Ma’ruza 11:
O`zbekistonning jahon xo`jaligi tizimidagi tutgan o`rni.
O`zbekistonning tabiiy va rekratsion resurslari
Reja:
1. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari
2. O‗zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi bosqichlar.
4. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning istiqbillari
Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar):
Tashqi iqtisodiy aloqalar, Tashqi iqtisodiy faoliyat,
Diversifikatsiya,
Konventsiya, Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, Eksport va Import,Tashqi iqtisodiy
faoliyat, Savdo-iqtisodiy munosabatlar, Milliy iqtisodiyot, Tashqi bozor, Ichki bozor, Integratsiya, Investitsiya,
xorijiy investitsiya, Kontseptsiya, Raqobatbardoshlik, Butunjahon savdo tashkiloti
1. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. O‘zbekiston Osiyo qit‘asida,
hududi yirik daryolari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbda
Turon pasttekisligini va Sharqda tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga oladi.
Respublika tabiati boy va xilma-xil. O‘zbekiston hududining kattagina qismini sahrolar
va cho‘llar egallaydi, Sharqiy qismida osmono‘par tog‘lar, daryo atroflarida ajoyib vodiylar bor.
117
Jazirama qum sahrolari, muzliklar, oppoq qorga burkangan tog‘ cho‘qqilari, paxtazorlar bilan
qoplangan yam-yashil vodiylar mavjudligi O‘zbekiston tabiati uchun xos.
Respublikaning 448,9 ming km
2
ga teng bo‘lgan maydoni g‘arbdan Sharqqa 1425,
shimoldan janubga esa 930 kilometrga cho‘zilgan. Maydoni jihatidan O‘zbekiston Avstraliya,
Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shvedsariya mamlakatlari maydonini qo‘shib hisoblaganda
ham ulardan kattalik qiladi.
Mamlakatimiz shimolda Qozog‘iston, Sharq va janubi-Sharqda Qirg‘iziston va
Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston, janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh. Respublika
chegarasining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etib, undan 2203 km. Qozog‘iston, 1021
km. Turkmaniston, 1161 km. Tojikiston, 1099 km. Qirg‘iziston, 137 km. Afg‘onistonga to‘g‘ri
keladi.
Respublika hududida tepalik va tog‘liklar o‘ziga xos ravishda uyg‘unlashib ketgan.
Respublika maydonining qariyb uchdan bir qismini egallagan tog‘liklari mamlakatning Sharqiy
qismiga to‘g‘ri keladi va qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘liklari bilan tutashib ketadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib,
uning Shimoliy chekka nuqtasi orol dengizining shimolida – 45 gradus 36 minut Shimoliy
kenglik, janubiy chekka nuqtasi – 37 gradus 11 minut Shimoliy kenglik, chekka g‘arbiy nuqtasi
– 56 chi gradus meridian chizig‘i va Sharqiy chekka nuqtasi 73 gradus 10 minut Sharqiy
kenglikda yotadi. Respublikaning shimoldan Sirdaryo, janubdan Amudaryo havzasi (botig‘i)
tabiiy chegara bo‘lib, Sharqda Qurama, Chotqol, Farg‘ona, Turkiston va Oloy tog‘lari o‘rab
turadi.
Tog‘lar oralig‘ida ancha katta cho‘kma-botiqlar-Farg‘ona botig‘i, Toshkent-Mirzacho‘l
tekisligi, Sangzor-Nurota botig‘i, Samarqand botig‘i, Qashqadaryo va Surxondaryo botiqlari
joylashgan. Farg‘ona vodiysi deb atalgan Farg‘ona botig‘i tog‘lar oralig‘idagi yirik botiq bo‘lib,
uning uzunligi 370 kilometrga teng. Vodiy uch tomonidan tog‘lar bilan qurshalgan va faqat
g‘arb tomonigina ochiq. O‘zining ajoyib va go‘zal tabiiy sharoiti aholisining mehmondo‘stligi
tufayli, bu vodiy «O‘rta Osiyo gavhari» degan nomga munosib bo‘lgan. O‘zbekistonning
tekislikdan iborat bo‘lgan qismlariga Ustyurt yassi tog‘ligining bir qismi, quyi Amudaryo yerlari,
Qizilqum qumliklari kiradi.
O‘zbekiston serquyosh o‘lka. Uning yirik qit‘a markazida, okeanlar va boshqa suv havzalaridan
uzoqda joylashganligi iqlimning quruqligi va kontinental ekanligini ko‘rsatadi. Iqlimning
quruqligi bu yerda yog‘in-sochinning kam bo‘lishi bilan ifodalanadi, yoz oylarida havoda namlik
va bulutlar kam bo‘ladi. Yozda kunduz kunlari 15 soatggacha cho‘zilib, qishda taxminan 9 soatni
tashkil etadi. Respublika iqlimi qo‘shni Eron va Afg‘onistondagi singari tipik subtropik
o‘zgaruvchan iqlimdan ma‘lum darajada farq qiladi, bu rel‘ef ustki qismining o‘ziga xos
xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘zbekistonda eng sovuq oy yanvar hisoblanadi. Qishda sovuq 35-38
darajaga boradi. O‘zbekistonning eng Shimoliy qismida qish qariyb 5 oyga cho‘zilsa, vodiylarda
bir yarim ikki oy davom etadi, xolos. Yozning eng issiq oyi iyo‘l‘. Bu paytlarda tekislik va tog‘
yon bag‘irlarida o‘rtacha harorat 25-30 daraja issiqqa, janubga esa (Termiz, SHerobod) 30-35
darajaga ko‘tariladi. Yozda issiq 42 darajadan ortib ketadi. 1944 yil iyo‘l‘ oyida Termiz shahrida
issiq 50 darajaga yetganligi qayd qilingan. Issiq 42-47 darajaga ko‘tariladigan kunlar
O‘zbekiston uchun oddiy bir xoldir. O‘zbekistonning sahrolarida esa issiq 70-72 darajaga
ko‘tarilishi mumkin. O‘zbekistonda yog‘ingarChilik asosan kam bo‘ladi, bu borada respublika
hududlari orasida farq juda katta. O‘zbekistonning ko‘pchilik joylarida yillik yog‘in miqdori
200-300 millimetrni tashkil etadi. Yog‘ingarChilik eng kam bo‘ladigan joylarga quyi Amudaryo
va sahro yerlar kiradi. Bu joylarda yil davomida bor yo‘g‘i 10 millimetrdan kam yomg‘ir
yog‘adi. Qumliklarning Sharqiy va janubi-Sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik asta-sekin ortib
borib, Sharqdagi tog‘liklarga yaqinlashgach, yog‘inlar miqdori keskin ko‘payadi va 900-950
millimetrga yetadi. Qishloq xo‘jaligi uchun suv eng zarur bo‘lgan paytda yog‘ingarchilik
kamayib ketadi. Iyo‘l‘ oyidan to sentyabr‘ oyigacha yog‘in deyarli yog‘maydi. Bu davr ichida
yillik yog‘in miqdorining bor yo‘g‘i 1-6 foizi bahorga, 25-40 foizi esa qish oylariga to‘g‘ri
keladi. Kuzda yog‘in miqdori yillik yog‘inning 10 foizdan 20 foizgacha to‘g‘ri keladi.
118
Respublika hududlari bo‘yicha yer ustki suvlari nihoyatda notekis taqsimlangan.
O‘zbekiston hududining qariyb uchdan ikki qismini egallaydigan poyonsiz tekisliklarida suv
manbalari juda kam. Ayni paytda respublika Sharqida joylashgan tog‘li qismida daryolarning
keng shahobchalari mavjud. Yer usti suvlarining bu tarzda respublika hududlari bo‘ylab notekis
taqsimlanishi mamlakat tabiiy sharoiti natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, ayniqsa qishloq xo‘jaligi
taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston hududidagi oqar suvlar paydo bo‘ladigan
asosiy joylar tog‘li yerlardir, chunki xuddi shu joylarda yog‘ingarChilik eng ko‘p bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu joylarda suv bug‘lanishi kam. O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonda
mavjud bo‘lgan daryolar uchun asosiy manba qor va muzliklardir.
O‘zbekistonni suv bilan ta‘minlashda O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari bo‘lmish
Amudaryo va Sirdaryo muhim o‘rin egallaydi. Amudaryoning umumiy uzunligi 1437,
Sirdaryoning uzunligi esa 2137 kilometrga teng. Ammo bu ikki daryo respublikaning suvga
bo‘lgan ehtiyojini qonlirmaydi. Suvga bo‘lgan mavjud yetishmaslik ma‘lum darajada kichik
daryolar va yer osti suvlari ustiga tushadi.
O‘zbekiston dehqonchiligi sun‘iy sug‘orishga asoslangan hududlar qatoriga kiradi.
SHunga ko‘ra daryolar mohiyati, ularning roli mavjud dehqonChilik yerlari uchungina emas,
balki yangi yerlarni o‘zlashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston hududida qator kanallar qazigan qadimgi sug‘orish ustalarining amalga
oshirgan ishlari kishini lol qoldiradi. O‘tmishdagi sun‘iy sug‘orish uslublari ko‘pgina olimlar,
tarixchilar, arxeologlar va turli davlatlar elchilarini hayratga solgan va qoyil qoldirgan.
Bir vaqtlar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolaridan va Farg‘onadagi Isfara, So‘x,
Quvasoy soylaridan qator kanallar chiqarilgan. Kanallar sug‘orish maqsadlarigagina emas, balki
ma‘lum darajada elektr stantsiyalar rivoji uchun ham xizmat qilmoqda. Narpay, janubiy
Farg‘ona, Shimoliy Farg‘ona, katta Farg‘ona, eski Angor, Amu-Buxoro, katta Namangan
kanallari va boshqa suv inshootlari shular jumlasidandir.
Respublikamiz hududida 250 taga yaqin ko‘l mavjud bo‘lib, ular asosan kichik ko‘llardir.
Bu ko‘llardan eng kattasi Orol ko‘lidir. U katta maydonni egallagani uchun dengiz nomi bilan
yuritiladi. Respublikada mavjud bo‘lgan kichik ko‘llar o‘zlarining shifobaxshligi bilan mashhur.
Bular jumlasiga Axsikent, Tuzkon, Dengizko‘l va boshqalar kiradi.
So‘nggi 30-35 yil ichida Orol dengizining sathi qariyb 15-16 metrga pasayib ketdi,
qirg‘oqlari esa o‘nlab kilometrga chekindi. Bu, eng avvalo, Orolga suv olib kelayotgan Amu va
Sirdaryo suvi yo‘l-yo‘lakay juda ko‘p sarf bo‘lib ketganligi tufayli ro‘y berdi. Natijada ro‘y
bergan bu ko‘ngilsiz voqea Orol dengizi va uning atrofida ekologik vaziyat yomonlanishiga olib
keldi. Orol muammosi mahalliy muammogina bo‘lib qolmay, jahon muammosiga aylandi. Bu
muammoni biron bir davlat yakka holda hal etishga qodir emas. SHu munosabat bilan bu
muammoni hal qilish ishida Yevropa mamlakatlari va YuNESKO faollik ko‘rsatishlari lozim.
Shuni e‘tiborga olib mamlakat Prezidenti izchillik bilan jahon jamoatchiligi diqqatini
Orol muammosiga qaratib kelmoqda.
So‘nggi o‘n yilliklar ichida respublikada qator suv omborlari vujudga kelgan. Ular
orasida CHorvoq, Ohangaron, Tuyabo‘g‘iz, Janubiy Surxon, CHimqo‘rg‘on va boshqa sun‘iy
ko‘llar vujudga keldi. O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 45 ta shunday suv omborlari mavjud. Ular
suv tarmoqlaridagi oqimni mavsum ehtiyojlarini hisobga olgan holda tartibga solib turadi va o‘z
xususiyatiga ko‘ra irrigatsiya yo‘nalishidagi suv omborlari vazifasini o‘taydi.
Mamlakatimiz turli xil ma‘danli suv manbalariga ham boy, ular kimyoviy tarkibiga ko‘ra
inson organizmi uchun foydali. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ana shunday suvlar orasida
tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy kabilar bo‘lgan suvlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi va shifobaxsh suvlar tarzida foydalaniladi.
Farg‘ona va Surxondaryo artezian suv havzalarining tarkibida oltingugurt-vodorodli
suvlari o‘zlarining kimyoviy va shifobaxshligi tarkibiga ko‘ra Kavkazning mashhur ma‘danli suv
havzalaridan qolishmaydi. Jumladan, respublikada ma‘danli manbalardan foydalanish asosida
qurilgan va ishga tushirilgan Chimyon va Chortoq sanatoriyalarining dovrug‘i O‘zbekiston
doirasidan chiqqan.
119
O‘zbekiston xilma-xil o‘simliklar dunyosiga ham boy. Respublika o‘simligi dunyosi
orasida 25 ming xildan ortiq efir moylari bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Uning bu tabiat in‘omining
noyob ekanligi shundan ham ko‘rinib turadiki, ularning qariyb 30 foizi faqat bizning o‘lkamizda
o‘sadi.
Tabiat mamlakatimizga xilma-xil mineral xom ashyolari ham in‘om etgan. Ular
respublika ijtimoiy-iqtisodiy jabhalari va aholi hayotini yaxshilashda juda muhim hisoblanadi.
O‘zbekistn yer bag‘rida qator foydali qazilma konlari mavjudligi, xom ashyolardan
yuzdan ortiq xillari borligi aniqlangan. Mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin,rux, vol‘fram, tabiiy gaz
va boshqa ayrim yer osti boyliklari zahiralari bo‘yicha mamlakatimiz jahonda oldingi o‘rinlardan
birini egallaydi. Mamlakatimiz hududlarida tuz, alyumin xom ashyosi, xilma-xil qoplama va
qimmatbaho toshlar, turli xil metallar, qurilish materiallari bo‘lib, xizmat qilishi mumkin bo‘lgan
xom ashyolar zahirasi ham mavjud. G‘ozg‘on marmar konining dovrug‘i ko‘p joylarga
tarqalgan. Kaolin,ozokerit, korund kabilar ham ko‘p joylarda uchraydi.
Respublikada mavjud bo‘lgan oltin zahirasi, ayniqsa ahamiyatga ega. Oltin qazib
chiqarishda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamkorligidagi davlatlar orasida Rossiyadan keyin
ikkinchi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa, birinchi o‘rinda turadi. Respublikada
oltin chiqadigan eng muhim hudud Muruntovdir. Bu oltin koni asosida respublikaning jazirama
qum sahrosida Zarafshon shahri vujudga keldi. Toshkent, Jizzax, Namangan viloyatlarida ham
uncha katta bo‘lmagan oltin konlari mavjud.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida mis konlari topilgan bo‘lib, ulardan Toshkent
viloyatining Olmaliq yerlaridagi mis konlari ishga tushirilgan. Bu yerdagi mis boyligidan
foydalanish tufayli, 1951 yili Olmaliq shahri vujudga kelgan va u endilikda O‘zbekistonning
muhim rangli metallurgiya markaziga aylangan.
Respublika tabiiy gaz, ko‘mir, neftga ham boy o‘lka. Tabiiy gazning ahamiyati yoqilg‘i
sifatidagina emas, zarur kimyoviy xomashyo sifatidagi mohiyati ham yil sayin ortib bormoqda.
Bu borada respublikamiz imkoniyatlari juda katta. Qashqadaryo va Buxoro hududlari
O‘zbekistoning tabiiy gazga boy hududlari hisoblanadi. Gaz konlari va zahiralari jihatidan
Qashqadaryo O‘zbekiston hududlari ichida eng boy va tengi yo‘q viloyat hisoblandi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘mir muhim ahamiyatga ega, uning zahiralari ham ancha
katta. Toshkent viloyatida Angren, Surxondaryo viloyatidagi SHargun va Boysun ko‘mir konlari
bu borada alohida ko‘zga tashlanadi. Hozircha keng tarzda rivoj topmagan Boysun ko‘mir
konining kelajagi porloq. Bu kon ko‘mirining sifati juda yuqori.
O‘zbekistonda neftning yetishmasligi respublika uchun katta muammolardan bo‘lib keldi.
Neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uni respublika doirasi
tashqarisidan olib kelishga majbur bo‘linar edi. Endi shuni ta‘kidlab o‘tish mumkinki, neft
chiqarish borasida O‘zbekiston katta istiqbollarga ega. Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonning ayrim
hududlarida yangi neft konlari ochildi. 1990 yili O‘zbekistonda 2810 ming tonna neft chiqarilgan
bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu raqam 8 million tonnadan oshdi. Keyingi yillarda yiliga 8-10 mln
tonna ne‘ft qaziq olinmoqda. Endilikda O‘zbekiston neft borasida o‘z mustaqilligiga erishdi va
xilma-xil neft mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ldi. Kelajakda respublikani neft
bilan ta‘minlashda Buxoro viloyati bilan Turkmaniston chegarasi yaqinida topilgan
Ko‘kdumaloq va Namangan viloyati hududida ochilgan Mingbuloq neft konlarining istiqboli
katta.
Yer osti boyliklari tabiat in‘om qilgan buyuk boylikdir. Biroq, ularni aql-idrok bilan
samarali foydalanishgina biz ko‘zlagan iqtisodiy mustaqillikka erishishda katta ahamiyat kasb
etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |