108
-
yo‘lduzlar yordamida turkumlash tizimi. Bu tizim Frantsiyada, Avstraliyada,
Vengriya, Misr, Rossiya, Xitoy va boshqa xalqaro sayyohlik ommalashuvida qatnashuvchi qator
mamlakatlarda qo‘llanmiladi;
-
Harflar yordamida turkumlash, Gretsiyada qo‘llaniladi;
-
Buyuk Britaniya uchun harakterli «Toj»lar yordamida turkumlash;
-
Darajalar yordamida turkumlash va boshqalar.
Endi bu turkumlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Eng ko‘p uchraydigan
turkumlashdan biri frantsuz milliy turkumlashidir. Bunga ko‘ra mehmonxonalar qulayligiga
qarab shartli yo‘lduzlar bilan belgilanadigan turkumlarga bo‘linadi.
Avstriya sayyohlikni qabul qilish bo‘yicha dunyoda tan olingan modellardan biri
xisoblanadi. SHuning uchun mamlakatning tog‘li qismlarining o‘zida 20 mingdan ortiq
mehmonxonalar mavjud.
Eng arzon joylashish vositalariga Avstriyada 100 tadan kam bo‘lmagan «youth hotells»
kiradi (solishtirish uchun: Rossiyada 10 tadan kam ). Bu qimmat bo‘lmagan yoshlarga mos
yotoqxonalarda xoxlovchilar tunab qolishlari mumkin, lekin bu yerda alohida qulayliklar mavjud
emas.
Avstriya mehmonxonalari 5 yo‘lduzli tizim bo‘yicha baholanadi, lekin qishloq joylarida
«turkumdan tashqari mehmonxonalar» ham mavjud. Ular bir, ikki, uch qavatli uylardan iborat
bo‘lib, ko‘pincha fermer oilalari tomonidan ochilgan bo‘ladi.
Avstriyadagi 3 va 5 yo‘lduzli mehmonxonalar bir biridan uncha farq qilmaydi. Bu
klassdagi ko‘p mehmonxonalarda basseyn, sauna, restoran, bufet va solyariy mavjud.
O‘xshashlik Avstriyada tarqalgan mehmonxona inter‘erini «romantik uslub»da bezatish bilan
chukurlanadi. Bu uslubda zamonaviy texnika qadimiy turkumi anjomlari bilan uyg‘unlashib
ketadi. Ba‘zan, uch yo‘lduzli mehmonxonadagi uskunalar to‘rt yo‘lduzli mehmonxonadan
yaxshirok bo‘lishi mumkin (masalan, basseyn mavjudligi uchun). Umuman, ikki oliy turkumdagi
mehmonxonalar o‘zlarining yo‘lduzliligini keng nomerlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar
to‘plamining ko‘pligi yordamida oqlaydilar. Besh yo‘lduzli mehmonxonalar to‘rt yo‘lduzlidan
qo‘shimcha «ikir chikirlar» va yuqori darajada xizmat ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Misrda mehmonxonalarni turkumlashda ham yo‘lduzlar ishlatiladi, lekin Yevropa
turkumidan farqli ularoq yo‘lduzlar taxminan 1/2 yo‘lduzga oshirilgan.
Xitoyda 1996 yilning boshiga kelib 4000 ga yaqin joylashish vositalari mavjud edi. Ularni
baholashda ko‘p tarqalgan 5 yo‘lduzli tizim qo‘llaniladi. Bundan tashqari mamlakatda o‘ziga
xos shkala ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra eng oddiy qabul qilish joylariga «mehmon uylari»
kiradi. Bu karvonsaroy yoki xotellarni student yotoqxonalari bilan tenglashtirish mumkin.
«Mehmon uchun uylar» qulayrok xisoblanib, bular 2 yo‘lduzli mehmonxonalar qatoriga kiradi.
Yanada nufuzli uch va to‘rt yo‘lduzli darajadagi talablarga javob beruvchi
mehmonxonalarga – sayyohlar mehmonxonalarni, besh yo‘lduzli darajaga – «vino uylari»ni
kiritish mumkin. Bunda Xitoy standartlariEvropa standartlaridan qolishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: