TURIZM TAKTIKASI
– bu aniq sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish usullari va
aniq chora tadbirlardir (masalan, xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi, turizmda narxni
shakllantirish, soliqqa tortish va h.k.). Turizm taktikasining maqsadi mazkur xo‘jalik vaziyatida
yanada maqbul yechimni tanlashdan iboratdir.
TURISTLIK TALAB -
to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga
bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistlik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir
turistlik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |