Sayohatlar va sayohlik
– bu biznesning bir – biriga yaqin turlari sayohatchilarga u yoki
bu tug‘risida xizmat ko‘rsatadi. Ma‘lum sayohlikka eng yaqinrok soxa – bu turlarni tarkatish,
ya‘ni sayyohlik agentliklarini faoliyatidir bunda bevosita aviakompaniyalar, avtomobillar ijarasi
bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, temir yo‘llar, avtobus marshrutlari, mehmonxonalar va
restoranlar qatnashadilar. Bu guruxlarni hammasi sayyohlik infrastrukturasini ifodalaydi.
Qo‘yish biznes turlariga xizmat ko‘rsatish soxasini rivojlantiruvchi va sayyohlarni kredit
kartochkalarini ta‘minlovchi moliyaviy strukturalar kiradi.
Kishilarning biror mintaqadan yoki hududdan boshqa joylarga safar qilishida bevosita
geografik xususiyatlar, ya‘ni qulay tabiiy geografik sharoit va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm geografiyasi, A.Soliev fikricha, bu «jonli, faol»
yoki «harakatdagi geografiya» dir. CHunki, biror turistik ob‘ektni ko‘rish uchun o‘sha joyga
borib bevosita ko‘rishi lozim. Bu maqsadga esa geografik marshrutlar asosida amalga oshiriladi.
Qolaversa, geografiya fanining tarixi, kelib chiqishi ham ko‘p jihatdan aynan turli xil
sayohatlarga, hozirgi zamon tili bilan aytganda, turizmga bog‘liq.
Turistik resurslar maqsad va vazifalariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni
o‘z ichiga oladi (Putrik, Sveshnikov, 1986). SHu jihatdan turizm geografiyasi bilan rekreatsiya
geografiyasining farqlarini aniqlash muhim masaladir.
Ba‘zi olimlar fikricha, turizm o‘zining umumiy xususiyatlari va vazifalariga ko‘ra uch
tipga ajratildi; 1. Davolanish, 2. Sog‘liqni tiklash-sport 3. Tanishuv turizmi (Erdavletov,2000).
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi tipologik vazifalarni hisobga olgan holda turizmni
sog‘lomlashtirish va sport, tanishuv, diniy, kasbiy va boshqa turlarga ajratish maqsadga
muvofiqdir. Dmitrevskiy bulardan tashqari, ilmiy, ekskursion, festival, xizmat, qishloq
turizmlarini ham belgilagan (Dmitrevskiy, 2000)
SHu bois, sayyohning marshrutlarga chiqishidan maqsadi va istagi har xil
bo‘lishini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Turistik faoliyatda sayyoh yakka yoki maxsus
marshrut asosida safarga chiqishi mumkin. SHuningdek, sayohat paytida bir vaqtning o‘zida
ko‘pgina maqsadlarni, ya‘ni, turizmning ko‘pgina vazifalarida ishtirok etishi ham nazardan holi
emas Aholining turmush sharoitini yaxshilanib borishi, uning bo‘sh vaqtini ko‘payishi, oilaning
moddiy daromadini o‘sishi dam olish paytlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishga sabab bo‘ladi. SHu
bois, kishilar dunyoni ko‘rish, tabiat qo‘ynida dam olish, sog‘lig‘ini tiklash va boshqa turistik
manbalardan foydalanishni istashadi. Bu esa bevosita turizm geografiyasi bilan bog‘liq
masaladir. CHunki, kishilar dunyoni xaritadan emas, balki o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni istashadi
104
(Zachinyaev, Fal‘kovich, 1972). Darhaqiqat, sayohat davomida sayyohlar hududlarning turistik
imkoniyatlarini safarlar uyushtirish orqali amalga oshiradi. Bu turizmning o‘ziga xos
xususiyatidir. SHu o‘rinda, turizmning turlari va ko‘rinishlari, jumladan, tashkiliy asoslari,
davomiyligi, mavsumiyligi va yosh jihatlari turlicha bo‘lishini hisobga olish lozim (3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |