Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Torf botqoqliklarining rivojlanishi



Download 5,64 Mb.
bet48/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

4. Torf botqoqliklarining rivojlanishi.
Botqoqlik suv oqimlari daryochalar va irmoqlar kabi torflangan hamda botqoqlashgan birlamchi suv oqimlari va botqoqlik hosil bo’lishi bilan shakllangan ikkilamchi suv oqimlariga bo’linadi. Ikkilamchi suv oqimlarida suvning oqimi juda sekin, suv sarfi esa juda kam.
Torflar botqoqliklari – o’ziga xos botqoqlik suv obyektlari bo’lib, ularga kuchli namlangan uchastkalar kiradi. U yerda faol qatlam bo’lmaydi va yer osti suvlari torf qatlamidan yuqorida bo’ladi.
MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR

  1. Botqoqliklar qayerda va qanday paydo bo’ladi?

  2. Torf botqoqliklari deb qanday botqoqliklarga aytiladi va ularning qanday ahamiyati bor?

  3. Botqoqlanish jarayoni qanday tartibda boradi?

M A ‘ R U Z A – 10.
Mavzu: Yer osti suvlarining paydo bo’lishi va gidroekologik xususiyatlari - 2 soat.
R E J A.

  1. Yer osti suvlarining joylashuvi va yer ostida tarqalishi

  2. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi

  3. Yer osti suvlarining fizik va kimyoviy xossalari



TAYANCh IBORALAR
Gidrodasiya, digradasiya, infiltrasiya, kondensasiya nazariyasi, daydi suvlar, iffat suvlari, kondensasion nazariya, infiltrasion nazariya, zarrabilsimon ko’rinish, tabaqalar oralig’idagi bosimli suvlar, bosimsiz suvlar, skvajina, artizian havzasi, chuchuk suvlar, sho’rxok suvlar, namakob suvlar, umumiy kislotali agressivlik, sulfatli agressivlik, karst suvlari.
1. Yer osti suvlarining joylashuvi va yer ostida tarqalishi.
Suv – tabiatdagi eng bebaho hazina mo’jizasi, qolaversa yerning eng keng tarqalgan mineral moddasi. Darhaqiqat, jamiki jonzotning tirikligi, hayotning mavjudligi suv – tabiat in’om etgan eng bitmas tuganmas hazina tufaylidir. Shuning uchun mashhur olim A.P.Korjinskiy suv yerning eng qimmatli tabiiy va foydali qazilmasi bo’lib, usiz insoniyat na yashay oladi, na rivojlanadi degan edi.
Suv – bu dengizlar, ko’llar, daryolar inson qo’li bilan yaratilgan suv omborlari, suv – turli shaklli bulutlar, yomg’ir tomchilari, qor, muzlar. Suv yer yuzasida va yer ostida mavjud. Barcha o’simlik va hayvonlar ham asosan suvdan iborat. Sahro cho’llarning ham o’z go’zalligi mavjud, sababi oz bo’lsada yashirin holatda bo’lsa-da suv bor. U yer ostida bo’lib uni ko’zga ko’rinmas okean, beshinchi okean, yashirin hazina deyish mumkin.
Yer osti suvlari quruqlikdagina emas, balki yer yuzasida dengiz va okean suvlarini tubida, qatlamlar ostida ham mavjuddir.
Dune okeani suvining hajmi har xil manbalarda turlicha, o’rtacha 1,3-1,4 mlrd.km3ni tashkil qiladi. Yer osti suvlari asosan yerning qattiq qobig’i ichida – yer po’stida, tog’ jinslari asosida ularning tarkibida va yoriqlarda joylashgan, sababi ko’pgina tog’ jinslari, qushlar, qumtoshlar va boshqalar o’ziga xos g’ovaklari va bo’shliqlarga ega bo’lib, ular orqali suv bemalol suzilib oqaveradi. Ular yaxlit suv massasini tashkil etmaydi. Yer osti suvining afzalligi shundaki, u odamlar tashnaligini qondiribgina qolmay, balki inson aqli tufayli ekinzorlarni bog’-rog’larni ham yashnatib kelmoqda. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi, yotish sharoitlari, harakatlanish qonunlari, zapaslari, xo’jalikdagi mohiyatini, atmosfera va yer yuzasi suvlari bilan o’zaro bog’liqligini «Gidroekologiya» fani o’rganadi. Gidro-suv, geo-yer, logos-fan so’zlari birikmasidan tashkil topgan.
2. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi.
Gidroekologiya geologiya fanining maxsus sohasi bo’lib hisoblanadi. Gidroekologiyaning asosiy vazifasi beshinchi okeanni, ya’ni yer osti suvlari – yashirin xazinani o’rganishdan iboratdir.
Akademik D.Sh.Щyerbakovning fikricha oldiniga suv Yer planetasini tekis qalinlikda qoplagan. Keyin cho’kmalarda dengiz va okeanlar paydo bo’lgan, daryolar oqa boshlagan, keyinchalik dastlab paydo bo’lgan qoyatoshlar ustini uvalanuvchi cho’kindilar qoplagach, suv asta sekin yer ostiga singib borgan.
Gidrodasiya – suvda eriydigan modda zarrachalarining suv molekulalari bilan bog’lanish jarayoni.
Digradasiya – mineral va tog’ jinslarining suvsizlanish jarayoni.
Yer osti suvlarining paydo bo’lishi to’g’risida olimlar qadim zamonlardan beri fikr yuritgan, olimlarning asosiy fikr va ba’zan fantastik qarashlari bilan bir qatorda, ma’lum darajada to’g’ri tushunchalar ham bor. Masalan: Mark Vituviy Paliy yer osti suvlari yog’in suvlarining yer bag’riga shimilishi natijasida hosil bo’lgan deb fikr yuritgan. Keyinchalik bu fikr ko’pchilik olimlar tomonidan rivojlantirildi va hozirda bu fikr infiltrasiya deyiladi. Boshqa bir guruh mutaxassislar yer osti suvlari atmosfera tarkibidagi suv bug’larining kondensasiyalanishidan hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Aristotel ham (III asr) yer osti suvlari kondensasiya hodisasi natijasida hosil bo’ladi deb faraz qilgan. Biroq u atmosfera havosi tog’ jinslari yoriqlari orasiga kirib, u yerda kondensasiyalanib suvga aylanadi deb hisoblangan. Shu sababdan bu nazariya kondensasiya nazariyasi nomini oldi.
Yog’in suvlarining yer qatlamlari orasiga sizib kirishi va atmosfera havosidagi suv bug’larining kondensasiyalanishi hisobiga hosil bo’lgan yer osti suvlari hozirda daydi suvlar deyiladi.
XX asr yer osti suvlari yer po’stlog’ining chuqur qismlarida ham hosil bo’lishligi haqida gipoteza tarqala boshladi. Bu E.Zyuse gipotezasidir. Bunga asosan olovli magmaning tarqalishida gazsimon mahsulotlar ko’p bo’lib, magmaning asta-sekin sovushida ular ajralib chiqadi. Gazsimon mahsulotlar oralarida suv bug’lari joylashgan va magmaning harorati pasaygandan so’ng suv bug’lari kondensasiyalanadi va suv tomchisiga aylanadi. Bular buloqlar shaklida yer yuzasiga chiqadi. Bunday suvlar yer osti iffat suvlari deyiladi.
Yer osti suvlarining paydo bo’lish masalasini 1 chi marta rus fizik tuproqshunosi A.F.Lebedev (1907-1919) yillardagi tajribalarida deyarli to’g’ri yechib bergan A.F.Lebedev 1907-1919 yillar davomida sinchiklab o’tkazgan eksperimental tekshirish natijasida hozir ham o’z mohiyatini yuqotmagan nazariy qoidani ishlab chiqdi. U yer osti suvlari paydo bo’lishini kondension va infiltrasion nazariyalar orqali tushuntirdi.
Atmosfera haroratining sutkalik keskin o’zgarishi bu jarayon uchun katta qulaylik yaratadi. Infiltrasiya nazariyaga binoan atmosfera yog’inlari yer qatlamlariga sizib kiradi va yer osti suvlari uchun manba vazifasini o’taydi. Bu nazariyani ham Lebedev asoslagan.
Atmosfera yog’inlarining yerga sizib kirish tezligi bir xil bo’lmay maxalliy sharoitga, yog’inning miqdoriga, turiga va yer po’stlog’idagi qatlamlarning litologik tuzilishiga bog’liq.. Atmosfera yog’inlari ko’p bo’lsa, u gravitasion suv shaklida tuproqda to’xtalib sekin oqa boshlaydi va bug’lanish bo’lmaydigan chuqurlikkacha kirib boradi. Shu tariqa yer osti suvlari ta’minlab turiladi. Daryo o’z etaklarida nuroq materialni ko’p miqdorda qoldirib ketadi va uning o’zani sekin-asta ko’tarila boradi.
Bizga uch xil holatdagi suv ma’lum; bug’, qattiq (muz), suyuq holatdagi. Yer osti suvlari sathidan to yer yuzasigacha bo’lgan qatlamda tog’ jinslarining mayda, hatto ko’zga ko’rinmas bo’shliqlarini suv bug’lari egallaydi. Ular yuqoridan pastga tomon o’tib kondensasiyalanadi va fizik bug’li suvni hosil qiladi. Qattiq va muz holatidagi suvlar yer po’stida asosan doimo muzloq jinslar qalinligida (1,5 km.gacha chuqurlikda yotadi) uchraydi.
Yer osti suvlarining yuza suv deb ataladigan turi yer yuzasining uncha chuqur bo’lmagan aerasiya zonasida ma’lum maydonlarda zarrabilsimon ko’rinishda hosil bo’ladi. Yuzasuv yog’ingarchilik davrlarida yuqolib ketishi ham mumkin. Aksariyat qumli massivlarda dengiz va okean sohillarida hamda orollarda suv singib o’tishi yoki atmosfera yog’inlarini shimilishidan paydo bo’ladi.
Yer yuzasidagi suv tuproqqa singishi bilanoq yerning chuqur qismigacha suvni nihoyatda sust o’tkazadigan qatlamgacha bora oladi, so’ngra shu qatlam ustida to’planib grunt suvlari deyiladigan suvli qatlamni hosil qiladi. Shu boisdan grunt suvlari atmosfera bilan mustahkam munosabatdadir. Uni muttasil to’ldirib turadigan manbaa yer usti suvlari va atmosfera yog’inlari hisoblanadi.
Grunt suvlarining sathi yer yuzasiga nisbatan turli chuqurliklarda daryo, ko’l, kanal va dengizlar yaqinida 0-1 metr, cho’lu-sahrolarda va tog’li rayonlarda 10 metrgacha bo’ladi. Iqlim va suv sathining o’zgarishi bilan birga suv tarkibi va harorati ham o’zgaradi. Aksariyat daryolar grunt suvlaridan ta’minlanadi, chunki grunt suvlarining oqimi daryo o’zaniga yo’nalgan va sathi daryodagi suv sathidan balandroq bo’ladi, aks holda daryolar tog’dan kelayotgan suvni erigan qorlar, yomg’ir suvlarini yig’ib qurg’oq, namga tashna joylarga olib ketadi.
Grunt suvlari deyarli hamma yerlarda har xil qalinlikda va har xil chuqurliklarda tarqalgan. Yer yuzasining sathi suv sathidan past bo’lsa, suvning burg’ulash skvanjinasidan buloqqa o’xshab bir maromda miltillab chiqishi asta qaynayotgan suvni eslatadi, ba’zida kuchli favvoralar ko’rinishida otilib chiqadi va tabiiy fontan hosil qiladi. Bunday suvlar fanda tabaqalar oralig’idagi bosimli suvlar deyiladi. Agar tabaqalar orasidagi suv sathining bosimi atmosfera bosimiga teng bo’lsa, ular tabaqalar orasidagi bosimsiz suvlar deyiladi.
Bosimli suvlar – ko’pincha grunt suvlari gorizontidan quyida joylashadi va o’ziga xos (yer yuzasidagi suv havzasiga quyilishini yoki yer yuzasiga chiqish) sharoitlari bilan xarakterlanadi.
Ahamiyati beqiyos bo’lgan bunday bosimli yer osti suvi 1 chi bor Fransiyaning Artua viloyatida skvajina orqali chiqarilgan. Shu boisdan bosimli yer osti suvi mavjud bo’lgan qatlamlarning suvi artezian suv va mazkur suvlar tarqalgan rayonlarni artezian havzasi deb atash qabul qilingan.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish