilаrgа kаttа tа‘sir etаdi. Chunki shаhаr аhоlisining sаlmоg’i yildаn-yilgа оrtib bоrmоqdа. Urbаnizаtsiyaning jаdаl rivоjlаnishi Yer yuzаsidа ekоlоgik vаziyatning murаkkаblаshishigа tа‘sir ko’rsаtmоqdа. Urbаnizаtsiya tufаyli shаhаrlаrdа grunt, rеlyеf, tuprоq, yеr оsti suvlаri, аtmоsfеrа hаvоsi, o’simlik qоplаmi, hаyvоnоt dunyosi, hаttо iqlim ham o’zgаrаdi. Аynаn shu sаbаbli shаhаrlаrdа nаfаqаt hаrоrаt, nisbiy nаmlik, quyosh rаdiаtsiyasi, bаlki, Yerning issiqlik, grаvitаtsiya, elеktr hаmdа mаgnit mаydоnlаri хususiyati hаm sеzilаrli dаrаjаdа o’zgаrаdi. Kеyingi vаqtlаrdа yirik shаhаrlаrning bаrpо bo’lishi аhоlining fiziоlоgik vа ijtimоiy hаyotidа qаtоr nоqulаyliklаrni kеltirib chiqаrmоqdа. Shu tufаyli АQSH, G’аrbiy Yevrоpа vа Оsiyoning qаtоr mаmlаkаtlаridаgi yirik shаhаrlаrdа (xususаn Tоkiоdа) shаhаr аhоlisi sоni tоbоrа kаmаyib bоrmоqdа. Chunki yirik shаhаrlаrdа аtrоf-muhitning iflоslаngаnligi, kishilаrning tаbiаtdаn аnchа yirоqlаshib kеtgаnligi, insоn umrining ko’p qismini turli qurilmаlаr qurshоvidа ortishi yorug’lik (quyosh nuri) hаmdа kislоrоd tаnqisligigа sаbаb bo’lmоqdа. Umumаn, tibbiyot tаdqiqоtlаri shаhаr аhоlisi o’rtаsidа o’lim ko’rsаtkichlаri аnchа yuqоri ekаnligini ko’rsаtаdi. Аhоlisi 1 mln. vа undаn оrtiq bo’lgаn shаhаrlаrdа rаk kаsаlligigа chаlingаnlаr qishlоq jоylаrdаgigа nisbаtаn ikki bаrоbаr оrtiqligi, brоnхit kаsаlligi esа аnchа kеng tаrqаlgаnligi mа‘lum. Yirik shаhаrlаrdа ekоlоgik hоlаtning yomоnlаshuvi turli kаsаlliklаrning аvj оlishi uchun ko’pginа qulаyliklаrni tug’dirаdi.
Urbanizatsiyaning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼni Urbanizatsiya jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmoqda. 1950 y. dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960 y. bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970 y. 37,4%, 1980 y. 41,1%, 1990 y. 45,8% va 2000 y. 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda U. jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000 yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi. Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda Urbanizatsiya jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qadimgi shaharlar bilan birga 20-asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan shaharlar ham mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. Shaharlarni rivojlantirish amaliyoti ijtimoiy muammolar faqat aholining manfaatlarini hisobga olish asosida hal qilinishi mumkinligini tobora kuchaytirmoqda. Mavjud bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, hududiy, ijtimoiy va madaniy tadbirlarning alohida shaxslari manfaaatlarini samarali uyg’unlashtirilmagan.Shaharlarning ijtimoiy rivojlanishining muhim miqyosida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish va aholining kundalik faoliyati uchun zarur tashkilotlar yaratadigan tashkilotlar va institutlar. Mamlakat shahar darajasidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni har tomonlama hal qilish tajribasiga ega. Biroq, ko'p shaharlarning chiqishi bir-biridan juda farq qiladi. Ba'zi g'ayrioddiy funksiyalardan ozod qilinganda, ular infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha shahar ma'murlari e'tiborining diqqat markazida, aholining shoshilinch ehtiyojlarini tejash uchun ijtimoiy, ijtimoiy ishlarga qarshi chiqish ehtiyojlaridan ozod qilindi. Ammo bu shaharlarning vakolatli vakillari sifatida, shu vaqtning o'zida haqiqiy huquqiy va moliyaviy bazaga ega bo'lgan shaharlarning ahdini isloh qilish va aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashuv mablag'larni taqsimlash va rejalashtirishda mahalliy hokimiyatlarning rolini ko'tarishga imkon beradi. Tadqiqotning ishonchli tomonlari, uy-joy fondlari, madaniy va maishiy institutlar, korxonalar va tashkilotlarga tegishli bo'lgan muhandislik inshootlari va aloqalari, shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha moliyaviy va moddiy resurslari qulay shart-sharoitlarni yaratishini bildirmoqda Shaharning barkamol rivojlanishi, rezidentlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqarli qondirish uchun ijtimoiy farovonlik va barqaror ijtimoiy kayfiyatni yaratish.
Urbanizatsiya jarayoni ikki bosqichdan o'tdi. Birinchisi shahardagi qishloq aholisining katta ko'chmalari, yirik shaharlarda tashkil etilgan shaharlar, kontsentratsiya va iqtisodiy, madaniy salohiyatni to'plash, jamg'armalar soni, kontsentratsiyasi va to'planishi. Ikkinchi bosqichda shahar madaniyatining ommaviy axborot vositalarida (bosma, radio, televidenie) va kichik shaharlar va qishloq aholi punktlari tomonidan rivojlanishi orqali shahar madaniyatining belgilangan standartlari tarqatilmoqda. Urbanizatsiya aholi punkti xususiyatini tubdan o'zgartirdi - uning nuqta shakli akglomeratsiyalar bilan almashtirildi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish