13
Butunjahon turistik tashkilotining hisobotida turizmni barqaror rivojlantirishning 10 ta
dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda «ekoturizmni rivojlantirish uchun iqlim o‘zgarishi,
chiqindilarni nazorat qilish, yerlardan barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni va alohida
muhofaza etiladigan hududlarni saqlash masalalariga alohida e‘tibor berish»
1
lozimligi
ta‘kidlangan. Shu bois ekoturizmni rivojlantirishda ekotizimlarning barqarorligini saqlash,
bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni ilmiy asosda tashkil etish, ekoturizmni
barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Jahon amaliyotida ekoturizmni rivojlantirishda tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza
etiladigan hududlar, ekotizimlarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
ustuvor ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, ekoturizmning davriyligini uzaytirish, hududiy
tarkibini takomillashtirish, komplekslik imkoniyatlarini aniqlash hamda samaradorligini
oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Respublikamizda turizm va uning (eko, agro, tarixiy, diniy, ekstremal, shop) tarmoqlarida
xizmat turlarini shakllantirish, hududlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turfirmalar
sonini ko‘paytirish va ularning ixtisoslashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
«turizm industriyasini jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya
qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish» hamda «odamlarning ekologik
xavfsiz muhitda yashashini ta‘minlash»
2
yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu
borada, jumladan, tabiiy sharoiti va ekotizimlari turlicha bo‘lgan Namangan viloyatida
ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslik hususiyatlarini tadqiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O‘zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoni, 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi Farmoni, 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3509-son «Kirish turizmini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son «Ichki turizmni jadal
rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Turizmni samarali tashkil etish va olib borish uchun turistik ob‘ektlar, unda faoliyat olib
boruvchi mutaxassilar va sayyohlarga qo‘yiladigan bir qator minimal va maksimal talablar
mavjud (M.B. Birjakov 2005). Ilmiy, amaliy adabiyotlar va internet veb-saytlaridan keng
foydalangan va ularni tahlil qilgan tarzda biz
Do'stlaringiz bilan baham: