Namangan viloyatining turistik imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 fevral‘dagi PF-4861-sonli
―O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖ gi farmonida hududarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali
foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm
mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida
O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shaklantirish maqsadida:
ana’naviy ma’daniy-tarixiy turizm
bilan birgalikda boshqa salohiyatli turlarini, jumladan ekologik turizmni rivojlantirish hisobiga
turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish‖
masalasi qo‘yilgan.
Ma‘muriy birliklar doirasida joyning ekoturistik imkoniyatlari halqaro miqyosda 2002 yil
may oyida Kvebekda (Kanada) BMT ning atrof-muhit dasturi (YuNEP) va Butunjahon turistik
tashkiloti (BTT) bilan birgalikda o‘tkazgan konferensiyasida 132 mamlakatdan 10 mingdan
ziyod delegatlar, davlat, shaxsiy va nodavlat sektor vakillari qatnashdilar. Unda ekoturizmning
rivojlanish tamoyillari Kvebek deklaratsiyasida aks ettirildi. Mazkur yo‘naltiruvchi qoidalardan
biri etib ma‘muriy davlat yoki kichik birliklar doirasida ularning ekoturistik imkoniyatlari
belgilash birlamchi metod sifatida kiritildi. Natijada 70 tadan ortiq davlatlarda tabiat turizmi,
ekoturizm va tog‘ turizmi nomi bilan ona tabiat imkoniyatlaridan sayyohlikda unumli
foydalanish tadqiqotlari olib borilmoqda. Masalan, I.I.Pirojnik (1985), R.Davidov (1990),
A.V.Drozdov (1999), S.R.Erdavletov (2016) kabi tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Ular har bir joyning yoki ekotizimlarning regional ahamiyat kasb etishi va ularni baholashda
sayyohlikning turi va tipiga qarab ajratishni ma‘qul deb biladilar.
Ma‘muriy birliklar ko‘rinishida sayyohlikni tizimli tashkil etish, istiqbolda rivojlantirishda
mavjud kichik regionlar kesimida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish lozim. Bu borada
respublikamizda ma‘muriy jihatdan tashkil etilgan tumanlarda rivojlantirish zarur. Tuman
termini ―o‘n ming‖ degan ma‘noni bildirib, qadimgi turkiy tilda ―o‘n ming‖, ‖ko‘plik‖
ma‘nosida qo‘llanilib, mug‘ullar istilosidan so‘ng O‘rta Osiyoda va ayrim yaqin Sharq
mamlakatlarida ma‘muriy birlik sifatida qo‘llanilgan.Namangan viloyatining tabiiy geografik
joylashuvidagi o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi qonuniyat nafaqat Farg‘ona vodiysida balki
mamlakatimizda xilma-xil turistik ob‘ektlarni hosil bo‘lish imkoniyatlari shakllantirilgan.
Viloyatni shimoliy-g‘arbiy qismidan shimoliy va shimoliy sharqqa tomon 2000 km ga cho‘zilgan
Chotqol va Qurama tog‘lar tizimidagi 20 tadan ortiq tog‘lar janubiy yon bag‘irlarida joylashgan
bo‘lib, viloyatni salkam 50 foizi hududini egallaydi. SHimoliy yarim sharda paralellarga mos
yo‘nalgan tog‘larni janubiy yon bag‘irlari shimoliy yon bag‘irlariga nisbatan quyosh radiatsiyasi
(issiqlikni), atmosfera atmosfera yog‘inlarni bir necha marta ko‘p oladi. Bu tabiiy qonuniyat
viloyatda turistik ob‘ektlarni ko‘plab hosil bo‘lishiga va geografik tarqalishida asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. CHunonchi, Namangan shahrida o‘rtacha yillik harorat 14,1 S
0
, yillik yog‘in
145
miqdori 191mm, quyoshli kunlar 320 kun. Farg‘ona shahrida yillik o‘rtacha harorat 12,6 S
0
,
yog‘in miqdori 172 mm, quyoshli kunlar esa 310 kun tashkil etadi. Andijonda viloyatida
yuыoridagi kщrsatkichlar o‘rtacha yillik harorat 12,0 S
0
, 165 mm yog‘in, quyoshli kunlar 320
kundan iborat.
Namangan viloyatida Norin va Qoradaryo quyilishi natijasida Markaziy Osiyoning eng
yirik daryolaridan sanalgan Sirdaryo hosil bo‘lib, 132 km uzunlikda oqib o‘tadi. Bundan tashqari
viloyatda SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, Ohunboboev, Katta Farg‘ona, Katta Andijon
kanallari ham yirik gidrotexnik inshoatlar o‘z havza va vodiylarida o‘ziga xos iqlimiy-ekologik
sharoitlarni (yoz oylarida salqin, qish nisbatan iliq, toza havo massasi) hosil qiladi.
Hududda xukmron bo‘lgan iqlim va uning o‘ziga hosligi, aholi o‘rtasida kasallanganlik
darajasini boshqa hududlarga nisbatan pastligi, tarkibi minerallardan iborat bo‘lgan tabiiy
buloqlar, o‘rmonzorlar, butazorlar, o‘zida dorivorlik hususiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik dunyosi
hududga tashrif buyurgan turistlarni o‘ziga jalb etgan asosiy ekoturistik ob‘ektlar viloyat markazi
va tumanlar kesimida tarkib topgan.
1.Namangan shahri: viloyat markazi hisoblanib, unda hozirgi kundagi aholi soni 600,4 ming
kishini tashkil etgan mazkur shaxar aholi soni bo‘yicha respublikamizda uchinchi o‘rinda turadi.
Shaharda 41 ta tarixiy yodgorlik va diniy madrasa, masjidlar, Z.M.Bobur, B.Mashrab,
―Kamolot‖, ‖Yoshlar‖ madaniyat va istirohat kabi bog‘lar, 10 tadan ortiq shifo va profilaktika
davolanish, halqaro aeroport, 3 ta avtoturarjoylar, 5 ta mehmonxona, 1ta o‘lka muzeyi, 50 dan
ortiq turistik faoliyatga xizmat ko‘rsatadigan aloqa va servis ob‘ektlariga ega.
2.Kosonsoy tumani: viloyatni shimoliy qismida Kosonsoy vodiysida joylashgan. Tuman tog‘
va tog‘ oldi hudud bo‘lgani bois turistik marshrutlarni amalga oshirishda bir qator imkoniyatlar
mavjud. Kosonsoy shahri 2000 yillik tarixga ega bo‘lib, XII asrda Qoraxoniylar davlatining
poytaxti bo‘lgan. Miloddan avvalgi birinchi asrda qurilgan Mug‘tepa tarixiy yodgorligi o‘rnida
Koson ( Kushon ) shahriga asos solingan. IX–XVII asrlarda yaratilgan G‘o‘zapoya Jome, Sadpiri
Komil kabi masjidlar qurilgan. Kosonsoy hududida istiqbolda turistik maskanlarni tashkil etish,
shifobahsh mineral buloqlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, rekreatsion, oromgohlarida
turizmning eko, tibbiy, rekratsion, shop va ekstremal turlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Bugungi kunda bunday turistik maskanlar soni 57 tani tashkil etib, ko‘p tarmoqli ―Kosonsoy―
davolanish va dam olish maskani alohida ahamiyat kasb etadi.
3.Mingbuloq tumani viloyatning janubiy cho‘l mintaqasida joylashib, maydoni 20 ming ga,
aholisi 118.5 ming kishi. Sirdaryo chap sohilida joylashgan. Yer osti suvlarini Sirdaryoga tortib
ketish maqsadida kollektor drenaj tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Paxta, bug‘doydan tashqari
sholichilik, baliqchilik tarmoqlari rivojlangan. Tumanda turizm sohasida davolovchi qumdan
foydalanish, SHo‘rsuv qishlog‘ida suv tarkibida oltingugurt, ftor, brom bo‘lgan, yer qaridan
chiqadigan issiq suvdan foydalanib ekstermal, tibbiyot, daryoda qayiq va paromlarda sayr qilish,
agroturizm kabi turistik turlardan foydalanish imkoniyatlari katta.
4. Namangan tumani viloyatning janubi sharqiy qismida joylashib 45ta turistik ob‘ektlar
joylashgan. Bu tumanda tarixiy turizmni asosini tashkil etuvchi: Ko‘k tunli ota, Sirli masjid,
Abdurazzoq qozi, Said Jaloliddin, Shayx Eshon, CHillaxona, Bibi mushkulkushod, O‘n bir
Ahmad kabi tarixiy obidalar, qadamjoylar va tarixiy yodgorliklar joylashgan. Insonlar tomonidan
qishloq xo‘jalik ekinlarni yetishtirilishi bilan birga tuman va viloyat bozorlariga anjir, anor,
uzum mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Yuqoridagi keltirilgan turistik imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda tumanda tarixiy, diniy va agroturizm turizm tarmoqlarni yanada takomillashtirish
lozim.
5. Norin tumani Sirdaryoning chap sohilida viloyatni sharqiy qismida joylashgan bo‘lib,
tarixiy turistik maskanlari bilan ajralib turadi. Ular sirasiga Buloqmozor, Xaqqulobod,
Koresmozortepa, G‘ishtmozor, Almani-Qo‘rg‘oncha, Qozoqovul, Shaydon, Buloqmozor,
Uchtepa, Qo‘rg‘ontepa kabi tarixiy arxeologik yodgorlik kiradi va ularning soni 16 tadan iborat.
Bu tumanga tashrif buyurgan turistlar nafaqat tarixiy, balki diniy va ekologik turizm tarmog‘i
bilan yaqindan tanishishi mumkin. Chunki tuman Farg‘ona vodiysidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo
havzasining bosh irmoqlarini tashkil etuvchi Qoradaryo va Norin daryolarining qo‘shilishi orqali
146
Markaziy Osiyoda Sirdaryoni tashkil etadi. Ushbu hududda turizmning rafting usulidan
foydalangan holda sayr qilish imkoniyatlari mavjud.
6. Pop tumani hududining kattaligi jihatidan viloyatda birinchi o‘rinda turadi va uning
umumiy maydonining 40 foizini tashkil etadi. Tuman hududini 70 foizi Qurama tog‘ tizmasi,
tog‘ oraliq vodiylari va yonbag‘irlardagi tog‘lardan iborat. Bu tuman tabiiy sharoiti turli tuman
ekoturistik ob‘ektlarni ajratish imkoniyatini beradi. Yurtimizda olib borilayotgan islohatlar
natijasida Toshkent bilan Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi 121,3 km teng bo‘lgan Angren-Pop
elektrlashtirilgan tezyurar poezdi va 19,1 km tog‘ tuneli XXI asrning zamonaviy transport
logistikasidir. Salkam 50 km uzunlikdagi Ohangaron daryosi va unga quyuluvchi 20 yaqin soy
irmoqlarida o‘ziga xos rekreatsion, ekstremal va ekoturistik ob‘ektlarini o‘zida hosil qilgan.
Jumladan, tumandagi CHodak, Oltinkon, Parda Tursun, CHorkesar, Madaniyat qishloq aholi
manzilgohlari tog‘ havosi, soy vodiylari, yovvoyi holatda o‘suvchi olma, olxo‘ri va
yong‘oqzorlar ham tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Bu qishloqlarda yashovchi aholi aprel‘
oyidan to sentyabr‘ oyiga qadar sayyohlarni qabul qilish uchun barcha servis xizmatlari ega.
Hozirda ushbu ekoturistik ob‘ektlarga bir dam olish mavsumida 1000 kishigacha sayyohlar kelib
ketmoqda. Bu yerdagi asosiy turistik ob‘ektlar – Arashonbuva, Munchoqtepa (V-VII-asrlarga
oid), Oqtepa, Xo‘jaobodtepa, Langarmozor, Bulgadaraztepa, CHillamozortepa, CHodak,
G‘urumsaroy, Guzar, CHirchirmomo, Ismoil Atoyi, SHox Sulaymon, Xo‘ja Muhammad
Samosiy, Langarbuva, Imomota kabi tarixiy obidalar, yodgorliklar, masjidlar va muzeylar tarixiy
turizmni asosini tashkil etsa, ekoturistik ob‘ektlardan CHodak, Parda Tursun va Oltinkon dam
olish maskanlari joylashgan. Pop tumaniga keluvchi sayyohlarning asosiy qismi Farg‘ona
viloyati Qo‘qon va uning atrofidan keluvchi ichki sayyohlardan iborat. Ular asosan turizmning
ekstremal, rekreatsion, rafting, tarixiy va ekoturistik turlaridan foydalanishadi.
7. To‘raqo‘rg‘on tumani maydoni 17 km
2
, aholisi 212 ming kishidan iborat bo‘lib,
tumanning tarkib topishi va rivojlanishi bevosita tarixiy turizm bilan bog‘liq. Tarixdan bizga
ma‘lumki, shox va shoir, vatanimizning buyuk ajdodlaridan biri hisoblangan Zaxriddin
Muhammad Boburning qarorgohi mazkur tumanda X-XI-asrlarga oid Sirdaryo havzasining o‘ng
irmog‘ida joylashgan Axsikentda qarorgohi bor. Mazkur turistik ob‘ekt Namangan viloyatiga
tashrif buyurgan 35-40 foiz sayyohlarni qamrab oladi. Turistik marshrutni tashkil etishda
tumandagi boshqa tarixiy - arxeologik yodgorliklardan – Quyiqmozortepa, Yortepa, Kuymozor,
G‘oyibnazarqozi, Isoqxonto‘ra Ibrat, Falasbon, Xo‘ja Ahmad Vali, Abdulmoniy mavjud.
Tumanda 12 tadan ziyod maqbara va masjidlari ham turist ob‘ekt bo‘la oladi. SHu bilan birga
turizmning rafting usulidan foydalanib, Sirdaryo havzasidagi orollarga ham borib, so‘ngra
o‘zining shifobaxsh va minerallarga boy bo‘lgan ―SHaxant‖ dam olish maskaniga ham tashrif
buyurish imkoniyatlariga ega. 1980 yilda tashkil etilgan mazkur davolash va dam olish
maskanida tabiiy yo‘llar bilan davolash usullaridan keng foydalangan holda bir yilda 2500-3000
tagacha sayyohlar tashrifi kuzatilmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanida jami 43 ta turistik ob‘ektlar mavjud bo‘lib, ularning 18 tasi tarixiy
va 25 tasi servis xizmatiga tegishlidir. Sirdaryo bo‘yidagi buloqlar esa tabiiy, rekreatsion,
ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega.
8. Uychi tumani viloyatning sharqiy qismida joylashib, uning maydoni 12000 km
2
, aholisi
200 ming kishini tashkil etadi. Tumanda tarixiy va diniy turizm turlaridan - Yakkatut
ziyoratgohi, Tariqmozor, Niyozbek, Oqtepa, Oqgumbaz, Tolmozor, Ovchibuloq, Qizrovot,
Mashxadmozor kabi tarixiy arxeologik yodgorliklar mavjud. Uychi tumanida hozirgi kunda 47 ta
turistik ob‘ektlar mavjud bo‘lib, ularning 5tasi tibbiy turizm va 23 tasi tarixiy-diniy turlari
mavjud. Tumanda turistik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari 19 tani tashkil etadi.
9. Uchqo‘rg‘on tumani viloyat markazidan 50 km uzoqlikda joylashgan ma‘muriy birlik
gidrotexnik inshootlari ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Uchqo‘rg‘on suv to‘g‘oni (Norin daryosida)
Katta Farg‘ona, Katta Andijon, Katta Namangan, SHimoliy Farg‘ona kanallari bular jumlasiga
kiradi. Tumanning o‘ziga xos gidrologik tabiat komplekslari nozo, rekreatsion, ekstremal, agro-
ekoturizmning turlarini rivojlanish imkoniyatini yaratadi. Uchqo‘rg‘on tumanida sanab o‘tilgan
turistik ob‘ektlardan tashqari Quyuqtepa, O‘g‘riyortepa, Mozortepa, Oqtepa, Ositinmozor,
147
Uchyog‘ochtepa, No‘shkantepa, Gultepa, Beshtepa, Qo‘shtepa, Daryobo‘yi, Tirikmozor kabi
tarixiy va arxeologik ziyoratgohlar, madrasa va masjidlar bor.
10. Chortoq tumani viloyat markazidan 12 km sharqda Chortoqsoy, Katta Namangan va
SHimoliy Farg‘ona kanallari oqib o‘tuvchi hudud adir, adir orti va tog‘oldi hudud bo‘lgani
uchun ham yozi nisbatan salqin, qishi nisbatan iliq, havosi toza va musaffo ekanligi bilan
xarakterlanadi. SHu bois tuman hududida dam olish va bal‘neologik davolanish maskanlari
mavjud. Tumandagi o‘ziga xos turistik maskanlar nafaqat O‘zbekistonda, qolaversa Markaziy
Osiyo davlatlarigacha mashxur bo‘lgan Chortoq (1954 yilda tashkil topgan), Gulshan (1970 y.)
dam olish va davolanish maskanlari tashkil etilgan. Yer qaridan chiqadigan shifobaxsh mineral
suv va balchiqlar davolash hususiyatiga ega. Dam olish va davolanish maskanlari atrofida
yashovchi xonadonlar ham bir kunda 4-10 davolanuvchilarni joy bilan ta‘minlash
imkoniyatlariga ega. Tumanda 47 ta turistik ob‘ektlar aniqlangan bo‘lib, dam olish va davolanish
maskanlari soni 3 ta (Yangi Chortoq),10 tadan ortiq joyda shifobaxsh buloqlar, 10 ta servis va
xizmat ko‘rsatish shahobchalari mavjud.
Tumanda tarixiy turizmni ob‘ektlaridan Baliqko‘l majmuasi 1853 yilda masjid
ko‘rinishida qurilgan. Maydoni 4,03 ga bo‘lib, o‘zining shifobaxsh buloqlari, maqbara va
ziyoratgohlari bilan ichki turizmni yuritishga xizmat qilmoqda.Tumanda Oqtepa, Uchtepa,
Do‘stboytepa, Bibi Naima, Sulton Said Jaloliddin, Sadamozor, Alkomacha kabi tarixiy
ziyoratgoxlar, maqbara va masjidlar joylashgan. Yuqoridagi turizmning turlarini mavjudligini
inobatga olib, Chortoq hududida kelgusida tibbiy, tarixiy, diniy, ekoturizm turlarini
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sohaga oid xorijiy investitsiyalarni kiritish zarurligini
taqqazo etadi.
11. Chust tumani viloyat markazidan 42 km g‘arbda joylashgan bu hududda qadimdan
tarixiy va diniy turizm rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Chust madaniyati bronza davriga oid
Bibiona tarixiy yodgorligi deyarli 3000 yillik tarixga ega. Birgina Bibiona hududidagi
bulog‘ning shifobaxshliligi ko‘z, teri tanosili xastaliklariga shifo topib, tuman hududidagi
diqqatga sazovor joylarini ham ko‘rib ketadilar. Chust tumanining shimolidan oqib o‘tuvchi
G‘ovasoy daryo havzasining shimolida, tog‘ oralig‘idagi tabiat ekzotikalaridan keng
foydalangan holda ekoturizmni tashkil etish mumkin.
Daryo havzasi bo‘ylariga tashrif buyuradigan turistlar oqimi asosan Namangan va qo‘shni
Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan keluvchi sayyohlardan iborat. Mazkur ekoturistik marshrutda turistlar
dastlab, daryo havzasi bo‘ylaridagi 100 ga yaqin dam olish maskanlarida ekoturistik sayohatni amalga
oshirish imkoniyatiga ega. Ekoturistlar tanlangan marshrutning rejasiga muvofiq sayohatni tog‘li
hududda tashkil etilishini hisobga olib, otda yoki piyoda yurish, daryo havzasida turizmning rafting
usulidan foydalanishadi. Tashkil etilgan sayohat davomida ekoturistlar hududda tarqalgan dorivor va
shifobaxsh tog‘ do‘lanasi, na‘matak, kiyik o‘ti, dala choyi, rovoch, tog‘ kakligi, bulbul, bedana kabi
o‘simlik va hayvonot dunyosini tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida ko‘ngil ochar
tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda respublikamizning barcha shahar va tumanlarida
104 tadan ortiq madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyat ko‘rsatmoqda. Istirohat bog‘idagi 100 yillik va
undan ortiq yoshga teng bo‘lgan qadimiy daraxtlar va o‘zida maftunkorlikni mujassam qilgan
madaniylashtirilgan o‘simlik dunyosi ham keng tarqalgan. Bunday madaniyat va istirohat bog‘laridan
biri tuman markazida joylashgan ―Mavlono Lutfillo‖ nomi bilan ataladigan madaniyat va istrohat
bog‘i majmuasi respublikada mashhurligi bilan xarakterlanadi. Mazkur bog‘da hozirgi kunda viloyat
aholisidan tashqari qo‘shni viloyatlarning Qo‘qon, Dang‘ara, Buvayda, Uchko‘prik, Beshariq tuman va
shaharlardan ichki turizm sifatida tashrif buyurishmoqda.
Chust tumani jami 47 ta turistik ob‘ektlarga ega bo‘lib, shundan 23 tasi tarixiy turizmga
tegishli. G‘ova, Varzik, Olmos, Og‘asaroy rekreatsion ob‘ektlari joylashgan.Tarixiy turizm bilan
bog‘liq bo‘lgan Bog‘ishamoltepa, Tillatepa, Qiziltepa, Munchoqtepa, Sarimsoqtepa, Qo‘shtepa,
Egamberdi xoji, Og‘asaroy, Otchopar, Eshonbuva, Abdurahmon xoji Ibn Avf kabi ziyoratgohlar
va maqbara yodgorliklar faoliyat yuritmoqda.
Ma‘muriy birlik hisoblangan mazkur tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan istiqbolli
rivojlantirishda ekoturizm bilan bir qatorda turizmning tarixiy, ekstremal, rekreatsion, diniy,
148
agroturizm kabi turlarida xizmat turlarini shakllantirish lozim.
12. Yangiqo‘rg‘on tumani viloyatning shimolida joylashgan bo‘lib, u ning eng chekkasidagi
Nanay qishlog‘i viloyat markazidan 80km uzoqda joylashgan. Podshootasoy vodiysida
joylashgan tumanning shimoliy hududlarida tog‘ iqlimi hukmron. Viloyatdagi boshqa
tumanlarga nisbatan bu hudud rekreatsion turizm turi ham tarixan shakllangan. Tumanning
qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan aholi manzilgohlarida bir qator
turistik dam olish maskanlari hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, Nanay,
Mamay va Podshoota daryo havzasidagi dam olish maskanlari mavsumiyligi bilan
xarakterlanadi.
Ekoturistik ob‘ektlar tumanning shimolida Mamay, Ko‘kyor va Nanay hududlari
Podshoota daryo havzasining ikki qirg‘oqlarida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Hududda
ekoturizm bilan bir qatorda Qo‘rg‘ontepa, SHerqurbonvaliy, Zo‘rtepa, Otaxontepa, Jo‘lontepa,
Qorapolvon, Boboyax so‘z kabi tarixiy va diniy ziyoratgoxlar, madrasa, masjidlar ham
joylashgan bo‘lib, hududga tashrif buyurgan turistlar mazkur qadamjolarga ham borish
imkoniyatlariga ega.
Namangan viloyatining turistik imkoniyatlari nomli paragrifda viloyatdagi har-bir
ma‘muriy birlik hisoblangan tumanlarni turistik ob‘ektlari va ularning turlarini ham ko‘rishimiz
mumkin.
Umuman olganda, Namangan viloyatining turistik imkoniyatlari va unga xizmat ko‘rsatish
imkoniyati bor ob‘ektlar jadvalida eks etgan, lekin hozirgi kunda ular to‘lig‘icha turizmga xizmat
qilmoqda deb aytish mushkul. Ularning sayyohlik imkoniyatlarini tadqiq qilish va kelajak
istiqbollarini aniqlash shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Barcha tabiiy
fanlarda bo‘lgani kabi geografik tadqiqotlarda ham
hududiy
klassifikatsiyalash va muayyan tasnifiy belgilariga muvofiq ravishda hududlarni qismlarga
ajratish, tabaqalash va nomlash masalasi doimo dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Bunga misol
qilib tabiiy geografik rayonlashtirishni olish mumkin. Zero ekoturizm geografiya singari tabiat
va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarining ekoturistik jihatlarini tadqiq
qiladi.
O‘zbekiston hududini ekoturistik va agroturistik rayonlarga ajratish va ularni nomlash bilan
ilk bor A.Nigmatov, N.SHamuratova (2006, 2007), A.Nigmatov, SH.Yakubjanovalar (2009)
shug‘ullanishgan va mamlakatimiz hududini 14 ta ekoturistik va 15 ta agroturistik rayonlarga
ajratganlar. Har ikkala holatda ham Farg‘ona vodiysi alohida bir o‘ziga xos ekoturistik va
agroturistik rayon sifatida olingan. Ekoturistik rayonlashtirishni ular 1:1000000 masshtabdagi
mavzuli kartalarda aks ettirishgan. Kelgusida esa O‘zbekistonning mahalliy ma‘muriy birliklar
doirasida o‘rta va yirik masshtabli kartalarda ekoturistik rayonlashtirish ishlarini olib borishni
tavsiya etganlar.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida viloyatda ekoturizmni rivojlantirish uchun «Namangan
viloyatining ekoturistik rayonlari va marshrutlari» 1:200000 o‘rta masshtabli kartasi yaratildi.
Unda ekoturistik rayonlarni ajratishda, kartografik, tizimli yondoshuv, qiyoslash kabi
metodlardan foydalangan holda geografiyaning:
–
Do'stlaringiz bilan baham: |