Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash,
siyosat olib boradi. Chunki mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va yuksak taraqqiy etgan
Bugungi kunda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida
1. Mehnat qonunchiligi tobora takomillashtirilib, joylardagi Bandlikka ko‘maklashish va
22
2. Yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ish beruvchilar rag‘batlantirilmokda, ularga soliq,
kredit va boshqa imtiyozlar berilmoqda.
3. Mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish maqsadida mehnat
resurslarini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda.
4. Aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy
tadbirkorlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda
rivojlantirilmoqda.
5. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari moddiy qo‘llab-
quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga ko‘yildi. Masalan, 2010 yilda
208 ming nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar, birinchi navbatda, ko‘p bolali
ayollar, nogironlar va aholining shu kabi toifa vakillari ish bilan ta’minlandi.
6. Davlat va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil
etilyapti.
7. Tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Bundan ko‘rinadiki, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining
bandligini ta’minlashning yaxlit tizimi shakllantirilgan bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
2005-2010 yillar davomida mamlakatimizda aholi soni 8,7, mehnat resurslari soni esa 14,2
foizga o‘sib, 2010 yilda mehnat resurslari umumiy aholi sonining 58 foizini tashkil qildi.
Respublikada mehnat resurslarining yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 3,0-3,5 foizga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, mehnat resurslarining 98,5—99 foiz kisini mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli
aholidan tashkil topsa, qolgan 1-1,5 foizi ishlayotgan o‘smir va pensionerlardan iboratdir. 2010
yilda ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisbatan 94,6 foizni, mehnat resurslariga
nisbatan esa 70,5 foizni tashkil etdi.
Keyingi yillarda iqtisodiyot nodavlat sektorining ustun ravishda rivojlantirilishi o‘z
navbatida bandlik tuzilmasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmokda.
2007-2010
yillar
davomida
iqtisodiyotning
nodavlat
sektorida
band
bo‘lganlarning o‘rtacha soni 11,1 foizga ortgan va aksincha, davlat sektorida band bo‘lganlar
soni 1,6 foizga kamaygan. Shu bilan birga, tahlil qilinayotgan yillarda davlat sektorida band
23
bo‘lganlar ulushi 22,1 foizdan 20 foizga tushgan, nodavlat sektorda bandlar ulushi 77,9 foizdan
80 foizga o‘sgan.
Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, asosiy e’tibor respublikada sanoat
tarmoqlarini rivojlantirish, xomashyo yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chikarishga o‘tish,
qishloq joylarda sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarish kuchlarini qayta
taqsimlashga qaratildi. Ushbu chora-tadbirlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi
bandligining tarmoqlar bo‘yicha tarkibiy tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: